Toshkent davlat yuridik Universiteti Jinoyat-protsessual huquqi


Sudda ishlarni yuritishda tortishuv prinsipi



Download 0,94 Mb.
bet47/262
Sana02.06.2022
Hajmi0,94 Mb.
#629978
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   262
Bog'liq
04.11.17 оконч.ЖПХ дарслик

2.16. Sudda ishlarni yuritishda tortishuv prinsipi
Jinoyat-protsessual qonunchiligida tortishuv prinsipi alohida ahamiyatga ega. Jinoyat-protsessual qonunchiligi taraflarning sud oldidagi protsessual tengligi hamda jinoyat sud ishlarini yuritishni izchil demokratlashtirish g‘oyasini asoslardan biri deb e’tirof etib, taraflarning o‘zaro tortishuvini jinoyatga oid sud ishlarini yuritishning asosiy prinsiplar tizimiga kiritadi. Ta’kidlash joizki, 1959-yildagi Jinoyat-protsessual kodeksda mazkur prinsip nazarda tutilmagan. Amaldagi qonunchilikda esa ushbu prinsip O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 25-moddasida o‘z aksini topgan: “Birinchi instansiya sudining sud majlisida, shuningdek ishlar yuqori sudlarda ko‘rilayotganda ish yuritish taraflarning o‘zaro tortishuvi asosida amalga oshiriladi”.
Tortishuv prinsipining amalga oshirilishi ayblov va himoya funksiyalari bir-biridan va sud faoliyatidan ajratilganligini hamda o‘z manfaatlarini himoya qilish maqsadida teng protsessual huquqlaridan foydalanayotgan taraflar tomonidan bajaralishini nazarda tutadi.
Tortishuv prinsipining amalga oshirilishi ish to‘liq, xolis va beg‘araz ko‘rib chiqilishining kafolati hisoblanadi, bu o‘z navbatida, haqiqatni aniqlashga va ish bo‘yicha adolatli qaror qabul qilishga imkon beradi.
Jinoyat protsessida taraflar deganda, protsessual manfaatlari qarama-qarshi bo‘lgan va bu manfaatlarni himoya qilish uchun qonun bilan taqdim etilgan huquqlarga ega bo‘lgan jinoyatga oid sud ishlarini yuritishning ishtirokchilari tushuniladi. Asosiy protsessual vazifalarni bajaruvchi shaxslar qonunda belgilangan. Ayblash vazifasi bitta taraf tomonidan (prokuror, jabrlanuvchi, xususiy ayblovchi, fuqaroviy da’vogar ushbu taraf doirasida o‘z faoliyatini amalga oshiradi), himoya qilish vazifasi esa ayblanuvchi, sudlanuvchi, uning himoyachisi, vakili, fuqaroviy javobgar kabi protsess ishtirokchilari vakillari bo‘lgan boshqa taraf tomonidan bajarilishida protsessual vazifalarning ajratilganligi o‘z ifodasini topadi.
Ishni hal qilish vazifasi faqat sud tomonidan bajariladi. Bu vazifa ayblash va himoya qilish vazifalaridan ajratilgan (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 25-moddasi 5- 6-qismlari).
O‘z navbatida, sud oldida ayblov va himoya taraflarining tengligi jinoyat ishlarini ko‘rish jarayonida taraflarga o‘z huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun teng imkoniyatlarni ta’minlovchi jinoyat sud ishlarini yuritishning tartibini anglatadi. Taraflarning protsessual teng huquqliligi nafaqat ishning faktik holatlarini tahlil qilishga, balki ishni sudda ko‘rish jarayonida vujudga keladigan barcha yuridik masalalarni muhokama qilishga ham tatbiq etiladi.
Tortishuv prinsipini izchil amalga oshirish maqsadida sudlanuvchini fosh etish jarayonida sudning ishtirok etishi taqiqlanadi, chunki sud jinoiy ta’qib organlar qatoriga kirmaydi va ayblov yoki himoya tarafida turishga haqli emas. Sud taraflar protsessual majburiyatlarini bajarishlari va o‘z huquqlarini amalga oshirishlari uchun zarur sharoitlar yaratib berishga majbur. Sud protsessda rahbariy o‘rin egallab, xolislik va beg‘arazlikni saqlagan holda sud majlisi ustidan rahbarlik qiladi, o‘rganilayotgan ish holatlariga bevosita aloqador bo‘lmagan barcha ma’lumotlarni bartaraf etadi, sud majlisida tartibni buzish bo‘yicha urinishlarga yo‘l qo‘ymaydi.
Nazariyada tortishuv prinsipining quyidagi uchta elementlarini ajratadilar: 1) ayblash (va fuqaroviy da’voni quvvatlash), himoya qilish (va fuqaroviy da’voga javob berish) hamda odil sudlov vazifalari bir-biridan alohida bajarilishi; 2) taraflar o‘z vazifalarini bajarishlari uchun ularga teng protsessual huquqlar taqdim etilishi; 3) sudning protsessda rahbariy roli va ish bo‘yicha qaror qabul qilish huquqining faqat sudga taqdim etilishi.
Ayblash va himoya qilish mustaqil vazifalar sifatida belgilanishi, ular bir-biridan va sud faoliyatidan ajratilishi tortishuv prinsipi amal qilishining asosini tashkil etadi. Qonun ayblash, himoya qilish va odil sudlovni amalga oshirish vazifalarini (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 408-,409-,412-,53-,12-moddalari) qat’iy ajratgan, ularning qo‘shilishini hukmning albatta bekor qilinishi uchun asos sifatida belgilagan va shu orqali bunday qo‘shilishni istisno qilgan (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 76-79-80-moddalari).
Inobatga olish lozimki, odil sudlovni amalga oshirishda taraflarning teng huquqliligi to‘g‘risidagi qoida faqat protsessual jihatdan ko‘rilishi lozim. Taraflar o‘z pozitsiyalarini sud oldida himoya qilishda teng protsessual huquqlarga ega. Taraflar ayblash va himoya qilish, fuqaroviy da’voni quvvatlash va da’voga qarshi e’tiroz bildirish bo‘yicha o‘z pozitsiyalarini himoya qilishlari uchun yo‘l qo‘yiladigan protsessual vositalaridan foydalanish bo‘yicha teng imkoniyatlarga ega. Sud muhokamasida tortishuvni taminlash uchun sud taraflar o‘z protsessual huquqlarini amalga oshirishlari uchun sharoit yaratadi va taraflar xatti-harakatlarining qonuniyligi ustidan nazorat qiladi hamda shu orqali ish bo‘yicha haqiqatni aniqlashga ko‘maklashadi.

Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   262




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish