O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
QARSHI FILIALI
“ KI ” FAKULTETI
3 – BOSQICH ATS-11-19 GURUH TALABASINING
ZAMONAVIY IQTISODIYOT
FANIDAN TAYYORLAGAN
2-Mustaqil ishi
Bajardi: Bebutov J .
Qabul qildi: Ubaydullayev G’.
QARSHI – 2021
Mavzu:Yangi iqtisodiy jarayonlarni bilish uslublari.
Reja:
Iqtisodiy ta'limotlarning paydo bo`lishi va rivojlanish bosqichlari.
Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti va iqtisodiy qonunlar.
Iqtisodiy jarayonlarning bilish uslublari.
Iqtisodiy ta'limotlarning paydo bo`lishi va rivojlanish bosqichlari
Iqtisodiyot asoslarini o`rganishga juda qadim zamonlardan buyon e'tibor berib kelinadi. Qadimgi grek mutafakkirlaridan Ksenofont, Platon, Arastu iqtisodiy jarayonlarni o`rganish, uni tushuntirish uchun harakat qilgan olimlardir. Ular birinchi bor iqtisodiy tushunchalarni o`rganganlar va ular o`rtasida bog`liqlik bor ekanligini isbotlab berganlar. «Ekonomika» (iqtisod) so`zi ham grekchadan olingan bo`lib «oykos» - uy, xo`jalik, «nomos»- o`rganish, qonun so`zlaridan olingan.
Shu bilan birga qadimgi Arab, Xitoy, Hindiston, O`rta Osiyo olimlari ham iqtisodiy jarayonlarni o`rganishda o`z hissalarini qo`shganlar. Iqtisodiy jarayonlarni o`rganishga munosib hissa qo`shgan olimlardan biri Abu Rayhon Beruniydir (973-1048). U pulning kelib chiqishi va ahamiyatini tadqiq qilgan. Sarflangan mehnat va ishlab chiqarilgan mahsulot o`rtasidagi nisbatni belgilashda pulning o`rnini ko`rsatgan. Pulning o`rnini bunday tushunish Arastuning fikrlaridan ustundir. Arastu pulning qiymat o`lchovi va muomala vositasi deb belgilagan, ammo u mehnat va qiymat o`rtasidagi bog`lanishni ko`rmagan.
tovarni pulga ayirboshlash ro`y beradi, xolos.
Dastlabki merkantalistlar (U.Stefford, A.Monkreten) davlatning siyosati mamlakatga ko`proq oltin va kumush jalb etish, pulni chetga chiqarishni ta'qiqlash orqali dastlabki jamg`armani amalga oshirish lozim, deb ta'kidlaganlar. Merkantalistlarning keyingi namoyondalari T.Man, A.Serra davlat tashqi savdoni keng rivojlanishini ta'minlashi kerak, buni manifaktura ishlab chiqarishni rivojlantirish yo`li bilan ta'minlash zarur deb hisoblaganlar.
Merkantalistlar izidan fiziokratlarning nazariy ta'limoti vujudga keladi. Uning asoschisi F.Kene (1694-1774) hisoblanadi. Fiziokratlar ishlab chiqarishni ijtimoiy boylikning manbai deb hisoblaganlar, ammo ular qishloq xo`jaligi tarmog`i bilan cheklanib qolganlar. Qishloq xo`jaligi mehnati «unumli» bo`lib, foyda shu tarmoqda hosil bo`ladi. Boshqa tarmoqlardagi mehnatni «unumsiz» deb hisoblaganlar.
Biroq shunga qaramasdan fiziokratlar ishlab chiqarishni yaxlit holda tadqiqot qilishga ilmiy asos soldilar.Ular cheklanmagan holda xususiy mulk hukmronligi, erkin raqobat va tashqi savdo erkinligini tarafdori bo`lganlar. Takror ishlab chiqarish qonunlari va ijtimoiy mahsulotning taqsimlanishini tadqiq qilishga harakat qilganlar.
Ko`rilayotgan mazkur savollarga klassik maktab namoyondalari asosiy javobni berganlar. Uning namoyondalari U.Petti, (1623-1687), A.Smit (1723-1790) D.Rikardolardir. (1772-1827).Ularning nazariyalari tarmoq xususiyatlarini e'tiborga olmagan holda ishlab chiqarish va moddiy boylikni taqsimlash qonuniyatlarini o`rganishga qaratilgan edi. Bu maktab namoyondalarining buyuk yutug`i mehnatning qiymat nazariyasini yaratganliklaridadir. Ana shu davrdan boshlab mustaqil iqtisodiyot faniga asos solindi.
Keyinchalik fanning rivojlanishiga marjinalizm (XIX asrning 70 yillari) ta'limoti munosib hissa qo`shdi. Jumladan, ular o`z-o`zidan tartiblanib turuvchi bozor ta'limotini rivojlantirdilar. Hozirgi davrda bu ta'limot neoklassiklar ta'limoti deb ham yuritiladi. Yirik namoyondasi Alfred Marshalldir (1842-1924).
XX asr boshlanishida iqtisodiyot fanida keynschilik maktabi munosib o`rin egallagan. Bu ta'limot ingliz iqtisodchisi Dj.M.Keyns (1883-1946) nomi bilan bog`liq. U iqtisodiyotni tartibga solish va boshqarishda davlatning doimiy aralashuvi zarurligining tarafdori edi.
XX asrning 50-60 yillarida E.Xanss, Dj.Xiks, R.Xarrod, ye.Dolor Keyns ta'limotini davom ettirib, iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish nazariyasini rivojlantirdilar. Shuning bilan yangi keynschilik iqtisodiy maktabiga asos solindi.
XX asrning o`rtalarida keynschilik ta'limoti to`liq amalga oshayotgan bir davrda (70 yillarning oxirida) eski an'anaviy iqtisodiy liberalizmga qaytish masalasi maydonga chiqa boshladi. U monetarizm ta'limoti edi. Asosiy e'tibor pul muomalasini tartibga solish, inflyatsiyani pasaytirish, pul birligi qurbini oshirishga qaratilgan. Bu ta'limotning yirik namoyondasi amerikalik iqtisodchi Milton Fridmen (1912).
Iqtisodiy ta'limot rivojiga qadimgi musulmon sharqi allomalari ham munosib hissa qo`shganlar. Muhammad (s.a.v.) payg`ambarning (570-632) muqaddas kitobi «Qur'on», arab donishmandi Ibn Xoldun (1332-1406), Markaziy Osiyodan X-XVI asrlar oraligida Farobiy, Ibn Sino, Beruniy, A.Navoiy, Bobur kabilarning qarashlari shular jumlasidandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |