3. Jinoyat tarkibi turlari. Jinoyat tarkibi quyidagi asoslarga ko‗ra tasniflanadi:
1) ijtimoiy xavflilik darajasiga ko‗ra;
2) tuzilish xususiyatiga ko‗ra;
3) tasvirlash usuliga ko‗ra.
Jinoyat huquqida qilmishning ijtimoiy xavflilik darajasiga ko‗ra jinoyat
tarkibi uch turga bo‗linadi:
–
asosiy;
–
imtiyozli (yengillashtiruvchi tarkibli);
–
kvalifikatsiyaga ta‘sir etuvchi (og‗irlashtiruvchi tarkibli).
Asosiy tarkibli jinoyat qilmishning ijtimoiy xavfliligi darajasini orttirish
yoki kamaytirish belgilarisiz jinoyat tarkibi hisoblanadi.