Toshkent davlat yuridik universiteti jinoyat huquqi



Download 2,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/313
Sana01.02.2022
Hajmi2,29 Mb.
#422858
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   313
Bog'liq
№8. Jinoyat huquqi

 
6.3. Jinoyat predmeti 
Jinoyatni kvalifikatsiya qilishda jinoyatning obyekt va predmeti o‗rtasidagi 
farqni aniq belgilash muhim ahamiyatga ega. 
Jinoyat predmeti
– moddiy tusdagi narsa, jism bo‗lib, jinoyat sodir etayotgan 
shaxsning jinoiy qilmishi natijasida unga bevosita ta‘sir ko‗rsatiladi. 
Jinoyat predmeti – jinoyat tarkibining fakultativ belgisi. Jinoyat predmetiga 
ta‘sir etish orqali jinoyat sodir etayotgan shaxs ijtimoiy munosabatlarga zarar 
yetkazadi. Biroq, jinoyat predmeti jinoyat sodir etilishida jinoyat predmeti sifatida 
ishtirok etgan hollardagina mavjud bo‗ladi va ijtimoiy munosabatning bir qismi 
sanaladi. 
Jinoyat predmetining ajratib ko‗rsatilishining mohiyati jinoiy qasdning 
ijtimoiy munosabat – obyektga qaratilganligini tushunib yetishda ifodalanadi. 
Shunga ko‗ra jinoyat predmeti deganda jinoyat qonuni bilan qo‗riqlanadigan 
ijtimoiy munosabatda mavjud bo‗lgan moddiy yoki nomoddiy ne‘mat tushuniladi. 
Bundan shunday xulosa chiqarish mumkinki, jinoyat predmeti bevosita jinoyat 
sodir etayotgan shaxsning qasdi bevosita qaratilgan obyektning muayyan qismi. 
Aynan jinoyat predmeti orqali jinoyat qonuni bilan qo‗riqlanadigan ijtimoiy 
munosabatlarga zarar yetkaziladi. Jinoyat predmeti jinoiy qasd qaratilgan 
obyektning markaziy qismi hisoblanadi. 
Biroq, ijtimoiy munosabatning zaruriy elementi o‗laroq jinoyat predmeti har 
doim ham jinoyat tarkibining zaruriy belgisi sanalmaydi. 
1994-yil qabul qilingan JKning birmuncha jinoyat-huquqiy normalarida 
jinoyat predmeti jinoyat tarkibining zaruriy belgisi sifatida ishtirok etadi. Bunday 
normalarning tahlili shuni ko‗rsatadiki, bunday jinoyat tarkiblarining predmeti 
aksariyat hollarda mulkni tashkil etadi. 
O‗zgalar mulkini talon-toroj qilish bilan bog‗liq jinoyatlarda mulk jinoyat 
tarkibining zaruriy belgisi sanaladi. Shunga ko‗ra talon-toroj qilish yoki mulkka 
qarshi boshqa jinoyatlarda jinoyat predmeti quyidagicha bo‗lishi mumkin: pul, turli 
qimmatliklar, antikvariat va zebu-ziynat buyumlari, ijtimoiy-maishiy tusdagi 
jismlar va boshqalar. Biroq ayrim hollarda qonun chiqaruvchi talon-toroj qilish 
jinoyatlarida mulkning o‗zishga xos xususiyat va belgilarini aniqlashtirish 
mumkin. 


58 
Bunday vaziyatlarda agar mulk boshqa jinoyat predmeti hisoblansa qonun 
chiqaruvchi ushbu mulkning xususiyati va sifati ko‗rsatkichlarini aniqlashtiradi. 
Masalan, JKning 227 va 228-moddalarida nazarda tutilgan jinoyat predmeti 
korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning qat‘iy hisobidagi hujjatlari, shtamplari, 
muhrlari, blankalari, shuningdek avtomototransport vositalarining va ular 
tirkamalarining (yarim tirkamalarining) davlat raqam belgilari hisoblanadi. Agar 
jinoyat predmetiga xos bunday belgi muayyan jinoyat ishi bo‗yicha o‗z tasdig‗ini 
topmasa aynan mazkur belgilar nazarda tutilgan jinoyat bo‗yicha jinoyat tarkibi 
mavjud emas deb hisoblanadi. 
Alohida hollarda jinoyat predmeti band solingan yoki xatlangan mulk bo‗lishi 
mumkin. Harbiy jinoyatlarda esa jinoyat predmetini harbiy mulk tashkil etishi ham 
mumkin. 
Bir qancha jinoyat tarkiblarida qonun chiqaruvchi jinoyat predmetining belgi 
va xususiyatini jinoyat-huquqiy normaning o‗zida ko‗rsatib ketishi va uni 
tushuntirishi ham mumkin. Masalan, JKning 176-moddasida qalbaki pul, aktsiz 
markasi yoki qimmatli qog‗ozlar yasash, ularni o‗tkazish uchun jinoiy javobgarlik 
belgilangan. Ushbu moddaning dispozitsiyasida qonun chiqaruvchi jinoyat 
predmeti sifatida qalbaki bank biletlari (banknotlar), metall tangalar, aktsiz 
markalar, shuningdek qimmatli qog‗ozlar yoxud chet el valyutasi yoki chet el 
valyutasidagi qimmatli qog‗ozlarni tushuntiradi. 
Muayyan jinoyat predmeti fuqarolik muomalasidan chiqarilgan bo‗lishi ham 
mumkin. Masalan, kontrabanda jinoyati (JKning 246-moddasi) predmeti kuchli 
ta‘sir qiluvchi zaharli, zaharlovchi, portlovchi moddalar, radioaktiv materiallar
portlatish qurilmalari, qurol-yarog‗, o‗qotar qurol yoki o‗q-dorilarni, shuningdek 
giyovandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni yoki diniy ekstremizm, 
separatizm va aqidaparastlikni targ‗ib qiluvchi materiallar, yadroviy, kimyoviy, 
biologik va ommaviy qirg‗in qurolining boshqa turlari, shunday qurollarni 
yaratishda foydalanilishi mumkinligi ayon bo‗lgan material va moslamalar
radioaktiv materiallar bo‗lishi mumkin. 
JKning 247-248-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarning predmeti o‗qotar 
qurol, o‗q-dorilar, portlovchi moddalar, portlatish qurilmalari hisoblanadi. 
JKning 252–254-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarning predmeti 
radioaktiv 
materiallar, 
JKning 
270–276-moddalarida 
nazarda 
tutilgan 
jinoyatlarning predmeti narkotik vositalari yoki ularning analoglari sanaladi. 
Transport vositalari ham jinoyat predmeti bo‗lishi mumkin. JKning
264-moddasida temir yo‗lning harakatlanadigan tarkibini, havo, dengiz yoki daryo 
kemasini olib qochish yoki egallab olish uchun jinoiy javobgarlik belgilangan.
2007-yilda JKda axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlar uchun 
javobgarlik nazarda tutilgan XX

bob kiritildi. Bunday jinoyatlarning predmeti 
axborot tizimlari, ma‘lumotlar bazalari va banklari, shuningdek komputer virus 
dasturlari (JKning 278
1
-278
6
moddalari) hisoblanadi. 
Davlat sirini tashkil etuvchi ma‘lumotlar aks etgan hujjatlar ham jinoyat 
predmeti sanalashi mumkin. Shuningdek, rasmiy hujjatlari, shtamplar, muhrlar, 


59 
blanklar ularni qalbakilashtirish bilan bog‗liq jinoyatlarda ular jinoyat predmeti 
hisoblanishi mumkin.
Ayrim hollarda hayvonot olami yoki uning bir qismi ham jinoyat predmeti 
hisoblanishi mumkin (JKning 202-moddasi). 
Ekologiya sohasidagi jinoyatlar bobi (XIV bob)da o‗simlik va hayvonlar ham 
jinoyat predmeti hisoblanishi mumkin. 
JKning 215-moddasida O‗zbekiston Respublikasi yoki Qoraqalpog‗iston 
Respublikasining Davlat bayrog‗i, Davlat gerbi yoxud madhiyasiga hurmatsizlik 
qilish uchun jinoiy javobgarlik belgilangan. Bunday hollarda predmetga xos 
bo‗lgan belgilar, tegishli davlatni ajratib turuvchi atributlarni ko‗rsatish majburiy 
hisoblanadi. 
Umuman olganda, aksariyat jinoyatlar natijasida shaxsga jismoniy yoki ruhiy 
zarar yetkaziladi. Jinoyat-protsessual qonunchiligiga muvofiq bunday shaxs 
jabrlanuvchi deb topiladi. Jinoyat huquqida ham xuddi shu atama qo‗llaniladi. 
Biroq uni jinoyat predmeti sifatida ko‗rsatish to‗g‗ri emas. Insonning murdasi 
jinoyat predmeti sifatida e‘tirof etilishi mumkin. JKning 134-moddasida qabrni 
yoki murdani tahqirlaganlik, shuningdek murdadagi, qabr ustidagi yoki ichidagi 
narsalarni olganlik uchun jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan. 
Jinoyat predmetini jinoyat quroli va vositasidan farqlash lozim. Agar jinoyat 
sodir etishda tashqi dunyo moddiy ne‘mati biror jinoyatni sodir etishda 
qo‗llanilgan bo‗lsa, u jinoyat quroli yoki vositasi hisoblanadi. Masalan, 
bosqinchilikda quroldan foydalaniladi. Agar o‗qotar qurolni talon-toroj qilish 
jinoyati sodir etilgan bo‗lsa, bunda o‗qotar qurol jinoyat predmeti sanaladi. 
Jinoyat predmeti jinoyat tarkibining zaruriy belgisi bo‗lib kelganda jinoiy 
javobgarlikning asosini tashkil qiladi. Bunday hollarda shaxsni javobgarlikka 
tortish uchun jinoyat predmetini aniqlash va o‗rnatish muhim ahamiyatga ega. 
Ayni shu holat jinoyat tarkibi zaruriy belgisining jinoiy-huquqiy ahamiyatini 
ko‗rsatadi. 
Jinoyat predmeti, shuningdek sodir etilgan qilmishni to‗g‗ri kvalifikatsiya 
qilish hamda o‗xshash jinoyat tarkiblari o‗rtasidagi farqni ajratishga ham xizmat 
qiladi. Masalan, o‗qotar qurolni o‗g‗rilash qilish – jamoat xavfsizligi ga qarshi 
jinoyat. Suv ostida ov qilish qurolini o‗g‗irlash – o‗zganing mulkini talon-torj 
qilish jinoyati. 

Download 2,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   313




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish