Mikroiqtisodiyot fanidan tayyorlargan


O’zbekitonda so’nggi yillarda tashkil etilgan erkin iqtisodiy hududlar



Download 40 Kb.
bet3/7
Sana20.03.2022
Hajmi40 Kb.
#504196
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
72D-20i mik,itisod Olimjonov Asadbek

2. O’zbekitonda so’nggi yillarda tashkil etilgan erkin iqtisodiy hududlar, ularning ahamiyati va xususiyatlari Tashqi bozorlarda talab katta bo’lgan, yuqori qo’shilgan qiymatli raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni ta‟minlaydigan mineral-xomashyo va qishloq xo’jaligi resurslarini chuqur qayta ishlash bo’yicha zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil etishga xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb etish uchun qulay sharoitlarni yaratish, shuningdek, Samarqand, Buxoro, Farg’ona va Xorazm viloyatlarining ishlab chiqarish hamda resurs salohiyatidan kompleks va samarali 347 foydalanish, shu asosda yangi ish o’rinlari tashkil etish hamda aholi daromadlarini oshirish maqsadida O’zbekiton Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-yanvardagi “Urgut”, “G’ijduvon”, “Qo’qon” va “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish to’g’risida”gi PF-4931-sonli Farmoni qabul qilindi. Ushu Farmon asosida Samarqand viloyati Urgut tumanida – “Urgut”, Buxoro viloyati G’ijduvon tumanida – “G’ijduvon”, Farg’ona viloyati Qo’qon shahrida – “Qo’qon”, Xorazm viloyati Hazorasp tumanida – “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etildi. Farmonga ko’ra, quyidagilar “Urgut” EIZ, “G’ijduvon” EIZ, “Qo’qon” EIZ va “Hazorasp” EIZning asosiy vazifalari va faoliyati yo’nalishlari etib belgilandi: - tashqi bozorlarda talab katta bo’lgan va importning o’rnini bosuvchi, yuqori qo’shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish bo’yicha zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil etish uchun xorijiy va mahalliy investorlarning to’g’ridanto’g’ri investitsiyalarini jalb etish; - Samarqand, Buxoro, Farg’ona va Xorazm viloyatlarining ishlab chiqarish va resurs salohiyatlaridan kompleks hamda samarali foydalanishni ta‟minlash; - meva-sabzavot va qishloq xo’jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, saqlash va qadoqlash, to’qimachilik, gilam to’qish, poyabzal va charm-galantereya, ekologik jihatdan xavfsiz kimyo, farmasevtika, oziq-ovqat, elektrotexnika sanoati, mashinasozlik va avtomobilsozlik, qurilish materiallari ishlab chiqarish va boshqa yo’nalishlarda yangi zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil etish; - mahalliy xomashyo va materiallar negizida mustahkam kooperatsiya aloqalarini o’rnatish hamda erkin iqtisodiy zonalar korxonalari o’rtasida va umuman respublikada sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish asosida yuqori texnologiyali mahsulotlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish; - ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni standartlashtirish, sertifikatlashtirish va markirovka qilish bo’yicha xalqaro standartlarga muvofiq ilmiy-ishlab chiqarish markazlari tashkil etish va ularning qarorlari xalqaro darajada e‟tirof etilishini ta‟minlash chora-tadbirlarini ko’rish. Mazkur “Urgut” EIZ, “G’ijduvon” EIZ, “Qo’qon” EIZ va “Hazorasp” EIZning faoliyat ko’rsatish muddati, keyinchalik uni uzaytirish imkoniyati bilan 30 yilni tashkil qiladi hamda faoliyat ko’rsatish muddati mobaynida “Urgut” EIZ, “G’ijduvon” EIZ, “Qo’qon” EIZ va “Hazorasp” EIZ hududlarida alohida soliq, bojxona va valyuta rejimi amal qiladi. Shuningdek, respublikamizning farmasevtika tarmog’ini rivojlantirishga yo’naltirilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirishga xorijiy va mahalliy investitsiyalarni faol jalb etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, dorivor o’simliklar xomashyosini yetishtirishning noyob sharoitlarini inobatga olgan holda mahalliy dorivor vositalar bozorini o’zimizda ishlab chiqarilgan yuqori sifatli dori vositalari bilan to’ldirish, ularni chuqur qayta ishlash hamda yuqori qo’shilgan qiymatli farmasevtika mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish, shuningdek, Qoraqalpog’iston Respublikasi, Jizzax, Namangan, Sirdaryo, Surxondaryo hamda Toshkent viloyatlarining ishlab chiqarish va resurs salohiyatidan kompleks hamda samarali foydalanish asosida yangi ish o’rinlarini yaratish va respublikamiz aholisi daromadlarini oshirish maqsadida O’zbekiton Respublikasi Prezidentining 2017-yil 348 3-maydagi “Nukus-farm”, “Zomin-farm”, “Kosonsoy-farm”, “Sirdaryo-farm”, “Boysun-farm”, “Bo’stonliq-farm” va “Parkent-farm” erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish to’g’risida”gi PF-5032-sonli Farmoni qabul qilindi. Farmon asosida Qoraqalpog’iston Respublikasi, Jizzax, Namangan, Sirdaryo, Surxondaryo hamda Toshkent viloyatlarida “Nukus-farm”, “Zomin-farm”, “Kosonsoy-farm”, “Sirdaryo-farm”, “Boysun-farm”, “Bo’stonliq-farm” va “Parkentfarm” erkin iqtisodiy zonalari tashkil etildi hamda ushbu EIZlarning asosiy vazifalari va faoliyat yo’nalishlari etib belgilab berildi: - dorivor o’simliklar xomashyosini o’ziga xos tabiiy sharoitlarda etishtirish va keyinchalik qayta ishlash borasida Qoraqalpog’iston Respublikasi, Jizzax, Namangan, Sirdaryo, Surxondaryo hamda Toshkent viloyatlarining ishlab chiqarish va resurs salohiyatlaridan kompleks hamda samarali foydalanishni ta‟minlash; - yuqori qo’shilgan qiymatli zamonaviy farmasevtika mahsulotlari va dori vositalarini ishlab chiqarishni, birinchi navbatda, belgilangan tartibda tashkil etilgan plantatsiyalarda etishtirilgan dorivor moddalar (substantsiyalar) hamda dorivor o’simliklar xomashyosi negizida tashkil etish uchun xorijiy va mahalliy investorlarning to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalarini jalb etish; - dorivor o’simliklar xomashyosini qayta ishlash va dori vositalari, tibbiyot buyumlari, yordamchi va qadoqlash materiallari ishlab chiqarish bo’yicha yangi zamonaviy ishlab chiqarish va quvvatlarni tashkil etish; - mustahkam kooperatsiya aloqalarini o’rnatish va erkin iqtisodiy zonalar tashkilotlari hamda respublikamizning boshqa korxonalari o’rtasida sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish asosida mahalliy dorivor o’simliklar xomashyosi va materiallari negizida farmasevtika mahsulotlari ishlab chiqarishni mahalliylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish; - dorivor o’simliklar xomashyosi introduktsiya va kultivatsiyasini o’rganish bo’yicha tajriba-eksperimental laboratoriyalari bo’lgan ilmiy-tadqiqot markazlari tashkil etish. Mazkur EIHlarning faoliyat ko’rsatish muddati, keyinchalik uzaytirish imkoniyati bilan 30 yilni tashkil qiladi hamda faoliyat ko’rsatish muddati mobaynida “Nukus-farm”, “Zomin-farm”, “Kosonsoy-farm”, “Sirdaryo-farm”, “Boysun-farm”, “Bo’stonliq-farm” va “Parkent-farm” EIZ hududlarida alohida soliq, bojxona va valyuta rejimlari amal qiladi. Shuningdek: - Toshkent viloyatining turistik salohiyatini yanada rivojlantirish hamda undan foydalanish samaradorligini oshirish, hududga xorijiy va mahalliy turistlarni keng jalb qilish uchun qulay sharoitlar yaratish, zamonaviy infratuzilmani jadal rivojlantirishni ta‟minlash, ko’rsatilayotgan turistik, mehmonxona va transport xizmatlarini kengaytirish va sifatini oshirish maqsadida O’zbekiton Respublikasi Prezidentining 2017-yil 5-dekabrdagi “Chorvoq” erkin turistik zonasini tashkil etish to’g’risida”gi Farmoni; - poytaxt viloyatida dunyoning ilg’or ishlab chiqaruvchilari jalb etilgan holda sport kiyimlari, inventar va uskunalarni ishlab chiqarish bo’yicha zamonaviy korxonalar faoliyatini yo’lga qo’yish uchun “Sport” erkin iqtisodiy zonasini tashkil 349 etishni nazarda tutgan O’zbekiton Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-martdagi “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-5368-sonli Farmoni va ushbu Farmon ijrosini ta‟minlash maqsadida O’zbekiton Respublikasi Prezidentining 2018- yil 5-martdagi “O’zbekiton Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi faoliyatini tashkil etish to’g’risida”gi PQ-3583-sonli Qarori; - baliqchilik tarmog’ini yanada rivojlantirish uchun sharoitlar yaratish, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish, ilmiy-innovatsion tadqiqotlar va ishlanmalar sifatini oshirish, ularning natijalarini amaliyotga keng joriy etish maqsadida O’zbekiton Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-apreldagi “Baliqchilik tarmog’ini jadal rivojlantirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-3657-sonli Qarori asosida Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumani hokimligiga sud qarori bilan berilgan mol-mulk va er uchastkalari, shu jumladan, suv havzalari negizida “Baliq ishlab chiqaruvchi” erkin iqtisodiy zonasi tashkil etildi; - Sirdaryo viloyatining ishlab chiqarish va resurs salohiyatidan kompleks hamda oqilona foydalanishini ta‟minlash, shu asnoda yangi ish o’rinlari tashkil etish va mahalliy aholining daromadlarini oshirish maqsadida “Jizzax” EIZ Sirdaryo viloyati, Sirdaryo tumanidagi filiali va Sirdaryo viloyatining Yangier shahridagi kichik sanoat zonasi negizida “Sirdaryo” EIZni tashkil etish bo’yicha O’zbekiton Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-apreldagi “Sirdaryo” erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-5412-sonli Farmoni; - Tashqi bozorlarda talab katta bo’lgan, yuqori qo’shilgan qiymatli raqobatbardosh mahsulotlar etishtirishni ta‟minlaydigan zamonaviy issiqxona xo’jaliklarini tashkil etishga xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb etish uchun qulay sharoitlarni shakllantirish, shuningdek, Buxoro viloyatining ishlab chiqarish hamda resurs salohiyatidan kompleks va samarali foydalanish, shu asosda yangi ish o’rinlari tashkil etish hamda aholi daromadlarini oshirish maqsadida: O’zbekiton Respublikasi Prezidentining 2018-yil 10-iyuldagi “Buxoro-Agro” erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3843-sonli Qarori; - Namangan viloyatining ishlab chiqarish va resurs salohiyatini kompleks rivojlantirish, mineral-xomashyo va qishloq xo’jaligi resurslarini chuqur qayta ishlash bo’yicha yuqori texnologik va eksportbop mahsulot ishlab chiqarishlarni tashkil etishga to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalarni jalb qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish xamda shu asosda viloyatning, birinchi navbatda, Markaziy Osiyo mamlakatlarining chegaradosh hududlari bilan eksport salohiyatini oshirish, yangi ish o’rinlari tashkil etish xamda hudud aholisi farovonligini oshirish maqsadida O’zbekiton Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-avgustdagi “Namangan” erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish to’g’risida”gi PF-5517-sonli Farmoni qabul qilindi. Shuningdek, O’zbekiton Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-yanvardagi “Andijon-farm” erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish to’g’risida”gi Farmoni asosida Andijon viloyatining Andijon tumanida “Andijon-farm” erkin iqtisodiy zonasi tashkil etildi. Ushbu EIH faoliyati 30 yilga tuzilgan bo’lib, unga alohida soliq va bojxona tartiblari amal qiladi. Ushbu EIHning asosiy vazifalari va faoliyat yo’nalishlari quyidagilar hisoblanadi: 350 - yuqori qo’shilgan qiymatli, shu jumladan, “in-bulk” shaklida farmasevtika mahsulotlari va dori vositalarini ishlab chiqaruvchi zamonaviy korxonalarni tashkil etish uchun, eng avvalo, Hindiston Respublikasi yetakchi kompaniyalarining to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalari va ilg’or texnologiyalarini jalb etish; - dorivor o’simliklar xomashyosini qayta ishlash va tayyor dori vositalari, tibbiyot buyumlari, tibbiy texnikalar, yordamchi va qadoqlash materiallari ishlab chiqarish bo’yicha yangi zamonaviy ishlab chiqarish va quvvatlarni tashkil etish; - dorivor o’simliklar xomashyosini o’ziga xos tabiiy sharoitlarda etishtirish va keyinchalik qayta ishlash borasida Andijon viloyatining ishlab chiqarish va resurs salohiyatidan kompleks hamda samarali foydalanishni ta‟minlash; - erkin iqtisodiy zonalar tashkilotlari hamda respublikamizning boshqa korxonalari o’rtasida mustahkam kooperatsiya aloqalarini o’rnatish va sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish orqali mahalliy dorivor o’simliklar xomashyosi va materiallari negizida farmasevtika mahsulotlari ishlab chiqarishni mahalliylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish; - “Andijon-farm” EIZ hududida muhandislik-kommunikatsiya, yo’l-transport va ijtimoiy infratuzilmani jadal rivojlantirish, shuningdek, uning hududida sifatli logistika xizmatlari ko’rsatish bo’yicha zamonaviy infratuzilmani shakllantirish; - “Andijon-farm” EIZning soha kadrlariga bo’lgan joriy va istiqboldagi ehtiyojlaridan kelib chiqib, yuqori malakali mutaxassislarni, shu jumladan, ularning “Andijon-farm” EIZ hududida joylashgan korxonalarda ishlab chiqarish amaliyotini o’tashini tashkil etish orqali tayyorlashda qatnashish. Natijada bugungi kunga kelib mamlakatimizda tashkil etilgan EIHlar sekin-asta o’z samarasini bera boshladi. Ularda amalga oshirilayotgan staralegik ahamiyatga molik invetitsiya loyihalari esa yaqin vaqtlar ichida EIHlarning to’liq samarasini ko’rsatishda o’z ahamiyatini ko’rsatadilar. Tayanch iboralar: Erkin iqtisodiy hududlar, xomashyo, raqobat, investor, samara, tarmoq, investitsiya, soliq, bojxona, valyuta, eksport. Mazkur paragraf bo’yicha umumiy xulosalar: 1. O’zbekitonda so’nggi yillarda EIHlarni tashkil etish va rivojlantirishga alohida e‟tibor qaratib kelinmoqda. Buning natijasida Davlat investitsiya dasturida ularni rivojlantirishga qaratilgan strategik ahmiyatga molik investitsiya loyihalarini amalga oshirishga alohida o’rin ajratilmoqda. Tashkil etilgan EIHlar viloyat, shahar va tumanlarning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli, imkoniyatlari va salohiyatlarini hisobga olgan holda tegishli me‟yoriy hujjatlar asosida yaratildi va ularning har birining maqsad va faoliyat yo’nalishlari belgilab berildi. 2. O’zbekitonda EIHlarga faoliyat muddatlari, imtiyozlari belgilab berilgan bo’lib, ular faoliyatini boshqarishda Ma‟muriy kengash va direksiyalar faoliyatini muvofiqlashtirildi hamda takomillashtirildi. O’z navbtida, ularning huquq va vakolatlari kengaytirilishi bilan birga, javobgarliklari yanada kuchaytirildi. Bu EIHlar rivojida muhim omildir. 3. Bugungi kunda O’zbekitonda turli yo’nalishdagi EIHlar faoliyati yo’lga 351 qo’yilgan bo’lib, ular respublikamizning mavjud 14 ta hududining 12 tasida tashkil etildi. EIHlarnig eng ko’pi Toshkent viloyatida tashkil etilgan bo’lib, unda bugungi kunda 6 ta EIH faoliyat ko’rsatmoqda

Download 40 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish