Jinoyat sodir etilgan joy
– bu jinoyat sodir qilingan va tamomlangan maʼlum
chegaralangan hudud, joy, geografik nuqta hisoblanadi.
Jinoyat sodir qilish vaqti
– jinoyat sodir etilgan aniq paytni ifodalaydigan
belgilar majmui.
Jinoyat sodir qilish usuli
– bu jinoyat sodir qilinayotganda aybdor
tomonidan jinoyatni sodir qilishda ishlatiladigan aniq usul va uslublar birligidir.
Jinoyat sodir qilish quroli
– shaxs jinoyat predmetiga yoki shaxsga bevosita
taʼsir koʼrsatish uchun foydalangan moddiy ashyo, yaʼni aybdor jinoyat qonuni
bilan qoʼriqlanadigan obyektga zarar yetkazish maqsadida foydalangan moddiy
ashyo tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |