21.1. Tibbiy yo„sindagi majburlov choralari tushunchasi va jinoyat-huquqiy tavsifi JKning 18-moddasida ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni aqli raso
deb topish asoslari keltirilgan. Unga ko‗ra jinoyat sodir etish vaqtida o‗z
qilmishining ijtimoiy xavfli xususiyatini anglagan va o‗z harakatlarini boshqara
olgan shaxs aqli raso hisoblanadi. Biroq ijtimoiy xavfli qilmish sodir etish vaqtida
surunkali ruhiy kasalligi, ruhiy holati vaqtincha buzilganligi, aqli zaifligi yoki
boshqa tarzdagi ruhiy kasalligi sababli aqli noraso holatda bo‗lgan hamda o‗z
harakatlarining ahamiyatini anglay olmagan yoki harakatlarini boshqara olmagan
shaxs sud tomonidan aqli noraso shaxs deb topiladi.
Oldingi boblarda so‗z yuritilganidek, aqli raso shaxs ijtimoiy xavfli qilmish
sodir etish paytida o‗zining qilmishi xususiyatini va xavfliligini anglaydi hamda
ularni boshqara oladi.
Aksincha, shaxsning ijtimoiy xavfli qilmish sodir etish paytida o‗zining
qilmishi xususiyatini va xavfliligini anglamaydigan hamda ularni boshqara
olmaydigan shaxs aqli noraso shaxs sifatida e‘tirof etiladi.
Shaxsni aqli noraso deb topishda yuridik va tibbiy mezon muhim
ahamiyatga ega. Bunda shaxsning ijtimoiy xavfli qilmish sodir etish paytida