Toshkent davlat yuridik universiteti jinoyat huquqi


 Javobgarlikka tortish muddatining o„tib ketganligi munosabati bilan



Download 2,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet227/313
Sana01.02.2022
Hajmi2,29 Mb.
#422858
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   313
Bog'liq
№8. Jinoyat huquqi

16.2. Javobgarlikka tortish muddatining o„tib ketganligi munosabati bilan 
javobgarlikdan ozod qilish 
Qilmishning jinoiyligi va jazoga sazovorligi ana shu qilmish sodir etilgan 
vaqtda amalda bo‗lgan qonun bilan belgilanadi. Jinoyat sodir etilgan paytdan 
boshlab jinoyat qonunida belgilangan muddatlar o‗ta boshlaydi. Javobgarlikka 
tortish muddatining o‗tishi bu – jinoyat qonunida aniq belgilab qo‗yilgan 
muddatlar bo‗lib, ushbu muddatlarning o‗tishi shaxsni javobgarlikdan ozod qilish 
uchun asos bo‗ladi.
Javobgarlikka tortish muddatining o‗tib ketganligi munosabati bilan 
javobgarlikdan ozod qilish insonparvarlik tamoyilining ifodasi bo‗lib, Jinoyat 
kodeksida javobgarlikka tortishning aniq muddatlari belgilab qo‗yilgan. Jinoyat 
sodir qilgan shaxs doimo jinoiy ta‘qib ostida yashashi insonparvarlik tamoyiligi zid 
bo‗lib, jinoyat qonunining vazifalariga mutlaqo mos kelmaydi. Qolaversa, 
javobgarlikka tortish muddatlarining belgilanmasligi jinoiy ta‘qibni noaniq 
muddatga davom ettirishga olib kelishi bilan birga o‗zida jinoyat sodir etgan 
shaxsdan o‗ch olish maqsadi saqlab qolinganligini anglatadi. Bu esa jazoning 
maqsadiga zid bo‗lgan holat hisoblanadi. 
Javobgarlikka tortish muddatining qo‗llanilmasligi jinoyat ishini yuritishga 
oid protsessual harakatlarni amalga oshirish bilan bog‗liq muammolarni ham 
keltirib chiqaradi. Muddatlarning o‗tishi qilmishning ijtimoiy xavflilik ahamiyatini 
kamaytirib, jinoyat sodir etgan shaxsning ayblilik masalasini aniqlashda dalillar 
bazasiga salbiy ta‘sir ko‗rsatadi. Jumladan, guvoh ko‗rsatmalarini to‗liq eslay 
olmasligi, ashyoviy dalillarni buzilishi yoki yo‗q bo‗lib ketish xAfvi mavjudligi, 
ekspert tekshiruvi uchun namunalar olishda vujudga keladigan muammolarning 
mavjudligi va boshqalar. O‗tkazib yuborilgan vaqt mezoni jinoyat ishi yuzasidan 
to‗liq va har tomonlama tergov harakatlarini olib borish, shuningdek jinoyat sodir 
qilishda gumonlanayotgan yoki ayblanayotgan shaxsni hamda sudlanuvchining 
aybini inkor qilib bo‗lmas maqbul dalillar bilan isbotlashda jiddiy muammolarni 
keltirib chiqaradi. Mazkur muammolar kriminalistika yoki jinoyat-protsessual 
huquqiga oid muammolar bo‗lib qolmasdan, ularni hal qilish uchun sohalararo 
yechim topish lozim bo‗ladi. Shu sababli oqilona muddatlarni belgilanishi hamda 
ushbu muddatlarning o‗tishi javobgarlikdan ozod qilish uchun asos sifatida jinoyat 
qonunda belgilanishi maqsadga muvofiqdir.


174 
Javobgarlikka tortish muddatining o‗tib ketganligi munosabati bilan 
javobgarlikdan ozod qilish institutining qo‗llanilishi zaruratini quyidagi klassik 
misolda ko‗rishimiz mumkin. 
1922-yilda chekka qishloq hududidagi dehqon uyiga qurollangan to„rt nafar 
jinoyatchi bostirib kirib, dehqon va uni turmush o„rtog„ini o„ldirib mol-mulkini 
talon-taroj qiladi, baxtli tasodif tufayli dehqonning o„g„li uyda bo„la turib omon 
qoladi va jinoyatchilarning barcha harakatlarini guvohi bo„ladi. Jinoyatchilar 
qo„shni qishloqda yashovchi yosh yigitlar bo„ladi. Jinoyatchilarning uch nafari 
ushlanib jazolanadi, ammo bir nafari qochib yashirinadi. Oradan ancha vaqt 
o„tib, yashirinib qolgan jinoyatchi aniqlanadi, ammo bu vaqtga kelib u tibbiyot 
sohasining yetuk mutaxassisi bo„lib yetishib, fan doktori, professorlik unvonlari 
sohibi, minglab insonlarni hayotini saqlab qogan mashhur shifokor bo„ladi.
Ushbu misolda vaqt o‗tishi bilan jinoyat sodir etgan shaxsning xulqi, muhit 
o‗zgarganligi, jinoyatning ijtimoiy xavflilik xususiyati kamayganligi ko‗rsatib 
o‗tilgan. Bunday vaziyatda shifokorga nisbatan javobgarlikni qo‗llanilishi 
insonparvarlik va odillik prinsiplari mazmuniga mos kelmaydi.

Download 2,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   313




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish