Ijtimoiy siyosiy qadriyatlar.
Reja:
1. Ijtimoiy qadriyatlarning ma'nosi. 2. Ijtimoiy qadriyatlar nima.
3.Qadriyatlar falsafasi fanining pridmeti maqsad va vazifalari.
4. Jamiyatimiz rivojining hozirgi davrida “qadriyatshunoslik” va qadriyatlarga munosabatning tubdan o’zgarganligi, qadrlash falsafasini o’rganish zaruryatining oshib borayotganligi .
KIRISH.
Milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz va an`analarimiz qayta tiklanib, yanada
rivojlangandagina jamiyatimizda o’tkazilayotgan islohatlar muvaffaqiyatli amalga
osha oladi, chunki ma`naviy barkamol, ma`rifatli, ruhan bardam, yangicha
tafakkurlash qobiliyatiga ega insongina istiqlol va taraqqiyot yo’lini sharaf bilan o’ta
oladi. SHunday ekan, xalqimizning boy madaniy merosi, yuksak ma`naviy
qadriyatlarini chuqur va atroflicha o’rganib, ularni Respublikamizda yashovchi har
bir insonning ongiga singdirib, ayniqsa yosh avlodni ma`naviy etuk, fidoyi etib
tarbiyalash hozirgi kunda eng dolzarb muammolardan hisoblanadi.
“Qadriyatlar falsafasi” fanidan tuzilgan ushbu ma`ruzalar matnida
qadriyatlarning mohiyati va asosiy turlari, tabiiy, moddiy, ma`naviy, ijtimoiy-siyosiy,
ahloqiy qadriyatlarning o’tmishdagi ahvoli, ularning mustaqillik sharofati bilan
tiklanishi, istiqboli, hadriyatlarning islohotlarni chuqurlashtirib, jamiyatimizni
yangilashdagi, inson ma`naviy barkamollgi, uning dunyoqarashi, bunyodkorlik
faolligini, yuksak insoniy fazilatlarini shakllantirishdagi o’rni, milliy, mintaqaviy va
umuminsoniy qadriyatlarning mushtarakligi, milliy qadriyatlarimizning jahon
hamjamiyatiga kirishdagi vositachilik roli kabi dolzarb masalalar haqida fikr
yuritiladi.
Respublikamizda ta`lim tizimini isloh qilish, va ta`lim-tarbiya ishlarini
takomillashtirish shu kunning muhim vazilaridan biri bo’lib qolmoqda. Bu esa o’z
navbatida oliy o’quv yurtlaridagi tegishli kafedralar zimmasiga o’quv
predmatlarining dasturlari hamda dasrlik va o’quv qo’llanmalarni xozirgi zamon
talablari va ilm-fanning keyingi yutuqlarini xisobga olgan holda yangilab borish,
O’zbekiston Respublikasi mustaqilikka erishgandan so’ng o’quv rejasiga kiritilgan
yangi fan-predmetlar bo’yicha o’quv dasturlari va darsliklar yaratish vazifasini
yuklaydi. Zero, ming yillar davomida to’plangan boy ma`naviy merosni avaylab-
asrab, uni zamonaviy ilm-fan yutuqlari bilan ijodiy boyitib, kelajak avlodning
tafakkuri, dunyoqarashini milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosid shakllantirib,
ularning bunyodkorlik faoliyatini oshirish-mustaqillik poydevorini
mustahkamlashning asosiy garovidir. Hech bir xalq o’zini anglamasdan, milliy
madaniyati va qadriyatlarini avaylab-asrab saqlamasdan turib boshqa xalqlarning
qadriyatlariga xurmat-izzat bilan qaray olmaydi. SHuning uchun qadriyatlarning
tiklanishi umuminsoniy qadriyatlar sari rivojlanishining yakkayu-yagona yo’lidir.
«Qadriyatlar falsafasi» fani mustaqil O’zbekistonimizning kuch-qudrati
xalqimizning umuminsoniy qadriyatlarga nechog’li sodiqligiga bog’liq ekanligidan
kelib chiqib, milliy qadriyatlarning umuminsoniy qadriyatlar bilan uyg’unlashib
ketish jarayoni, ularning taraqqiy etishi uchun zarur bo’lgan imkoniyatlarning paydo
bo’lish jarayoni, milliy, mintaqaviy va umuminsoniy qadriyatlarning mushtarakligi
masalalarining qay ahvolda bo’lganligi va qay tarzda xal etilganligiga alohida urg’u
beradi. Istiqlol tufayli kiritilgan yangi «Aksiologiya» o’quv predmetining ahamiyati
uning ijtimoiy fanlar orasidagi o’rin, ular bilan o’zaro aloqasi va o’zaro ta`siri hamda
tarbiyaviy funktsiyalari bilan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |