Jinoyat-protsessual qonun hujjatlari



Download 3,89 Mb.
Sana07.09.2021
Hajmi3,89 Mb.
#167192
Bog'liq
Jinoyat protsessual qonun hujjatlari..11-huquq

Jinoyat-protsessual qonun hujjatlari

11-sinf Davlat va huquq asoslari fani darsligi asosida 25-26-mavzu

Jinoyat-protsessual huquq — sudda ishlarning yuritilishi, shuningdek, surishtiruv va dastlabki tergov jarayonida ishtirokchilar va boshqa manfaatdor shaxslarning huquqlarini nazarda tutadi.

Protsessual huquq O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida belgilangan shaxsiy huquq va erkinliklarni zaruratsiz va asossiz cheklanmasligiga xizmat qiladi.

Protsessual huquqlar demokratik xarakterda bo‘lib, da’vo va nizolarni, huquqbuzarlik, shu jumladan, jinoyat ishlarining tez va to‘g‘ri tekshirilishi, asosli, qonuniy va odilona hal qilinishini kafolatlaydi.

Protsessual huquq yuridik shaxslarning manfaatlarini himoyalashga ham xizmat qiladi.

Jinoyat ishida gumon qilinuvchi shaxs va ayblanuvchining tegishli eng muhim protsessual huquqi himoyalanish va himoyachining yordamidan foydalanishdan iborat.

Insonlarning siyosiy huquq va erkinliklarini ta’minlovchi muhim xalqaro huquqiy hujjat 1966-yil 16-dekabrda BMT tomonidan qabul qilingan Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro Pakt hisoblanadi.

Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro Pakt birinchi navbatda barcha fuqarolarning siyosiy huquqlarini, davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda ishtirokini ta’minlab beradi.

Mazkur Paktning 14-moddasi uchinchi qismi hamda Inson huquqlari va asosiy erkinliklarini himoya qilish to‘g‘risidagi Yevropa Konvensiyasining 6-moddasi uchunchi qismiga muvofiq jinoyat sodir etishda ayblanayotgan shaxsning sud ishi asossiz kechiktirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Aybsizlik prezumpsiyasiga ko‘ra aybdorning jinoyati qonuniy tartibda isbot qilinmaguncha u aybsiz deb hisoblanadi.

Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi uning jinoyatda aybdorligi qonunda nazarda tutilgan tartibda isbotlangunga va sud hukmi bilan qonuniy kuchga kirgunga qadar aybsizdir.

Jinoyat ishlarini yuritishning jinoyat-protsessual qonunlarda belgilangan tartibi qonuniylikni mustahkamlashga, jinoyatlarning oldini olishga, shaxs, davlat va jamiyat manfaatlarini himoya etishga yordam qilmog‘i lozim.

Jinoyat protsessi — protsess ishtirokchilarining muayyan jinoyat protsessual faoliyati hamda shu faoliyatga tegishli bo‘lgan huquqiy munosabatlar tizimini tashkil qiladi.

Jinoyat protsessining ajralmas xususiyatini uning huquqiy tabiati — mazkur faoliyat va tegishli ijtimoiy munosabatlarning qonun jihatdan qat’iy tartibga solishi tashkil etadi.

Savol va topshiriqlar:

1. Voqea ishtirokchilariga o‘z munosabatingizni bildiring.

2. Sh. ismli shaxsni jinoyatchi deyish mumkinmi?

3. Oq rangli «Lasetti» haydovchisini-chi?

4. Vrach to‘g‘ri ish qildimi?

5. Bu yerda aybsizlik prezumpsiyasi buzilganmi? Fikringizni asoslang.


Download 3,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish