Jinoyatlar majmui
– shaxs jinoyat qonuni turli moddalarida yoki bir
moddasining turli qismlarida nazarda tutilgan, ikki yoki bir necha qilmishni
qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasidan sodir etishi va ularning hech qaysi uchun
sudlanmagan boʼlishi.
Kam ahamiyatli qilmish
– jinoyat qonunida jinoyat sifatida nazarda tutilgan
qilmishning alomatlari rasmiy jihatdan mavjud boʼlsada, oʼzining kam
ahamiyatliligi tufayli ijtimoiy xavfli boʼlmagan jinoyat hisoblanmaydigan harakat
yoki harakatsizlik.
Maxsus obyekt
– jinoyat qonuni bilan qoʼriqlanadigan ijtimoiy-siyosiy va
iqtisodiy mohiyatlari jihatidan bir-biriga oʼxshash yoki yaqin boʼlgan ijtimoiy
munosabatlarni oʼz ichiga oladigan ijtimoiy munosabatlar guruhi.
Do'stlaringiz bilan baham: |