Toshkent davlat yuridik Universiteti Jinoyat-protsessual huquqi



Download 0,94 Mb.
bet19/262
Sana02.06.2022
Hajmi0,94 Mb.
#629978
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   262
Bog'liq
04.11.17 оконч.ЖПХ дарслик

Fuqarolik huquqi ham o‘z o‘rnida jinoyat-protsessual huquqi bilan bog‘liqdir. Jinoyat tufayli yetkazilgan zarar o‘z navbatida jabrlanuvchining yetkazilgan mulkiy ziyonni va ma’naviy zararni qoplatishga bo‘lgan huquqini vujudga keltiradi. Bunda qonun jinoyat protsessida fuqaroviy da’vo qo‘zg‘atish yoxud yetkazilgan zararni fuqarolik sud ish yurituvi tartibida undirishni ko‘zda tutadi. Xususan, Jinoyat-protsessual kodeksining beshinchi bo‘limida jinoyat natijasida yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplash masalalari tartibga solingan bo‘lib, unda jinoyat protsessida fuqaroviy da’vo boshqa mulkiy undirishlar
(33-bob), mol-mulkni jabrlanuvchi yoki fuqaroviy da’vogarga qaytarish (34-bob), hukmning mulkiy undirishlar to‘g‘risidagi qismi ijrosini taminlash (35-bob) masalalari o‘z ifodasini topgan. Unga ko‘ra, bevosita jinoyat tufayli yoki aqli noraso shaxsning ijtimoiy xavfli qilmishi natijasida fuqarolarga va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplash, shuningdek jabrlanuvchini dafn etish yoki uning statsionarda davolanish xarajatlarini hamda sug‘urta tariqasida unga to‘langan pul, nafaqa yoki pensiya pulini undirish to‘g‘risidagi fuqaroviy da’volar jinoyat protsessida ko‘riladi. Fuqaroviy da’voning sudlovga tegishliligi bu da’vo qo‘zg‘atilgan jinoyat ishining qaysi sudlovga tegishliligiga qarab aniqlanadi (275-modda).
Jinoyat protsessi va kriminalistika. Jinoyat ishlarini sudda ko‘rishni amalga oshirish ko‘pincha jinoyatlarni ochish, ularni tergov qilish va sudda ko‘rib chiqish ilmiy uslublari va vositalari tizimidan, ya’ni kriminalistika sohasidagi bilimlardan foydalanmasdan mumkin bo‘lmaydi. Kriminalistika jinoyatlarni ochish va ularning oldini olish maqsadida dalillarni topish, to‘plash, qayd qilish va tadqiq qilish bo‘yicha jinoyat-protsessual qonunda nazarda tutilgan harakatlarni bajarish uchun qo‘llaniladigan texnik vositalar, taktik uslublar va usullar to‘g‘risidagi fandir.
Kriminalistika jinoyatlarni fosh etish va ochishga qaratilgan faoliyat bo‘lib, jinoyat protsessining tarkibiy qismi hisoblanadi. Kriminalistik vositalari va usullari jinoyat protsessual qonuni asosida maqsadlarga erishish uchun qo‘llaniladi. Kriminalistika jinoyat protsessiga nisbatan amaliy fan hisoblanadi.
Jinoyat protsessi fanining predmeti rioya etilishi lozim bo‘lgan huquq normalarini o‘rganishdan iborat bo‘lsa, kriminalistika uslublari va usullarini bevosita huquqiy jihatdan mustahkamlashning ahamiyati qanchalik yuqori bo‘lmasin, bu fanda majburiy bo‘lmagan, har bir alohida holda qo‘llanilishining maqsadga muvofiqligi vakolatli davlat organlari (surishtiruv, tergov, prokuratura, sud) tomonidan belgilanadigan, tavsiya tusidagi qoidalardan iborat.

Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   262




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish