Retsidiv jinoyat – muqaddam qasddan sodir etgan jinoyati uchun
sudlanganlik holati mavjud boʼlgan shaxs tomonidan qasddan yangi jinoyat sodir
etilishi. Jinoyat qonuni retsidiv jinoyatni jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasi va
muayyan jinoyatlar uchun sudlanish sonidan kelib chiqib: - oddiy; - xavfli; - oʼta
xavfli retsidiv jinoyatlarga boʼlinadi.
Sudlanganlik – shaxsning sodir etgan jinoyati uchun hukm etilganidan kelib
chiqadigan (jazodan ozod qilinganligidan qatʼiy nazar) va sudlanganlik olib
tashlangunga yoki tugallanishiga qadar davom etadigan huquqiy holatdir.