175
amal qilishiga oid qoidalarga (JK 13-moddasiga) muvofiq aniqlanadi. Uzoqqa
cho‗zilgan jinoyatlarda jinoiy qilmish to‗xtatilgan vaqt jinoyat sodir etish vaqti deb
tan olinadi. Davomli jinoyatlarda oxirgi jinoiy harakat
sodir qilingan vaqtdan
boshlab hisoblanadi. Muddatlarni hisoblashda protsessual qoidalarga amal qilib,
jinoyat sodir qilingan kunning tungi soat 24.00 dan boshlab hisoblanadi. Misol
uchun jinoyat 2018-yil 10-yanvar kuni soat 15.00da sodir etilgan bo‗lsa,
muddatlarni o‗tishi 2018-yil 11-yanvar kuni soat 00.01 dan boshlab hisoblanadi.
O‗zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 64-moddasining birinchi qismida
nazarda tutilgan muddatlar o‗tishining qonunda belgilangan
shartlar bor va ular
quyidagicha:
1) agar jinoyat sodir etgan va jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxs tergovdan
yoki suddan yashirinsa, muddatining o‗tishi to‗xtatiladi. Aybdor ushlangan yoki
aybini bo‗yniga olib arz qilgan kundan boshlab muddatining o‗tishi
yangidan
tiklanadi. Bunda oldin tergov yoki suddan yashiringunga qadar qancha vaqt
o‗tganligining ahamiyati yo‗q, Jinoyat kodeksi 64-moddasining birinchi qismida
nazarda tutilgan muddat yangidan boshlanadi;
2) agar og‗ir yoki o‗ta og‗ir jinoyat sodir etgan shaxs Jinoyat kodeksining
64-moddasida nazarda tutilgan muddatlar o‗tmasdan
qasddan yangi jinoyat sodir
etsa, muddatining o‗tishi uziladi. Bunday holda javobgarlikka tortish muddatlari
oldingi jinoyati uchun ham yangi jinoyat sodir etgan kundan boshlab hisoblanadi.
Agar shaxs javobgarlikka tortish muddatlari o‗tmasdan yangi jinoyat sodir etsa, bu
muddatlar har bir jinoyat uchun alohida hisoblanadi.
Agar ijtimoiy xavfi katta bo‗lmagan yoki uncha og‗ir bo‗lmagan jinoyat sodir
etilgan kundan boshlab o‗n yil, og‗ir yoki o‗ta og‗ir jinoyat sodir etilgan kundan
boshlab yigirma besh yil o‗tgan bo‗lsa, shaxs javobgarlikka tortilishi mumkin
emas.
Sodir etilgan jinoyat uchun Jinoyat kodeksi Maxsus qismining moddasida
umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi nazarda tutilgan bo‗lsa,
javogarlikka tortish muddatlarini qo‗llash masalasi sud tomonidan hal qilinadi.
Agar sud javobgarlikka tortish muddatini qo‗llashni
lozim topmasa, umrbod
ozodlikdan mahrum qilish jazosi o‗rniga ozodlikdan mahrum qilish jazosini
tayinlaydi.
Jinoyat kodeksi 64-moddasida nazarda tutilgan muddatlar Jinoyat kodeksning
150–157-moddalarida, 158-moddasining birinchi qismida, 159-moddasining
uchinchi va to‗rtinchi
qismlarida, 160, 161 va 244
2
-moddalarida nazarda tutilgan
jinoyatlarni sodir etgan shaxslarga nisbatan qo‗llanilmaydi.
Javobgarlikka tortish muddatlarining o‗tib ketganligi munosabati bilan
javobgarlikdan ozod qilish masalasi dastlabki tergov bosqichida surishtiruvchi,
tergovchi, prokuror tomonidan shaxsni jinoyat sodir etishda aybliligi to‗g‗risidagi
masalani hal qilmasdan jinoyat ishini tugatish to‗g‗risidagi qaror asosida tugatiladi.
Javobgarlikka tortish muddati jinoyat ishi sudda ko‗rilayotgan vaqtda o‗tib ketgan
bo‗lsa, jinoyat ishi sud tomonidan ajrim bilan tugatiladi.
Agar gumon qilinuvchi,
ayblanuvchi yoki sudlanuvchi javobgarlikka tortish muddatining o‗tib ketganligi
munosabati bilan jinoyat ishini tugatilishiga e‘tiroz bildirsa yoki o‗zini aybsiz deb
176
hisoblasa, shaxs JKning 64-moddasi qoidalari asosida javobgarlikdan ozod
qilinmaydi, bunday holda jinoyat ishi tugatilmaydi, jinoyat
ishi umumiy tartibda
ko‗rib chiqilib, shaxsning aybdorlik masalasi hal qilinib, shaxs aybdor deb topilsa
unga nisbatan jazodan ozod qilish instituti qo‗llaniladi, agar shaxs aybi
isbotlanmasa u reabilitatsiya qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: