Jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish
– shaxs jinoyatga tayyorgarlik
koʼrish harakatlarini yoki jinoyat sodir etishga bevosita qaratilgan harakatlarni
oxiriga yetkazish mumkinligini anglagan holda toʼxtatishi, shuningdek jinoiy
oqibat kelib chiqishi mumkinligini anglagan holda, shunday oqibat kelib
chiqishining oldini olishi.
Jinoyat subyekti
– ijtimoiy xavfli qilmish sodir qilgan va jinoyat qonunida
belgilangan yoshga yetgan aqli raso jismoniy shaxs.
Jinoyatning maxsus subyekti
– shaxsda subyektning zaruriy belgilari bilan
birga, jinoyat qonunida koʼrsatilgan boshqa bir belgilarning ham mavjud boʼlishi
talab qilinadigan subyekt.
Jinoyatda ishtirokchilik
– qasddan sodir qilinadigan jinoyatni ikki yoki
undan ortiq shaxsning birgalashib sodir etishiga aytiladi (JK 28 moddasi).
Jinoiy uyushma
- ikki yoki undan ortiq uyushgan guruhning jinoiy faoliyat
bilan shugʼullanish uchun oldindan birlashishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |