Toshkent davlat yuridik universiteti jinoyat huquqi



Download 2,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/313
Sana01.02.2022
Hajmi2,29 Mb.
#422858
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   313
Bog'liq
№8. Jinoyat huquqi

 
 
5.1. Jinoyat tarkibi tushunchasi va mazmuni
 
Jinoyat tarkibi muhim jinoiy-huquqiy kategoriya sanaladi. U o‗zida obyektiv 
va subyektiv belgilar yig‗indisini mujassamlashtirib, jinoyat mohiyatini aniqlaydi. 
Ushbu belgilar O‗zbekiston Respublikasining JKda mustahkamlangan. Qoida 
tariqasida, ular JK Umumiy va Maxsus qismining turli normalarida aks etgan. 
Ijtimoiy xavfli qilmishning u yoki bu elementiga mansubligiga qarab mazkur 
belgilarni: subyekt, obyekt, subyektiv va obyektiv tomon belgilariga ajratish 
mumkin. 
O‗zbekiston Respublikasining amaldagi JKda jinoyat tarkibiga berilgan 
ta‘rifi prinsipial ahamiyat kasb etadi. O‗zbekiston Respublikasi JKning
10-moddasiga ko‗ra ―qilmishida jinoyat tarkibining mavjudligi aniqlangan har bir 
shaxs javobgarlikka tortilishi shart‖. Mazkur moddada qonun chiqaruvchi ―jinoyat 
tarkibi‖ tushunchasini qo‗llaydi. Shuningdek, u boshqa kategoriya – qilmish 
sifatida ham yuritiladi. JKning 16-moddasiga ko‗ra Jinoyat kodeksida nazarda 
tutilgan jinoyat tarkibining barcha alomatlari mavjud bo‗lgan qilmishni sodir etish 
javobgarlikka tortish uchun asos bo‗ladi. Jinoyat qonuni mazmunidan 
anglashiladiki, shaxsning jinoyat tarkibining barcha belgilari mavjud bo‗lgan 
g‗ayrihuquqiy qilmishi jinoiy javobgarlikka tortishga asos bo‗ladi.
Jinoyat tarkibi
– muayyan ijtimoiy xavfli qilmishni jinoyat deb baholash 
uchun zarur bo‗lgan qilmishning obyektiv va subyektiv jihatlarining mavjudligidir. 
Qayd etish lozimki, jinoiy javobgarlikka tortishning yagona asosi sifatida 
jinoyat tarkibi jinoyat qonunining markaziy elementi hisoblanadi. 
Jinoyat tarkibining moddiy va formal turlari haqidagi nazariy tushunchalar 
paydo bo‗lganiga hali ko‗p bo‗lgani yo‗q, biroq ―jinoyat tarkibi‖ tushunchasi uzoq 
tarixga ega. Mazkur huquqiy kategoriya haqidagi dastlabki fikrlar XIX asr oxiri 
XX asr boshlarida vujudga kelgan. Biroq jinoyat tarkibi haqidagi o‗sha paytdagi 
qarashlar bugungi qarashlardan keskin farq qilgan. Masalan, unda jinoyat tarkibi 
jinoyat sodir etilganligi fakti mavjudligi sifatida qaralgan (murda, binoga buzib 
kirish izlari va boshq.). 
Ijtimoiy-huquqiy hodisa sifatida jinoyat tarkibi murakkab elementlarni 
umumlashtiradi. Ushbu elementlar alohida yoki to‗liq bo‗lmagan tarkibda jinoyat 
sifatida qaralmaydi.


42 
A.S.Yakubov, R.Kabulov va boshqalar jinoyat tarkibining mavjudligi uning 
barcha elementlari mavjudligini ham taqozo etishini tushuntirishadi. Mazkur 
elementlar JK Maxsus qismi konkret moddalarida ifodalangan. Maxsus qismning 
bu moddalari jinoyatning subyektiv va obyektiv elementlari – jinoyat tuzilishini 
shakllantiradi
5
. A.I.Rarog ham jinoyat tarkibiga shunga o‗xshash ta‘rif berib, bu 
qilmishni jinoyat sifatida e‘tirof etishning jinoyat qonuni bilan nazarda tutilgan 
obyektiv va subyektiv belgilar yig‗indisi deb ataydi
6

MDH 
davlatlarining 
aksariyat 
olimlari 
jinoyat 
tarkibini 
jinoyat 
qonunchiligida belgilanganidek, muayyan jinoyatni xarakterlovchi subyektiv va 
obyektiv belgilar (elementlar) yig‗indisi (tizimi) sifatida tushuntiradi. Bunda 
jinoyat tarkibi jinoyat qonunida belgilangan u yoki bu jinoyatning tavsifi shaklida 
tushuniladi. 
Jinoyat tarkibining umumiy tushunchasi O‗zbekiston Respublikasi
JK Maxsus qismi moddalarida nazarda tutilgan jinoyat tarikbiga to‗la mos keladi. 
U jinoyat huquqi fanida konkret jinoyat tarkibi belgilari asosida shakllangan.

Download 2,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   313




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish