Toshkent davlat yuridik Universiteti Jinoyat-protsessual huquqi


Protsessual harakatlar va qarorlar



Download 0,94 Mb.
bet49/262
Sana02.06.2022
Hajmi0,94 Mb.
#629978
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   262
Bog'liq
04.11.17 оконч.ЖПХ дарслик

2.18. Protsessual harakatlar va qarorlar
ustidan shikoyat qilish huquqi prinsipi

Davlat organlari va mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan sudga shikoyat qilish huquqi har bir shaxsga berilgan sud himoyasida bo‘lish konstitutsiyaviy huquq mazmunining tarkibiy qismi bo‘lganligi va jinoyat ishini yurituvchi davlat organlarining xatti-harakatlari va mansabdor shaxslarning qarorlari ustidan shikoyat qilish erkinligining kafolati sifatida e’tirof etilganligi tufayli protsessual harakatlar va qarorlar ustidan shikoyat qilish huquqi jinoyat protsessining asosiy prinsiplaridan biri sifatida belgilangan.


Jinoyat-protsessual qonuniga asosan surishtiruv organi, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning harakati yoki qarori ustidan protsessning istalgan paytida shikoyat berishga jinoyat ishlari bo‘yicha ish yuritishning ishtirokchilari, shuningdek amalga oshirilayotgan protsessual harakat yoki qaror ularning manfaatlariga daxldor qismida boshqa shaxslar ham haqlidir. Ya’ni, jinoyat protsessida shikoyat qilish huquqiga ega bo‘lgan subyektlarining ro‘yxatiga nafaqat jinoyat ishlari bo‘yicha ish yuritishning ishtirokchilari, balki boshqa shaxslar ham kiradi. Shu bilan birga, agarda dastlabki tergov va ishni sudda ko‘rish jarayonida shaxsning huquqlari cheklab qo‘yilgan bo‘lsa, mazkur shaxsning shikoyat qilish huquqining ta’minlanishiga qonun o‘zining alohida e’tiborini qaratadi. Huquqni muhofaza qiluvchi organlarining mansabdor shaxslari jinoyat protsessi ishtirokchilarining shikoyat qilish huquqini tushuntirishga va uni amalga oshirish imkoniyatini taminlashga majburdirlar.
Protsess ishtirokchilari va boshqa shaxslar, shuningdek jinoyat ishini yuritishdan manfaatdor bo‘lgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning vakillari Jinoyat-protsessual kodeksida belgilab qo‘yilgan tartibda va muddatda surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sudya va sudning protsessual harakati yoki qarori ustidan shikoyat berishga haqlidir.
Protsessning istalgan paytida iltimosnoma bildirish va shikoyat berish mumkin (Jinoyat-protsessual kodeksining 27-moddasi).
Protsessual harakatlar va qarorlar ustidan shikoyat qilish jinoyat protsessida inson va fuqaro huquqlari va erkinliklarini taminlashning muhim kafolati sifatida jinoyat protsessida qonuniylik (Jinoyat-protsessual kodeksining 11-moddasi), shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilish (Jinoyat-protsessual kodeksining 17-moddasi), fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish (Jinoyat-protsessual kodeksining 18-moddasi), sudda ishlarni yuritishda tortishuv (Jinoyat-protsessual kodeksining 25-moddasi) kabi prinsiplar amal qilishini ta’minlaydi va barcha prinsiplarning o‘zaro aloqasi va mushtarakligini mustahkamlaydi.

Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   262




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish