O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TALIM VAZIRLIGI FARG’ONA POLITEXNIKA INSTITUTI ISHLAB CHIQARISHDA BOSHQARUV FAKULTETI IQTISODIYOT TA’LIM YO’NALISHI II BOSQICH 72D-20I GURUX TALABASI Olimjonov Asadbek Muzafaro’glining MIKROIQTISODIYOT FANIDAN TAYYORLARGAN
Farg’ona 2022
Mundarija 1Kirish 2Asosiy qisim
1.O’zbekistonda erkin iqtisodiy hududlarni tashkil etish
2.O’zbekitonda so’nggi yillarda tashkil etilgan erkin iqtisodiy hududlar
3. O’zbekitonda tashkil etilgan kichik sanoat zonalari va ularning xususiyatlari
3.Xulosa 4.Foydalanilgan adabiyotlar ruyxati.
Kirish. O’zbekiton Respublikasining 1996-yil 25-aprelda “Erkin iqtisodiy zonalar to’g’risida”gi Qonuniga binoan Respublika hududida bunday zonalarning uch modeli, yani 1) erkin savdo zonalari; 2) sanoat zonalari; 3) texnologik zonalarni rivojlantirish ko’zda tutilgan. Shunigdek, bugungi kunda respublikamizda EIHlarning boshqa turlari ham tashkil etilishiga erishildi. Amaldagi qonunchilikka muvofiq, O’zbekitondа EIHni tashkil etishda quyidagi hujjatlar taqdim etiladi: 1. EIHni tashkil etish to’g’risida mahalliy hokimiyatning qarori. 2.EIHga beriladigan mavqei, boshqaruv tashkilotlari va rasmiy nomi ko’rsatiluvchi Nizom loyihasi. 3. Mazkur hudud joylashgan hudud chegaralari aniq ko’rsatilgan xaritasi. 4. Tashkil etiluvchi hudud faoliyatining texnik-iqtisodiy asosnomasi. 5. EIHni tashkil etish to’g’risidagi qarorning loyihasi. Mamlakatimizda bugungi kunga kelib erkin hamkorlikda iqtisodiy faoliyat olib borish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Jumladan. xorijiy investorlar uchun xalqaro amaliyotda qabul qilingan, inson huquq va erkinliklari ustuvorligidan kelib chiqadigan huquqiy qoidalar va me‟yorlar yaratildi.
O’zbekitonda EIHlarni tashkil etish g’oyasi o’tgan asr 80 yillari oxirida ko’rib chiqilgandi. Lekin, 1996-yilga kelib 25-aprel sanasida mamlakatda “Erkin iqtisodiy zonalar to’g’risida”gi 220-I Qonun qabul qilindi. Biroq, mazkur qonun asosida 2008-yilda rasman dastlabki “Navoiy” EIH tashkil etildi. 2. O’zbekiton Respublikasining 1996-yil 25-aprelda “Erkin iqtisodiy zonalar to’g’risida”gi Qonuniga binoan Respublika hududida bunday zonalarning uch modeli, yani 1) erkin savdo zonalari; 2) sanoat zonalari; 3) texnologik zonalarni rivojlantirish ko’zda tutilgan. Biroq, hozirda respublikamizda sport sohasi, baliqchilik sohasi, turizm sohasi va agroplisga ixtisoslashgan EIHlar ham tashkil etilib, faoliyat ko’rsatmoqda.
EIIZning muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi uchun hozirda quyidagi omillar mavjud: - turli xomashyo resurslarining mavjudligi va ularni 30%dan kam bo’lmagan mahalliylashtirish darajasida chuqur qayta ishlash imkoniyati; - ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotish bilan bog’liq yirik bozorlarning mavjudligi; - transport infratuzilmasining rivojlanganligi; - katta inson salohiyatining mavjudligi; - hududda yuqori texnologiyalarni jalb etish orqali diversifikatsiyalangan ekologik toza sanoat bazasini shakllantirish imkoniyati. Mazkur hududning rivojlanishi iqtisodiyot rivoji va raqobatbardoshligini oshirishda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Qolaversa, bugungi kunda respublikamizda yana bir qancha EIHlarning tashkil etilganligi ularni rivojlantirishga bo’lgan e‟tiborning yanada ortishiga sabab bo’lmoqda. Bu borada to’plangan tajribani va Toshkent viloyatidagi ishlab chiqarish hamda resurs salohiyatidan foydalanish, Farg’ona vodiysidagi korxonalar bilan barqaror iqtisodiy aloqalarni yo’lga qo’yishning kelajakda muhim ahamiyatga ega ekanini hisobga olgan holda, 2012-yilda “Angren” maxsus industrial zonasini tashkil etish to’g’risida qaror qabul qilingan edi.