Toshkent davlat yuridik Universiteti Jinoyat-protsessual huquqi


Jinoyat-protsessual normaning huquqni tiklovchi sanksiyasi



Download 0,94 Mb.
bet26/262
Sana02.06.2022
Hajmi0,94 Mb.
#629978
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   262
Bog'liq
04.11.17 оконч.ЖПХ дарслик

Jinoyat-protsessual normaning huquqni tiklovchi sanksiyasi gipoteza yoki dispozitsiyada ko‘rsatilgan qoidalardagi buzilishlarni bartaraf etishga qaratilgan sanksiyalardir. Ushbu sanksiyalar jinoyat-protsessual hujjatlarni bekor qilishni ko‘zda tutadi. Mazkur sanksiyalar protsess ishtirokchisining huquqiy maqomini o‘zgarishga ham sabab bo‘lishi mumkin (noqonuniy ayblanganda ayb olib tashlanadi, jinoyat ishi tugatiladi, ehtiyot chorasi bekor qilinadi v.h.).
Jinoyat-protsessual normaning huquqni rad etuvchi sanksiyasi deganda tergov yoki sud hujjatini yoxud boshqa dalilni nomaqbul deb topishga qaratilgan sanksiyalar tushuniladi. Jumladan, dalillarni to‘plash qoidalarini buzgan holda to‘plangan dalillar nomaqbul deb topiladi va ulardan isbotlash maqsadida foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Jinoyat-protsessual normaning jazolovchi sanksiyasi o‘z majburiyatlariga rioya etmagan subyektlar uchun noqulay oqibatlarni keltirib chiqaradi. Ushbu sanksiyalar mulkiy xususiyat kasb etishi yoki huquqni cheklovchi tusga ega bo‘lishi mumkin. Mazkur sanksiyalar o‘z majburiyatlarini bajarmagan tarjimon, mutaxassis va ekspertga yoxud sud majlisida tartibga rioya etmagan protsess ishtirokchilariga nisbatan raislik qiluvchi farmoyishiga asosan qo‘llanilishi mumkin. Ushbu sanksiyalar, shuningdek qo‘llanilgan ehtiyot chorasi talablariga rioya etmagan ayblanuvchiga nisbatan ham tatbiq etilishi mumkin. Jazolovchi sanksiya huquqbuzar shaxsiga qaratilgan bo‘lib, ular qoida tariqasida ogohlantiruvchi xususiyat kasb etadi.
Jinoyat-protsessual normaning ahamiyatsiz sanksiyasi jinoyat-protsessual norma gipoteza yoki dispozitsiyasi buzilganda qo‘llaniladi. Bunda garchand, protsess ishtirokchisining harakatlari huquqqa xilof bo‘lsa-da, huquqni tiklovchi, rad etuvchi yoki jazolovchi sanksiyalarni ishga tushirmaydigan darajada ahamiyatsiz bo‘ladi. Masalan, basharti prokuror protest taqdim etish muddatini buzadigan bo‘lsa, sud uning protestini ko‘rmay qoldirishi mumkin. Bunda prokuror javobgarlikka yoki boshqacha jazolovchi sanksiyasiga tortilmaydi.
Jinoyat-protsessual kodeksida mustahkamlangan jinoyat-protsessual normalarda quyidagicha sanksiyalar ko‘zda tutilgan:
a) protsessual majburlov sanksiyalari – ular sirasiga misol uchun, majburiy keltirish (Jinoyat-protsessual kodeksining 30-bobi) tariqasidagi majburlov chorasini kiritish mumkin;
b) protsessual-jarimali sanksiyalar – pul undirish va jarima solish (Jinoyat kodeksining 274-moddasi), shuningdek kiritilgan garov pulini davlat foydasiga o‘tkazishni kiritish mumkin (Jinoyat-protsessual kodeksining 249-moddasi);
d) protsessual-tiklovchi sanksiyalar, ular qabul qilingan protsessual qarorni bekor qilishni, o‘zgartirishni ko‘zda tutadi (Jinoyat-protsessual kodeksining 404-,484-,490-moddalari);
e) protsessual-ogohlantiruvchi sanksiyalar – o‘zini o‘zi rad etish va rad etish (Jinoyat-protsessual kodeksining 76 – 80-moddalari); tergov boshqarmasi, bo‘limi, bo‘linmasi, guruhining boshlig‘i va uning o‘rinbosari tomonidan ishni bir tergovchidan ikkinchi tergovchiga olib berish (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 37-moddasi); prokuror tomonidan jinoyat ishini surishtiruv organidan tergovchiga, prokuraturaning bir tergovchisidan boshqasiga, bir dastlabki tergov organidan boshqasiga o‘tkazishi; surishtiruvchini yoki tergovchini, basharti ular ishning tergovi chog‘ida qonun buzilishiga yo‘l qo‘ygan bo‘lsalar, surishtiruv yoxud dastlabki tergov ishlarini davom ettirishdan chetlatishi (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 382-moddasi) v.b.

Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   262




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish