Toshkent davlat yuridik universiteti jinoyat huquqi



Download 2,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/313
Sana01.02.2022
Hajmi2,29 Mb.
#422858
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   313
Bog'liq
№8. Jinoyat huquqi

Jinoyat tarkibi
– ijtimoiy xavfli qilmishni jinoyat sifatida baholashning 
jinoyat qonunida nazarda tutilgan obyektiv va subyektiv belgilar yig‗indisi. 
Qayd etish lozimki, jinoiy javobgarlikka tortishning yagona asosi sifatida 
jinoyat tarkibi jinoyat qonunining markaziy elementi hisoblanadi. 


37 
Jinoyat tarkibi – ijtimoiy xavfli qilmishni jinoyat sifatida baholashning jinoyat 
qonunida nazarda tutilgan obyektiv va subyektiv belgilar yig‗indisi. Jinoyat tarkibi 
qilmishni jinoyat sifatida e‘tirof etishning huquqiy asosi sanaladi. Shu jihatdan 
jinoiy javobgarlik asosi sifatida jinoyat tarkibining ahamiyatiga e‘tibor qaratish 
maqsadga muvofiq. 
Jinoyat kodeksi Maxsus qismining moddalaridagi konkret jinoyat tarkibi 
jinoiy javobgarlik asosi hisoblanadi hamda bir jinoyatni boshqa bir jinoyatdan 
farqlash imkonini beradi. Jinoyat qonunida o‗g‗irlik, talonchilik, tovlamachilik 
kabi jinoyat tarkiblarining belgilarini tasvirlamasdan turib bu jinoyatlarni o‗zaro 
farqlash mumkin emas edi. Masalan, Rim huquqida o‗g‗irlik deganda mulk 
huquqining buzilishi, shuningdek qarzni qaytarmaslik tushunilgan. Anglo-sakson 
jinoyat huquqida o‗g‗irlik (―larceny‖) deganda mulkka tajovuz qilishning turli 
usullari, shuningdek topilmani o‗zlashtirish yoki elektroenergiyani talon-toroj 
qilish tushuniladi
3

Har bir jinoyat obyektiv va subyektiv belgilari, o‗ziga xos xususiyatlarining 
turfa xilligi bilan xarakterlanadi. Biroq, JKning Maxsus qismi moddalarida jinoyat 
qonuni bilan qo‗riqlanadigan manfaat va ijtimoiy munosabatlarga zarar 
yetkazadigan yoki zarar yetkazishning real xAfvini keltirib chiqaradigan 
qilmishning ijtimoiy xavfliligini ko‗rsatuvchi obyektiv va subyektiv belgilargina 
namoyon bo‗ladi. 
Har bir jinoyatning tarkibi qilmishni jinoyat deb topishda obyekt, obyektiv 
tomon, subyekt va subyektiv tomon elementlarining mustahkam strukturasiga 
tayanadi. 
Jinoyat tarkibi – jinoyat qonuni bilan o‗rnatilgan ijtimoiy xavfli qilmishni 
jinoyat sifatida baholaydigan obyektiv va subyektiv belgilarning yig‗indisidir. 
JKning 16-moddasiga muvofiq Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan jinoyat 
tarkibining barcha alomatlari mavjud bo‗lgan qilmishni sodir etish javobgarlikka 
tortish uchun asos bo‗ladi.
Jinoyat tarkibining umumiy tushunchasi va konkret jinoyat tarkibi 
tushunchalari o‗zaro farqlanadi. Jinoyat tarkibining umumiy tushunchasi – ilmiy 
abstraksiya (huquqiy model) bo‗lib, barcha konkret jinoyat tarkiblariga xos bo‗lgan 
tipik, umumiy belgilarni o‗z ichiga qamrab oladi. Konkret jinoyat tarkiblari esa 
Jinoyat kodeksi Maxsus qism moddalari dispozitsiyalarida tasvirlanadi hamda shu 
turdagi jinoyatlar uchun umumiy xarakterga ega belgilardan iborat bo‗ladi 
(masalan, JKning 169-moddasi – o‗g‗irlik).
Jinoyat va jinoyat tarkibi tushunchalarining har ikkalasi ijtimoiy xavfli 
qilmishning turli jihatlarini aks ettiradi. Jinoyat tushunchasi ijtimoiy xavfli 
qilmishning ijtimoiy-siyosiy xarakterini ko‗rsatib, uni boshqa huquqbuzarliklardan 
farqlashga xizmat qiladi. Jinoyat tarkibi jinoyat deb baholanuvchi qilmishning 
huquqiy (yuridik) shakl (xususiyat)i sanaladi. 
Jinoyat tarkibida konkret jinoyatning umumiy belgilari jamlanadi. Konkret 
jinoyat tarkibi belgilari JKning Umumiy qismi (subyekt va subyektiv tomon 
3
Шаргородский М.Д Уголовное право:. Вина и наказание в уголовном праве. Издание 3-е, 
переработанное. – М.: 2006. – С. 91.


38 
belgilari) va JKning Maxsus qismi (obyektiv tomon belgilari) moddalarida aks 
etadi. Jinoyat tarkibi tushunchasi o‗zida obyekt, obyektiv tomon, subyekt va 
subyektiv tomon elementlarini qamrab oladi. 
Har bir belgilar o‗z navbatida zaruriy va fakultativ belgilarga bo‗linadi. 
Zaruriy belgilar – jinoyat obyekt, qilmish, ayb va jinoyat subyekti (aqli rasolik va 
yosh) singari barcha jinoyat tarkibida so‗zsiz ishtirok etadigan belgilar. Fakultativ 
belgilar esa jinoyat predmeti, ijtimoiy xavfli oqibat, qilmish va oqibat o‗rtasidagi 
sababiy bog‗lanish, vaqt, joy, sharoit, usul, jinoyat sodir etish quroli va vositasi
motiv, maqsad va jinoyat subyektining maxsus belgilari bo‗lib, bular qonun 
chiqaruvchi tomonidan alohida jinoyat tarkiblari uchun xos xususiyat o‗laroq 
mavjud bo‗ladi. Agar u yoki bu fakultativ belgi jinoyat-huquqiy norma 
dispozitsiyasida ko‗rsatilgan bo‗lsa, u zaruriy belgiga aylanadi. Aqalli bitta zaruriy 
belgining mavjud emasligi qilmishda jinoyat tarkibi mavjudligini hamda jinoiy 
javobgarlikni istisno etadi. 
O‗zbekiston Respublikasi jinoyat huquqining o‗ziga xosligi shundaki, JKda 
konkret jinoyat tarkiblarining mufassal ro‗yxati bayon qilingan bo‗lib, bu shaxs 
sodir etgan qilmishi u yoki bu konkret jinoyat tarkibi belgilari bilan mos 
kelgandagina jinoiy javobgarlik kelib chiqadi
4

JKda konkret jinoyat tarkiblari belgilarining tasvirlanishida bu turdagi 
qilmishni sodir etishning obyektiv va subyektiv belgilariga xos bo‗lgan umumiy 
qonuniyatdan foydalaniladi hamda bu belgilar birgalikda qilmishning ijtimoiy 
xavfliligini anglatadi. 
JKning Maxsus qismi moddalari yoki qismlarida tamom bo‗lgan jinoyat 
tarkiblarining belgilari qilmishni bitta shaxs yoki ishtirokchilikda sodir etilishiga 
ko‗ra ham tasvirlanadi. Biroq JK Umumiy qism qoidalaridan kelib chiqqan holda 
tamom bo‗lmagan jinoyatga tayyorgarlik ko‗rish hamda jinoyatga suiqasd 
qilishning tarkibini ham ko‗rsatish taqozo etiladi. Agar shaxs jinoyat sodir etishda 
dalolatchi, tashkilotchi yoki yordamchi vazifasini bajargan bo‗lsa-da, lekin 
bajaruvchining harakatlarini amalga oshirmagan bo‗lsa, u sodir etgan qilmishda 
jinoyatga dalolat qilish, tashkilotchilik qilish yoki yordamchilik qilish tarkibi 
mavjud bo‗ladi. 
Jinoyat tarkibi jinoiy javobgarlik asosi sanalar ekan, u shaxs sodir etgan 
qilmishni to‗g‗ri kvalifikatsiya qilish, jinoiy xulq-atvorni jinoiy bo‗lmagan xulq-
atvordan ajratish, ish yuzasidan jinoyat-protsessual qaror qabul qilish, jazo yoki 
boshqa majburlov chorasining turi va miqdorini aniqlashga xizmat qiladi. 
Bularning barchasi inson va fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolati, 
insonparvarlik, qonuniylik va odillik prinsiplari hamda umume‘tirof etilgan 
aybsizlik prezumpsiyasini amalga oshirishga zamin yaratadi. 
Shunday qilib, jinoyat tarkibi belgilari nafaqat JKning Maxsus qismi 
moddalari yoki ularning qismlarida, balki JKning Umumiy qism normalarida ham 
aks etadi. JKning Umumiy qism moddalarida barcha turdagi yoki alohida jinoyat 
tarkiblari uchun xos bo‗lgan belgilar nazarda tutiladi. 
4
Чучаев А.И. Комментарий к Уголовному кодексу РФ (постатейный). – М.: Контракт, 
2012. – С. 81. 


39 
Jinoyat obyektlarini jinoiy tajovuzlardan qo‗riqlovchi huquqiy munosabatlar 
doirasida vujudga keladigan jinoiy javobgarlik jinoyat sodir etilishi bilan paydo 
bo‗ladi. Chunki jinoiy javobgarlik, uni vujudga keltiruvchi yuridik holat (jinoyat) 
sodir etilganidan to shaxsning sud hukmiga binoan aybdor deb tan olinishi va unga 
jinoiy jazo tayinlanishi bilan bog‗liq salbiy oqibatlar yig‗indisidir. Shu bois 
jinoyat-huquqiy munosabatlar har doim jinoyat-protsessual huquqiy munosabatlar 
bilan uzviy bog‗liq bo‗ladi, ya‘ni sodir etilgan jinoyat fosh etilmasa, jinoyat-
huquqiy munosabatlar amalga oshmay qolishi mumkin. Zero, jinoyat-huquqiy 
munosabatlarning 
amalga 
oshirilishi 
jinoyat 
ishining 
barcha 
holatlari 
o‗rganilganligi, jinoyatning ochilganligi, aybdorning jinoiy javobgarlikka 
tortilganligi va jazolanganligi, jamiyat uchun xAfvning bartaraf etilganligi
jabrlanuvchining buzilgan huquqlari (sha‘ni, qadr-qimmati, shaxsiy erkinligi va ho. 
k.) tiklanganligi va moddiy zarar qoplanganligini bildiradi.
Jinoyat-huquqiy munosabatlarning amalga oshirilishi bir vaqtning o‗zida 
davlatning qonunni buzgan, ya‘ni aybdor zimmasiga qonunda nazarda tutilgan 
salbiy oqibatni yuklash yo‗li bilan uni jazolash orqali o‗z huquqi (majburiyati)ning 
amalga oshirilganligini anglatadi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, jinoiy javobgarlik jinoyat sodir etishda aybdor 
deb topilgan shaxsga nisbatan amalga oshiriladigan davlatning ijtimoiy xavfli qilmish 
sodir etgan shaxsga jinoyat qonuni prinsiplariga muvofiq reaktsiyasi hisoblanadi. 
Shuningdek, hech kim sudning hukmisiz jinoyat sodir etishda aybdor deb topilishi 
hamda jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin emas.
Jinoyat uchun javobgarlik jinoyat sodir etishning huquqiy oqibati bo‗lib, jinoyat 
sodir etishda aybdor bo‗lgan shaxsga nisbatan sud tomonidan hukm qilish, jazo yoki 
boshqa huquqiy ta‘sir chorasi qo‗llanishida ifodalanadi. 
Jinoiy javobgarlikning asosini deganda JKning Maxsus qismida nazarda tutilgan 
jinoyat tarkibining barcha alomatlari – obyekt, obyektiv tomon, subyekt hamda 
subyektiv tomon mavjud holda qilmishning sodir etilishi tushuniladi. 

Download 2,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   313




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish