Toshkent davlat yuridik universiteti jinoyat huquqi


 Jinoyat huquqida jinoyat obyektning ahamiyati



Download 2,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/313
Sana01.02.2022
Hajmi2,29 Mb.
#422858
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   313
Bog'liq
№8. Jinoyat huquqi

 
6.4. Jinoyat huquqida jinoyat obyektning ahamiyati 
 
Jinoyat obyektning ahamiyati, eng avvalo, jinoyat tarkibining muhim elementi 
ekanligi bilan izohlanadi. Shuningdek, obyekt jinoiy javobgarlik asosi hisoblanadi. 
Bu shuni anglatadiki, shaxsni JKning biror moddasi bilan javobgarlikka tortish 
uchun sodir etilgan qilmish natijasida jinoyat qonuni bilan qo‗riqlanadigan qaysi 
obyektga zarar yetganligi yoki zarar yetkazishning real xAfvi tug‗ilganligi, 
shuningdek qaysi obyektga zarar yetkazish ko‗zlanganligi aniqlanishi lozim.
Jinoyat obyektning to‗g‗ri aniqlanganligi sodir etilgan qilmishga to‗g‗ri 
huquqiy baho berish imkonini tug‗diradi. Agar aybdor biror shaxsga hujum qilib, 
uni hayotdan mahrum qilishga urinsa, bu hayotga qarshi jinoyat hisoblanadi. Agar 
aybdor o‗zga shaxsning mulkini qo‗lga kiritish maqsadida unga hujum qilsa
qilmish mulkka qarshi jinoyat sifatida baholanadi. Yuqorida keltirilganlar jinoyat 
obyektning yana bir ahamiyatini ko‗rsatadi. 
Bundan tashqari, jinoyat obyektni to‗g‗ri aniqlash o‗xshash tarkibli 
jinoyatlarni bir-biridan farqlash va ularni to‗g‗ri kvalifikatsiya qilishga sabab 
bo‗ladi. Masalan, aybdor jabrlanuvchini shafqatsiz kaltaklamoqda. Bir necha 
kundan keyin jabrlanuvchi vafot etdi. Qilmishni to‗g‗ri kvalifikatsiya qilish uchun 
aybdorning qasdi nimaga qaratilganligini aniqlash muhim shaxsning hayotiga yoki 
sog‗lig‗igami? Mazkur masalaning hal etilishiga qarab qilmish qasddan odam 
o‗ldirish yoki odam o‗limiga sabab bo‗lgan qasddan badanga og‗ir shikast 
yetkazish sifatida kvalifikatsiya qilinadi. 
Obyektning yana bir ahamiyati shunda ko‗rinadiki, aynan obyekt jinoyatni 
huquqbuzarlikdan ajratib turadi. Buning uchun ijtimoiy munosabat jinoyat qonuni 
bilan qo‗riqlanishi yoki qo‗riqlanmasligi aniqlashtirilishi lozim. Agar qilmish 
qaratilgan ijtimoiy munosabat jinoyat qonuni bilan qo‗riqlanishi nazarda 
tutilmagan bo‗lsa, bunday qilmishni jinoyat sifatida baholash mumkin emas. 
Bunday hollarda ma‘muriy yoki intizomiy javobgarlik masalasi ko‗rib chiqilishi 
lozim.
Xulosa sifatida, jinoyat obyekti haqida quyidagilarni keltirish mumkin: 
– har bir jinoiy qilmishning bir elementi, ya‘ni har qanday qilmish jinoyat 
sifatida e‘tirof etilishi uchun jinoyat qonuni bilan qo‗riqlanadigan ijtimoiy 
ahamiyatga molik qadriyat, manfaat, ijtimoiy munosabatga zarar yetkazadi yoki 
zarar yetkazishning real xAfvini keltirib chiqaradi; 


61 
– jinoyat tarkibining zaruriy belgisi. Hech qaysi jinoyat tarkibi qasddan 
qaratilgan asosiy bevosita obyektsiz mavjud bo‗lishi mumkin emas; 
– jinoyat qonunchiligini turkumlashtirishdagi o‗rni. O‗zbekiston Respublikasi 
JK Maxsus qismi maxsus va turdosh obyekti belgilariga ko‗ra tasniflangan; 
– obyektning to‗g‗ri aniqlanishi jinoyatni boshqa huquqbuzarlik hamda 
g‗ayriaxloqiy xulq-atvordan farqlab turadi; 
– sodir etilgan ijtimoiy xavfli qilmishning xavflilik darajasi va xususiyatini 
aniqlashga xizmat qiladi, ya‘ni jinoyat qonuni bilan qo‗riqlanadigan aynan qaysi 
munosabatlarga qanday ko‗lamda zarar yetkazgani yoxud zarar yetkazish real 
xAfvini keltirib chiqarganini aniqlaydi; 
– qilmishni to‗g‗ri kvalifikatsiya qilish hamda bir jinoyatni boshqasidan 
ajratish imkonini beradi. 
Shunday qilib, jinoyat obyektni o‗rganish jinoyat qonuni vazifalari va 
mazmunini hamda u yoki bu jinoyatlarning ijtimoiy xavflilik darajasi hamda 
ahamiyatini aniqlashga yordam beradi. 

Download 2,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   313




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish