Toshkent davlat yuridik Universiteti Jinoyat-protsessual huquqi


) jinoyat sodir etgan har bir shaxsga adolatli jazo berilishini taminlash



Download 0,94 Mb.
bet23/262
Sana02.06.2022
Hajmi0,94 Mb.
#629978
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   262
Bog'liq
04.11.17 оконч.ЖПХ дарслик

2) jinoyat sodir etgan har bir shaxsga adolatli jazo berilishini taminlash – ayblanuvchi tomonidan sodir etilgan qilmishning hamda jinoyatchi shaxsining ijtimoiy xavflilik darajasiga mutanosib bo‘lgan jazo chorasini tayinlanishini ta’minlaydi, ya’ni ishda yuzaga keladigan har qanday masalani hal qilishda ayblanuvchini yoki sudlanuvchini ham fosh qiladigan, ham oqlaydigan, shuningdek uning javobgarligini ham yengillashtiradigan, ham og‘irlashtiradigan holatlar aniqlanishi va hisobga olinishi lozim.
3) aybi bo‘lmagan hech bir shaxs javobgarlikka tortilmasligi va hukm qilinmasligi uchun aybdorlarni fosh etishni taminlash – ya’ni, jinoyatni sodir etishda haqiqatdan aybdor bo‘lgan barcha shaxslarni, shu jumladan, jinoyatning barcha ishtirokchilarini va unga daxldor shaxslarni aniqlashga qaratilgan. Jinoyat sodir etgan shaxslarni fosh etish va jinoiy javobgarlikka tortish jinoiy ta’qibni amalga oshiruvchi organlar (surishtiruv organi, tergov, prokuratura)ning aybni isbot qilish maqsadida ishni qonuniy, asoslangan va adolatli hal qilish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan holatlar to‘g‘risidagi haqiqatni aniqlash maqsadida dalillarni to‘plash, tekshirish va baholash bo‘yicha ham vazifasi, ham majburiyatidir. Ya’ni bu vazifani amalga oshirishda jinoiy ta’qib subyektlariga qonun doirasida ish yuritishi, xususan, ish bo‘yicha haqiqatni aniqlash uchun faqat O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksida nazarda tutilgan tartibda topilgan, tekshirilgan va baholangan ma’lumotlardan foydalanish mumkinligi, gumon qilinuvchidan, ayblanuvchidan, sudlanuvchidan, jabrlanuvchidan, guvohdan va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslardan zo‘rlash, qo‘rqitish, huquqlarini cheklash va qonunga xilof bo‘lgan o‘zgacha choralar bilan ko‘rsatuvlar olishga harakat qilish man etilganligi to‘g‘risidagi qoidaga qat’iy rioya etishlari shart.
4) qonunning to‘g‘ri tatbiq etilishini ta‘minlash – jinoyat-protsessual qonun hujjatlarining sud-tergov organlari faoliyatiga to‘g‘ri – qonunga mos, mazmunini buzmagan, biryoqlama yondashuvlarsiz, belgilangan protsessual tartibda qo‘llanilishini anglatadi. Qonunni to‘g‘ri tatbiq etish, jumladan, qonunbuzarlik hamda qonunga rioya qilmaslik hollarini aniqlash, har qanday qonunbuzarning javobgarlikka tortilishi muqarrarligini taminlashga qaratilgan. Jinoyat ishlari yurituvi jarayonida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan qabul qilinadigan qarorlar va amalga oshiriladigan protsessual harakatlarning qonuniyligi va asosliligi jinoyatlarni to‘g‘ri tasniflash bilan ham bog‘liq. Jinoyat qonunchiligini to‘g‘ri qo‘llanilishi sud tomonidan sodir qilingan jinoyatning og‘irligi va sudlanuvchining shaxsiga mutanosib ravishda jinoiy jazo tayinlanishini ta’minlaydi. Jinoiy ta’qibni amalga oshiruvchi organlar tomonidan sodir qilingan jinoyatning protsessual qonun normalariga qat’iy rioya qilingan holda fosh etilishi adolatli sud muhokamasining garovidir.
Jinoyat-protsessual kodeksda belgilangan usullar orqali jinoyat protsessi vazifalarini bajarilishi ish yurituvning qonuniy va asosliligini, uning maqsadlariga erishishni ta’minlaydi. Xususan, jinoyat ishlarini yuritishning jinoyat-protsessual qonunda belgilangan tartibi uch maqsadga xizmat qiladi:

Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   262




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish