Toshkent davlat yuridik Universiteti Jinoyat-protsessual huquqi


Jinoyat-protsessual huquqi huquq sohasi sifatida va uning boshqa huquq sohalari bilan o‘zaro aloqasi



Download 0,94 Mb.
bet18/262
Sana02.06.2022
Hajmi0,94 Mb.
#629978
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   262
Bog'liq
04.11.17 оконч.ЖПХ дарслик

1.4. Jinoyat-protsessual huquqi huquq sohasi sifatida va uning boshqa huquq sohalari bilan o‘zaro aloqasi

Jinoyat-protsessual huquqi surishtiruv, dastlabki tergov, prokuratura va sud organlarining jinoyat ishlarini qo‘zg‘atish, tergov qilish va hal qilish bo‘yicha faoliyatini tartibga soluvchi huquq sohasi hisoblanadi. Jinoyat-protsessual huquqi nafaqat turdosh huquqiy fanlar bilan, balki jinoyat ishlarining sud muhokamasi vazifalarini amalga oshirish manfaatlarida muvaffaqiyatli foydalaniladigan bilimlarning boshqa sohalari bilan chambarchas bog‘langan.


Jinoyat-protsessual huquqi yuridik fanlar bilan uzviy bog‘liqdir. Ma’lumki, yuridik fanlar tarixiy-huquqiy (davlat va huquq tarixi, siyosiy-huquqiy ta’limotlar tarixi v.b.), tarmoq-yuridik (konstitutsiyaviy huquq, ma’muriy huquq, jinoyat huquqi, fuqarolik huquqi, fuqarolik protsessi, mehnat huquqi, moliya huquqi v.b.), maxsus-yuridik (kriminologiya, huquqni muhofaza qilish organlari v.b.) va amaliy-yuridik (kriminalistika, sud tibbiyoti, sud psixiatriyasi, sud buxgalteriyasi, sud statistikasi v.b.) fanlarga bo‘linadi. Jinoyat-protsessual huquqi ko‘proq tarmoq, maxsus va amaliy fanlar bilan bog‘liq.
Jinoyat-protsessual huquqi Konstitutsiyaviy huquq bilan chambarchas bog‘liq. Xususan, Konstitutsiya davlat hokimiyati va jinoyat sud ishlari yurituvining asosiy prinsiplarini shakllantirgan, mamlakatda sud tizimini belgilab bergan. Shuningdek, Konstitutsiyada inson va fuqarolarning asosiy huquq va erkinliklari hamda Konstitutsiya va qonunlar ustuvorligi masalalari ham belgilangan. Xususan, unda O‘zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanishi, inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat ekanligi; demokratik huquq va erkinliklar Konstitutsiya va qonunlar bilan himoya qilinishi (13-modda); O‘zbekiston Respublikasida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi so‘zsiz tan olinishi (15-modda); inson va fuqarolarning asosiy huquqlari va erkinliklari (7 – 9-boblar); inson huquqlari va erkinliklarining kafolatlari (10-bob), O‘zbekiston Respublikasining sud hokimiyati (22-bob); sud hokimiyati va sudyaning mustaqilligi (106-, 112-moddalar); O‘zbekiston Respublikasida sud tizimi (107–110-moddalar); sudning vakolatlari (108-,109-,111-moddalar); sudyalar daxlsizligi (112-modda); sud ishlari yurituvida oshkoralik (113-modda); sud hujjatlarining majburiyligi (114-modda); sudda jinoyat ishlari yurituvida til (115-modda); himoyalanish huquqi (116-modda); prokuratura organlari faoliyatining prinsiplari (24-bob) kabi muhim qoidalar mustahkamlangan.
Jinoyat-protsessual huquqi, shuningdek Jinoyat huquqi bilan ham bog‘liq. Jinoyat-huquqiy munosabatlarni o‘rnatish va jinoiy javobgarlik choralarini qo‘llashni faqatgina jinoyat-protsessual munosabatlar doirasida amalga oshirish mumkin. Jinoyat huquqi normalari, birinchidan, faqatgina jinoyat-protsessual huquq normalari orqali qo‘llanilishi mumkin bo‘lsa, ikkinchidan, jinoyat-huquqiy normalarni qo‘llashga faqatgina jinoyat-protsessual munosabatlar subyektlari haqli hisoblanadi. Jinoyat-protsessual kodeksining 13-,82-,84-,236-,242-,265-,271-,325-,331-,379-,389- va boshqa qator moddalarida Jinoyat kodeksiga havolalar mavjudligi ham ushbu ikki huquq sohasining o‘zaro chambarchas bog‘liqligi, bir-birini taqozo etishini ko‘zda tutadi.
Jinoyat-protsessual huquqi Jinoyat-ijroiya huquqi bilan ham uzviy bog‘liq. Jinoyat-protsessual kodeksi normalari sud tomonidan mahkumni saqlash tartibini o‘zgartirish, hukmni ijroga qaratish, jazoni o‘tash sharoitlarini o‘zgartirish bilan bog‘liq munosabatlarni ham tartibga soladi. Xususan, Jinoyat-protsessual kodeksining o‘n ikkinchi bo‘limi hukm, ajrim, qarorlarni ijro etishga bag‘ishlangan bo‘lib, u hukm, ajrim, qarorlarni ijro etilishi (58-bob) hamda hukm, ajrim, qarorlarni ijro etishda yuzaga kelgan masalalarni hal qilish (59-bob) masalalari tartibga solingan. Shuningdek, Jinoyat-ijroiya kodeksining 19-, 61-, 104-, 129-, 160-, 164-, 166-moddalarida aynan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksiga havolalar mavjud bo‘lib, bu ham ikki huquq sohasining o‘zaro aloqasini yuridik jihatdan ta’minlaydi.
Jinoyat-protsessual huquqi kriminologiya fani bilan ham uzviy bog‘liq. Jinoyatchilikni, uning sabablari va shart-sharoitlarini, jinoyatchining shaxsini o‘rganadigan, jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqadigan kriminologiya jinoyat protsessi nazariyasi va amaliyoti bilan chambarchas bog‘langan. Bu narsa jinoyat-protsessual qonunning har bir muayyan ish bo‘yicha jinoyatning sabablari hamda uning sodir etilishiga ko‘mak bergan shart-sharoitlarni aniqlash, ularni bartaraf etish uchun choralar ko‘rish, ayblanuvchi, sudlanuvchining shaxsini to‘liq va har tomonlama o‘rganish talabida o‘z aksini topadi (Jinoyat-protsessual kodeksining 296 – 300-moddalari). Boshqa tomondan, kriminologiya fanidan jinoyat ishlarini sudda ko‘rishning tegishli ma’lumotlaridan jinoyatchilikning oldini olishning yanada samarali choralarini ishlab chiqish maqsadida foydalaniladi.

Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   262




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish