241
Voyaga yetmagan shaxsga nisbatan jazoni o‗tash muddatidan ilgari shartli
ozod qilish – mahkumni tuzalishi uchun muhim omil bo‗lib, ijobiy tarbiyaviy ta‘sir
etadi, jazoni ijro etish muassasalarida tartib va tarbiyani ta‘minlashning muhim
vositasi. Sud hukmi bilan tayinlangan jazo muddatidan oldinroq ozod bo‗lish
mumkinligini bilish, mahkumning muddatidan oldin normal ijtimoiy hayotga va
oilaga qaytishni istashi jazoning tarbiyaviy ta‘sirini kuchaytiradi.
Voyaga yetmagan shaxsga nisbatan jazoni o‗tashdan
muddatidan ilgari
shartli ravishda ozod qilish tartibini qo‗llashning quyidagi shartlari mavjud:
-
jinoyat shaxs o‗n sakkiz yoshga to‗lmasdan oldin sodir etilishi;
-
sodir etilgan jinoyat uchun ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoga
hukm qilinganligi;
-
sodir etilgan jinoyat uchun ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoga hukm
qilinganligi;
-
sodir etilgan jinoyat uchun axloq tuzatish ishlari tariqasidagi jazoga hukm
qilinganligi.
Jinoyat kodeksining 89-moddasiga muvofiq jazoni o‗tashdan
muddatidan
ilgari shartli ravishda ozod qilish ozodlikdan mahrum qilish, ozodlikni cheklash
yoki axloq tuzatish ishlari tariqasidagi jazo turlari uchun belgilangan tartib-qoida
talablarini bajargan mehnat va o‗qishga halol munosabatda bo‗lgan mahkumga
nisbatan qo‗llanilishi belgilangan.
Jinoyat kodeksining 89-moddasiga muvofiq quyidagi asoslar mavjud
bo‗lganda voyaga yetmagan shaxsga nisbatan jazoni o‗tashdan muddatidan ilgari
shartli ravishda ozod qilish qo‗llaniladi:
1.
Ijtimoiy xavfi katta bo‗lmagan yoki uncha og‗ir bo‗lmagan jinoyat
uchun tayinlangan jazo muddatining kamida to‗rtdan bir qismi;
2.
Og‗ir jinoyat uchun tayinlangan jazo muddatining kamida uchdan bir
qismini haqiqatda o‗tab bo‗lganidan keyin;
3.
O‗ta og‗ir jinoyat uchun, shuningdek qasddan sodir etgan jinoyati
uchun, agar shaxs ilgari qasddan sodir etilgan jinoyat uchun ozodlikdan mahrum
etishga hukm qilingan bo‗lsa, tayinlangan jazo
muddatining kamida yarmini
haqiqatda o‗tab bo‗lganidan keyin.
Jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish qo‗llanilgan shaxs
jazoning o‗talmagan qismi mobaynida qasddan yangi jinoyat sodir etsa, sud unga
nisbatan bir necha hukm yuzasidan jazo tayinlaydi.
Voyaga yetmagan shaxslarni jinoiy jazodan ozod qilishning yana bir shakli
bu jazoni yengilrog‗i bilan almashtirish hisoblanadi. Jinoyat kodeksining
90-moddasiga ko‗ra
o‗n sakkiz yoshga to‗lguncha sodir etgan jinoyati uchun
ozodlikdan mahrum qilish, ozodlikni cheklash yoki
axloq tuzatish ishiga hukm
qilingan shaxsga nisbatan jazoning o‗talmagan qismi yengilroq jazo bilan
almashtirilishi mumkin.
Ta‘kidlash kerakki, voyaga yetmagan shaxsni jinoiy jazodan ozod qilishda
jazoni yengilrog‗i bilan almashtirish ozodlikdan mahrum qilish, ozodlikni cheklash
yoki axloq tuzatish ishi tariqasidagi jinoiy jazo turlari uchun belgilangan tartib-
242
qoida talablarini bajargan hamda mehnat yoki o‗qishga halol munosabatda bo‗lib
kelayotgan mahkumga nisbatan qo‗llaniladi.
Shuningdek, voyaga yetmagan shaxsga nisbatan jazoning o‗talmagan
qismini yengilrog‗i bilan almashtirish:
- ijtimoiy xavfi katta bo‗lmagan yoki uncha og‗ir bo‗lmagan jinoyat uchun
tayinlangan jazo muddatining kamida beshdan bir qismi;
- og‗ir jinoyat uchun tayinlangan jazo muddatining kamida to‗rtdan bir
qismi;
- o‗ta og‗ir jinoyat uchun, shuningdek qasddan sodir etgan jinoyati uchun,
agar shaxs ilgari qasddan sodir etilgan jinoyat uchun ozodlikdan mahrum etishga
hukm qilingan bo‗lsa, tayinlangan jazo muddatining kamida uchdan bir qismini
o‗tab bo‗linganidan keyin amalga oshirilishi mumkin.
Ozodlikdan mahrum qilish yoki ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoning
o‗talmagan qismi axloq tuzatish ishlari bilan almashtirilganda axloq tuzatish ishlari
ozodlikdan mahrum qilish yoki ozodlikni cheklash jazosining o‗talmagan
qismi
muddatiga tayinlanadi.
Jinoyat kodeksining 90-moddasiga ko‗ra jazo yengilrog‗i bilan
almashtirilgan shaxslarga nisbatan yengilroq jazoning tegishli qismi o‗tab
bo‗linganidan keyin jazoni o‗tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish
qoidasiga muvofiq voyaga yetmagan shaxsga nisbatan jazodan muddatidan ilgari
shartli ravishda ozod qilish qo‗llanilishi mumkin.
Jazo yengilrog‗i bilan almashtirilgan shaxs jazoning o‗talmagan qismi
mobaynida qasddan yangi jinoyat sodir etsa, sud unga nisbatan bir necha hukm
yuzasidan jazo tayinlash qoidasiga muvofiq jazo tayinlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: