Toshkent davlat yuridik universiteti jinoyat huquqi



Download 2,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/313
Sana01.02.2022
Hajmi2,29 Mb.
#422858
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   313
Bog'liq
№8. Jinoyat huquqi

Imtiyozli tarkib 
asosiy tarkib belgilaridan tashqari asosiy tarkibli jinoyat 
uchun nazarda tutilgan jazoni yengillashtiruvchi holatga ega bo‗lgan jinoyat 
tarkibi. 
Kvalifikatsiyaga ta‟sir etuvchi tarkib 
– asosiy tarkib belgilaridan tashqari 
asosiy tarkibli jinoyat uchun nazarda tutilgan jazoni og‗irlashtiruvchi holatga ega 
bo‗lgan jinoyat tarkibi. 
Qonun chiqaruvchi jinoyatlarning ijtimoiy xavflilik darajasini turlarga 
ajratib, ularni JK Maxsus qismining turli moddalari yoki qismlariga joylashtirgan. 
Bunda jinoyatning ijtimoiy xavfliligini orttiruvchi hamda kamaytiruvchi 
belgilardan foydalanilgan. Qilmishning ijtimoiy xavfliligiga ta‘sir etuvchi belgi 
sifatida quyidagilar keltiriladi: qilmishning bir guruh shaxslar tomonidan; bir 
guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib; uyushgan guruh tomonidan; o‗ta 
shafqatsizlik bilan; bezorilik oqibatida; tamagirlik niyatida; kuchli ruhiy 
hayajonlanish holatida; xizmat mavqeidan foydalangan holda; ikki yoki undan 
ortiq shaxsga nisbatan; og‗ir oqibatlar kelib chiqishiga sabab bo‗lgan holda sodir 
etilishi va boshq. 
Ko‗rsatilgan turlarni misollar yordamida ko‗rib chiqamiz. 
JKning 104-moddasi birinchi qismida qasddan badanga og‗ir tan jarohati 
yetkazganlik uchun javobgarlik nazarda tutilgan. Mazkur tarkib 
asosiy
tarkib 
hisoblanadi, chunki unda yengillashtiruvchi yoki og‗irlashtiruvchi belgilar mavjud 
emas.
Imtiyozli 
tarkibli qasddan badanga og‗ir tan jarohati yetkazish jinoyati 
tarkiblari quyidagilar: 
– kuchli ruhiy hayajonlanish holatida qasddan badanga og‗ir yoki o‗rtacha 
og‗ir shikast yetkazish (JKning 106-moddasi); 
– zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqib, qasddan badanga og‗ir 
shikast yetkazish (JKning 107-moddasi); 
– ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlashning zarur choralari 
chegarasidan chetga chiqib, badanga qasddan og‗ir shikast yetkazish (JKning
108-moddasi). 
JKning 104-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan qasddan badanga 
og‗ir shikast yetkazish jinoyati quyidagi hollarda 
kvalifikatsiyaga ta‟sir etuvchi 
tarkibli jinoyat 
sanaladi: 
– homiladorligi aybdorga ayon bo‗lgan ayolga nisbatan; 
– o‗z xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishi munosabati bilan shaxsga yoki 
uning yaqin qarindoshlariga nisbatan; 
– o‗ta shafqatsizlik bilan; 
– ommaviy tartibsizliklar jarayonida; 
– tamagirlik niyatida; 
– bezorilik oqibatida; 
– millatlararo yoki irqiy adovat zamirida; 
– diniy taassublar zamirida; 
– kishi a‘zolarini kesib olib, boshqa kishiga ko‗chirish (transplantat) yoki 
murdaning qismlaridan foydalanish maqsadida; 


46 
– bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilgan bo‗lsa.
Shuningdek, bir qator olimlar sodir etilgan jinoyatning ijtimoiy xavflilik 
darajasiga ko‗ra 
maxsus og„irlashtiruvchi holatni
ham keltirishadi. Bunga misol 
tariqasida JKning 104-moddasi uchinchi qismida nazarda tutilgan qilmishlar 
tarkibi xosdir: 
– ikki yoki undan ortiq shaxsga nisbatan; 
– takroran, xavfli retsidivist yoki ilgari ushbu Kodeksning 97-moddasida 
nazarda tutilgan tarzda qasddan odam o‗ldirgan shaxs tomonidan; 
– o‗ta xavfli retsidivist tomonidan; 
– uyushgan guruh a‘zosi tomonidan yoki shu guruh manfaatlarini ko‗zlab 
sodir etilgan bo‗lsa; 
– jabrlanuvchining o‗lishiga sabab bo‗lsa. 
Obyektiv tomon tuzilishiga, ya‘ni qonun chiqaruvchi tomonidan tasvirlov 
usuliga ko‗ra jinoyat tarkiblari 
moddiy

formal
va 
kesik
tarkiblarga bo‗linadi. 

Download 2,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   313




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish