MAVZU BO„YICHA XULOSA
Mazkur mavzuni o„rganishda yuridik texnikum o'quvchilar jinoyat obyekti
va uning belgilari, jinoyat predmeti, jinoyat obyektining ahamiyati, jinoyat
obyektining turlari va o‟zaro farqli jihatlarini bilishi hamda sodir etilgan ijtimoiy
hAfvli qilmishda jinoyat obyektini aniqlash ko‟nikmasiga ega bo„lishi lozim.
MUAMMOLI SAVOLLAR:
1.
S.Nikiforov jinoyat obyekti tushunchasini yoritar ekan, uni jinoiy qasddan
qaratilgan ijtimoiy manfaat deb ta‘kidlab, ushbu manfaatning ijtimoiy munosabat
tarkibiga kirishini tushuntiradi. Shunga o‗xshash pozitsiyani Ya.M.Braynin ham
yoqlab, ijtimoiy munosabat tarkibiga boshqa elementlar bilan birgalikda jinoyat
qonuni bilan qo‗riqlanadigan ijtimoiy munosabat subyektlarining manfaatlari ham
kiradi deb hisoblaydi. Ye.A.Frolov esa ijtimoiy manfaat ijtimoiy munosabatning
yadrosini tashkil etishini tushuntiradi. Yu.I.Lyapunovning fikricha, ijtimoiy
manfaat tegishli ijtimoiy munosabat mazmunini ifodalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |