Toshkent davlat yuridik Universiteti Jinoyat-protsessual huquqi


Dastlabki va hosila dalillar



Download 0,94 Mb.
bet88/262
Sana02.06.2022
Hajmi0,94 Mb.
#629978
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   262
Bog'liq
04.11.17 оконч.ЖПХ дарслик

Dastlabki va hosila dalillar


To‘g‘ri va egri dalillar





Dalillar quyidagicha tasniflanadi:




Shaxsiy va ashyoviy dalillar

Ayblovchi va oqlovchi dalillar


5.6. Dalillar manbalarining tushunchasi va turlari

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi insonni oliy qadriyat sifatida e’tirof etadi. Aybsizlik prezumpsiyasiga ko‘ra, jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan har bir shaxsning ishi sudda qonuniy tartibda, oshkora ko‘rib chiqilib, uning aybi aniqlanmaguncha u aybdor hisoblanmaydi, ya’ni gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi uning jinoyat sodir etishda aybdorligi qonunda nazarda tutilgan tartibda isbotlangunga va qonuniy kuchga kirgan sud hukmi bilan aniqlangunga qadar aybsiz hisoblanadi.


Shaxs qonunda belgilangan tartibda aybi isbotlangan ijtimoiy xavfli qilmishlari uchungina javobgar bo‘ladi (Jinoyat kodeksining 9-moddasi). Shaxsning aybi qonunda belgilangan tartibda to‘plangan, tekshirilgan va baholangan dalillar vositasidagina isbotlanishi mumkin. Chunki, jinoiy hodisa isbot qilish majburiyati yuklatilgan surishtiruvchi, tergovchi, prokuror hamda sud uchun o‘tmish hodisasi bo‘lganligi sababli, uning barcha holatlarini ular faqat isbot qilish vositasi bo‘lmish dalillar yordamida aniqlashlari va tegishli xulosaga kelishlari mumkin.
Jinoyat-protsessual kodeksining 22-moddasida «Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud jinoyat yuz berganligini, uning sodir etilishida kim aybdorligini, shuningdek u bilan bog‘liq barcha holatlarni aniqlashi shart» deb belgilab qo‘yilgan. Shuning uchun, isbot qilish subyektlari jinoyat haqidagi ma’lumotlarni asosan jinoyat sodir etgan shaxsdan olishga harakat qiladilar. Amaliyotda gumon qilinuvchi va ayblanuvchi o‘zi jinoyat sodir etmaganligini isbot qilib berishga majbur bo‘lmaganliklari sababli ularni Jinoyat kodeksining 238–240-moddalari bilan yolg‘on guvohlik berganlik va ko‘rsatuv berishdan bo‘yin tovlaganlik uchun jinoiy javobgarlik tahdidi bilan ogohlantirib, guvoh tariqasida, shundan so‘nggina, gumon qilinuvchi va ayblanuvchi tariqasida so‘roq qilib ko‘rsatuvlar olish hollari uchrab turganligidan, ayrim amaliyot xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 2003-yil 19-dekabrdagi 17-sonli «Gumon qilinuvchi va ayblanuvchini himoya huquqi bilan taminlashga oid qonunlarni qo‘llash bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida»gi qarori 8-bandiga binoan, shaxs Jinoyat-protsessual kodeksi 221-moddasida ko‘rsatilgan asoslarga ko‘ra ushlangan hollarda, garchi qonunda bu haqda tegishli bayonnoma shaxs militsiya yoki boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organga keltirilgandan so‘ng rasmiylashtirilishi belgilangan bo‘lsa-da, u amalda ushlangan vaqtdan boshlab gumon qilinuvchi deb hisoblanadi. Aynan shu paytdan boshlab ushlab turilgan shaxs gumon qilinuvchiga berilgan barcha huquqlardan, shu jumladan, himoyachi olish huquqidan foydalanadi17.
Amaldagi Jinoyat-protsessual kodeksining 81-moddasi 1-qismida «Ijtimoiy xavfli qilmishning yuz bergan-bermaganligini, shu qilmishni sodir etgan shaxsning aybli-aybsizligini va ishni to‘g‘ri hal qilish uchun ahamiyatga molik boshqa holatlarni surishtiruvchining, tergovchining va sudning qonunda belgilangan tartibda aniqlashiga asos bo‘ladigan har qanday haqiqiy ma’lumotlar jinoyat ishi bo‘yicha dalil hisoblanadi» deb ko‘rsatilgan. Ma’lumki, jinoyat – bu isbot qilish subyektlari uchun doimo o‘tmish hodisasi, aynan shu sababdan ular uni faqat har qanday hodisalarning moddiy dunyoda yoki odamlar ongida qoldiradigan izlari, qoldiqlari, akslari vositasidagina o‘rganishlari mumkin.
Jinoyat sodir etgan shaxsda jinoyat sodir etishga tayyorgarlik ko‘rishdan toki uni sodir etishgacha va undan keyingi barcha holatlar to‘g‘risida ma’lumotlar mavjud bo‘lganligi sababli O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 81-moddasini 2-qismida ma’lum bir jinoyatni sodir etishda ayblanayotgan shaxs dalil manbalaridan biri sifatida e’tirof etilgan.
Ayblanuvchi nafaqat sodir etgan jinoyatini, balki jinoyatni sodir etishga ko‘rgan tayyorgarligi, jinoyatning tashkilotchisi, dalolatchisi, jinoyat sodir etilishiga yordam bergan yordamchilari va boshqalar to‘g‘risida juda ko‘p ma’lumotga ega bo‘lgan shaxsdir.
Jinoyat-protsessual kodeksining 112-moddasiga binoan, «Gumon qilinuvchining u sodir etgan jinoyat haqidagi ko‘rsatuvlari va ayblanuvchining o‘z aybiga iqror bo‘lishi, bu iqror bo‘lish mavjud dalillar majmui bilan tasdiqlangan taqdirdagina, uni ayblash uchun asos qilib olinishi mumkin. Gumon qilinuvchi va ayblanuvchining bergan ko‘rsatuvlari bilan aniqlangan holatlar, ayblanuvchi o‘z aybiga iqror bo‘lgan taqdirda ham, o‘zining aybdor ekanligini inkor qilgan taqdirda ham ishning hamma holatlari bilan bog‘langan holda boshqa dalillar kabi tekshirib chiqilishi va baholanishi lozim».
Tergovchi va dastlabki tergovni olib borayotgan prokuror hamda sud ishdagi barcha holatlarni sinchkovlik bilan, har tomonlama va xolisona ko‘rib chiqishga asoslangan holda qonunga va huquqiy ongga amal qilib o‘zlarining ichki ishonchlari bo‘yicha barcha dalillarga, shuningdek ayblanuvchi (sudlanuvchi) ko‘rsatuvlariga baho beradilar.
Har bir dalil, shu jumladan ayblanuvchi ko‘rsatuvlari ham ishga aloqadorligi, maqbulligi va ishonchliligi nuqtayi nazaridan baholanishi lozim. Tergovchi va dastlabki tergovni olib borayotgan prokuror hamda sud ayblanuvchi (sudlanuvchi) ko‘rsatuvlariga baho berish natijasida sodir etilgan jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasini, uning shaxsini, javobgarligini yengillashtiruvchi va og‘irlashtiruvchi holatlarni inobatga olgan holda unga nisbatan tegishli ehtiyot choralaridan faqat bittasini qo‘llashlari mumkin.
MAVZU BO‘YICHA XULOSALAR


Mazkur mavzuni o‘rganishda talabalar dalillar va ularga qo‘yilgan talablar, ularning tasniflanishi, isbot qilish predmeti va isbotlash doirasiga oid masalalarni ko‘rib chiqishlari, Oliy Sud Plenumining tegishli qarorlari va tarmoq qonunlarni qiyosiy-huquqiy tahlil qilib, jinoyat ishlarini yuritishda dalillarning rolini aniqlashlari lozim.



Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   262




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish