246
Jinoyat
kodeksining
91-moddasida
tibbiy yo‗sindagi
majburlov
choralarining maqsadlari belgilangan. Unga ko‗ra tibbiy yo‗sindagi majburlov
choralari ruhiy kasallik holatida ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxslarga
nisbatan ularni davolash va ularning yangi ijtimoiy xavfli harakatlar sodir
etishining oldini olish maqsadida tayinlanishi mumkin.
Bundan tashqari sud
jazolash bilan bir qatorda alkogolizm, giyohvandlik yoki zaharvandlik kasalligiga
yo‗liqqan shaxslarga nisbatan davolash hamda jazolash maqsadiga erishishga
ko‗maklashuvchi sharoit yaratish uchun tibbiy yo‗sindagi
majburlov choralarini
tayinlashi mumkin.
Shu o‗rinda qayd etish lozimki, O‗zbekiston Respublikasining
―Huquqbuzarliklarni
profilaktika
qilish
to‗g‗risida‖gi
Qonunining
40-moddasida shaxsni majburiy davolanishga yuborish tartibi o‗rnatilgan. Unga
ko‗ra
,
surunkali alkogolizm, giyohvandlik yoki zaharvandlikka
chalingan shaxs
tomonidan jamoat tartibi, boshqa shaxslarning huquqlari buzilgan yoxud u
aholining xavfsizligi , sog‗lig‗i va jamiyatning axloqiga
tahdid solgan taqdirda
ichki ishlar organlari O‗zbekiston Respublikasining ―Surunkali alkogolizm,
giyohvandlik yoki zaharvandlikka mubtalo bo‗lgan bemorlarni majburiy davolash
to‗g‗risida‖gi Qonuniga va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq uni majburiy
davolanishga yuborish bo‗yicha chora-tadbirlarni ko‗rishi lozim.
Tibbiy yo‗sindagi majburlov choralari qo‗llashning
umumiy asoslari
quyidagilarda ifodalanadi:
-
ijtimoiy xavfli qilmishning aqli norasolik holatida sodir etilganligi;
-
hukm chiqarilgunga qadar ruhiy kasallikka chalinganligi oqibatida o‗z
harakatlarining ahamiyatini anglamaslik va o‗z harakatlarini boshqara olmaslik
holati;
-
jazoni o‗tash vaqtida ruhiy kasallikka chalinganligi oqibatida o‗z
harakatlarining ahamiyatini anglamaslik va o‗z harakatlarini boshqara olmaslik
holati;
-
shaxsning ruhiy holati va u sodir etgan qilmishning xususiyatiga ko‗ra
jamiyat uchun xavfli deb topilishi.
Tibbiy yo‗sindagi majburlov choralari jinoyat-huquqiy ta‘sir chorasi
sifatida ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan va ruhiy kasallikka chalingan shaxslarga
nisbatan davlat
majburlov chorasi hisoblanib, mazkur majburlov choralarini
qo‗llashning asosi shaxs u tomonidan sodir etilgan qilmishning xususiyati va
o‗zining kasallik holatiga ko‗ra jamiyat uchun xavfli ekanligida namoyon bo‗ladi.
O‗zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 2014-yil 23-maydagi
7-sonli ―Sud hukmi to‗g‗risida‖gi qarori 11-bandining to‗rtinchi xatboshisida
tibbiy yo‗sindagi majburlov choralarini qo‗llashning asosi keltirilgan. Unga ko‗ra
tibbiy yo‗sindagi majburlov choralari ekspertning
tegishli xulosasi mavjud
bo‗lgandagina qo‗llanilishi mumkin.
Yuqoridagilardan xulosa qilib aytganda tibbiy yo‗sindagi majburlov
choralarini qo‗llash jinoyat sodir etish paytida aqli noraso ijtimoiy xavfli qilmishni
sodir etish vaqtida aqli noraso holatda bo‗lgan, ya‘ni surunkali ruhiy kasalligi,
ruhiy holati vaqtincha buzilganligi, aqli zaifligi
yoki boshqa tarzdagi ruhiy
247
kasalligi sababli o‗z harakatlarining ahamiyatini anglay olmagan yoki harakatlarini
boshqara olmagan shaxslarga nisbatan tayinlanadi.
Shunga ko‗ra tibbiy yo‗sindagi majburlov choralarini qo‗llashdan quyidagi
Do'stlaringiz bilan baham: