Kompyuterning programma ta’minoti
1. Оperatsion sistemalar
1.1. DOS
1.2. WINDOWS XP
1.3. WINDOWS NT
1.4. UNIX
1.5. Mac OS
2. Programmalashtirish tillari
2.1. BASIC
2.2. PASCAL
2.3. C++
2.4. Delphi
3. Amaliy programmalar
3.1. Тekst protsessorlari
3.1.1. WORD PAD
3.1.2. WORD
3.1.3. WORD PERFECT
3.2. Elektron jadvallar
3.2.1. EXСEL
3.2.2. LOTUS
3.2.3. QUATROPRO
3.3. Ma’lumotlar bazasining boshqaruv tizimi
3.3.1. FOXPROX
3.3.2. ACCESS
3.3.3. ORACLE
Metodik ko‘rsarma
Ko‘p pog’onali ro‘yxat yaratish uchun, ro‘yxatning birinchi qatorini yozing va uni markerlang.”Главная>Список>/Многоуровневый” buyrug’ini bering va dialog oynasida ro‘yxatning turi, hamda kerakli nomerlashni tanlang. Kursorni birinchi qatorni oxiriga keltirib qo‘yib, “Enter” klavishini bosing. Tanlangan belgi bo‘yicha ro‘yxat elementlar kiritish davom etaveradi. Royxatning ichkariga kirish darajasini orttirish uchun Tab klavishi bosiladi. Kamaytirish uchun esa – Shift+Tab tugmachasi bosiladi.
2 topshiriq. Matnni formarlash
Quyidagi shaklda hujjat tayyorlang:
Matnni formarlash
Bu vazifa Sharqshunoslik universiteting
1 -kurs talabalariga mo‘ljallangan
Bu matn quyidagi varoq chegaralari bilan terilishi lozim, ya’ni yuqori, quyi va chap tomonlari 1,6 sm, o‘ng tomoni esa 1,3 sm bo‘lishi kerak. Sarlavha 16 o‘lchamidagi qalin (jirniy) Times New Roman shrifti bilan yozilishi kerak. Ikkinchi sarlavha esa 10 o‘lchamli Arial shriftida yozilgan bo‘lib, varoqning chap tomonidan 9,8 sm masofada tekislangan.
Birinchi abzats 14 shriftda terilgan bo‘lib, eni bo‘ylab tekislangan va abzats masofasi 0,9 smga teng. Birinchi abzats matni Times New Roman shriftida terilishi lozim, lekin shu abzatsning oxirgi beshta so‘zi esa Arial shriftida yozilgan bo‘lishi shart.
Matnimizning ikkinchi abzatsi o‘ng tomon bo‘ylab belgilanib, 13 o‘lchamda bo‘lishi kerak. Bu abzatsda har bir juft so‘zni og‘ma (kursiv) shaklda yozish muhim.
Uchinchi abzats 14 shriftda terilishi kerak bo‘lib, uning ichiga 3 ta yurakcha belgisini qo‘yish lozim. Ular qizil rangda bo‘lib, o‘lchamlari 10, 12 va 14 bo‘lishi kerak. So‘ng quyidagi belgilarni qo‘yish shart:
To‘rtinchi abzats suvning H2O kimyoviy formulasini o‘z ichiga olishi lozim. Bu abzatsda shuningdek, ko‘rsatkichli simvollarni ham kiritish muhimdir, masalan, x4+x2.
Beshinchi abzats o‘z ichiga ro‘yxatlarni qamrab olsin. U quyidagi punktlardan iborat:
har bir punktning belgilanishi, bo‘yalgan kvadrat shaklda bo‘lishi kerak;
ikkinchi punktda formula joylashgan: ;
ro‘yxatning har bir punkti Times New Roman da yozilgan;
ro‘yxat tartiblangan bo‘lishi kerak emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |