Ozodlikni cheklash
– sud tomonidan mahkumga nisbatan yashash joyini u
yoki bu sabab bilan tark etishni butunlay taqiqlashdan yoki sutkaning muayyan
vaqtida yashash joyidan chiqishni cheklashdan iborat boʼlgan jazo turi.
Ozodlikdan mahrum qilish
– mahkumni jamiyatdan maʼlum bir muddatga
ajratish.
Qilmish
– jinoyat qonuni bilan qoʼriqlanadigan ijtimoiy munosabatlarga zarar
yetkazadigan yoki shunday zarar yetkazish real xavfini vujudga keltiradigan
ijtimoiy xavfli, huquqqa xilof, ongli, irodaviy, aniq va murakkab, xususiyatiga
koʼra: faol (aktiv) va nofaol (passiv) xulq- atvorga (harakat yoki harakatsizlikka).
Qoʼshimcha jazo
– jazoning maqsadini amalga oshirish uchun yordamchi
ahamiyatga ega boʼlgan va asosiy jazo turi bilan birgalikda tayinlanadigan jazo
chorasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |