Toshkent davlat yuridik universiteti jinoyat huquqi


 Jinoiy javobgarlikka tortish asosi va uning nazariy jihatlari



Download 2,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/313
Sana01.02.2022
Hajmi2,29 Mb.
#422858
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   313
Bog'liq
№8. Jinoyat huquqi

4.2. Jinoiy javobgarlikka tortish asosi va uning nazariy jihatlari 
Jinoyat kodeksining 16-moddasida Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan jinoyat 
tarkibining barcha alomatlari mavjudligi qilmishni sodir etish javobgarlikka tortish 
uchun asos bo‗lishi belgilangan. Demak, shaxsni jinoiy javobgarlikka tortishda 
quyidagi asoslar mavjud bo‗lishi talab etiladi: 
– sodir etilgan ijtimoiy xavfli qilmish jinoyat qonunida jinoyat sifatida 
taqiqlanganligi; 
– shunday qilmish uchun jazo yoki boshqacha ta‘sir chorasining nazarda 
tutilganligi; 
– sodir etilgan ijtimoiy xavfli qilmishda shaxsning aybliligi. 
Jinoiy javobgarlikning oqibatlari esa ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan 
shaxsning davlat oldida javobgarlikning kelib chiqishi hamda qilmishga nisbatan 
sud hukmi bilan berilgan huquqiy bahoda ifodalanadi. 
Jinoyat huquqi sodir etilgan ijtimoiy xavfli qilmishni o‗tmish hodisasi sifatida 
o‗rganadi. Jinoiy javobgarlik esa qilmishni sodir etish orqasida javobgar bo‗lish 
majburiyati sababidan kelib chiqadi.


36 
Biroq O‗zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaning 26-moddasida jinoyat 
sodir etganlikda ayblanayotgan har bir shaxsning ishi sudda qonuniy tartibda, 
oshkora ko‗rib chiqilib, uning aybi aniqlanmaguncha u aybdor hisoblanmaydi. 
Sudda ayblanayotgan shaxsga o‗zini himoya qilish uchun barcha sharoitlar 
ta‘minlab berilishi belgilangan. Ya‘ni aybsizlik prezumpsiyasiga ko‗ra sudning 
ayblov hukmi qonuniy kuchga kirmaguniga qadar shaxs jinoiy javobgarlikka 
tortilmagan hisoblanadi. 
Shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish uchun u sodir etgan jinoyatini isbotlovchi 
hujjatlar jinoyat-protsessual qonunchiligi tartibida yetarli, asoslantirilgan bo‗lishi 
lozim. Shuningdek, shaxsni jinoiy javobgarlikka tortilgan deb hisoblash uchun 
sudning qonuniy kuchga kirgan ayblov hukmi mavjudligi talab etiladi. Shunga 
ko‗ra, jinoyat tarkibining barcha elementlari mavjud bo‗lgandagina shaxsni jinoiy 
javobgarlikka tortish mumkin.
Jinoiy jazo qo‗llash bilan bog‗liq bo‗lgan javobgarlik esa qilmishning ijtimoiy 
xavflilik darajasi hamda tayinlangan jazo turi va jazoning o‗talgan qismining 
muddatlari o‗tishiga bog‗liq ravishda sudlanganlik muddati kelib chiqishi bilan 
bog‗liq.
Jinoiy jazo qo‗llashni nazarda tutuvchi jinoiy javobgarlik boshqa yuridik 
javobgarlik (ma‘muriy, fuqarolik-huquqiy)dan birmuncha og‗ir. Bunda ijtimoiy 
xavfli qilmishning ijtimoiy xavflilik darajasi, jinoyat natijasida yetkazilgan 
zararning miqdori va aybdorning shaxsi hisobga olinadi.
Oldingi boblarda qayd etilganidek, jinoyat tarkibi muhim jinoiy-huquqiy 
kategoriya sanaladi. U o‗zida obyektiv va subyektiv belgilar yig‗indisini 
mujassamlashtirib, jinoyat mohiyatini aniqlaydi. Ushbu belgilar O‗zbekiston 
Respublikasining Jinoyat kodeksida mustahkamlangan. Qoida tariqasida, ular 
Jinoyat kodeksi Umumiy va Maxsus qismining turli normalarida aks etgan. 
Ijtimoiy xavfli qilmishning u yoki bu elementiga mansubligiga qarab mazkur 
belgilarni: subyekt, obyekt, subyektiv va obyektiv tomon belgilariga ajratish 
mumkin. 
O‗zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida jinoyat tarkibiga berilgan 
ta‘rif prinsipial ahamiyat kasb etadi. O‗zbekiston Respublikasi JKning 10-
moddasiga ko‗ra qilmishida jinoyat tarkibining mavjudligi aniqlangan har bir shaxs 
javobgarlikka tortilishi shart. Mazkur moddada qonun chiqaruvchi jinoyat tarkibi 
tushunchasini qo‗llaydi. Shuningdek, u boshqa kategoriya – qilmish sifatida ham 
yuritiladi. JKning 16-moddasiga ko‗ra Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan jinoyat 
tarkibining barcha alomatlari mavjud bo‗lgan qilmishni sodir etish javobgarlikka 
tortish uchun asos bo‗ladi. Jinoyat qonuni mazmunidan anglashiladiki, shaxsning 
jinoyat tarkibining barcha belgilari mavjud bo‗lgan g‗ayrihuquqiy qilmishi jinoiy 
javobgarlikka tortishga asos bo‗ladi.

Download 2,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   313




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish