Toshkent davlat yuridik universiteti jinoyat huquqi


Jinoyat umumiy subyektining zaruriy belgilari



Download 2,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/313
Sana01.02.2022
Hajmi2,29 Mb.
#422858
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   313
Bog'liq
№8. Jinoyat huquqi

Jinoyat umumiy subyektining zaruriy belgilari
quyidagilar: 
- jismoniy shaxs bo‗lishlik; 
- jinoyat qonunida belgilangan yoshga yetganlik; 
- aqli rasolik. 
Jinoyatning maxsus subyekti zaruriy belgilari
:
 
Umumiy subyektning zaruriy belgilaridan tashqari yana boshqa maxsus 
belgilari bo‗lishi talab qilinadigan subyektdir. Masalan, mansabdor shaxs, harbiy 
xizmatchi, xavfli yoki o‗ta xavfli retsidivist va hokazolar. 
Yuqoridagi belgilar jinoyat subyektining yuridik belgilari hisoblanadi. Bu 
belgilar barcha jinoyatlar uchun zaruriy belgi bo‗lib, ulardan birining mavjud 
emasligi qilmishning jinoiyligini istisno qiladi.
Amaldagi qonunchilikka asosan, jinoyatning subyekti jismoniy shaxslar 
bo‗lib, ularga O‗zbekiston Respublikasi hududida yoki hududidan tashqarida 
jinoyat sodir etgan O‗zbekiston Respublikasining fuqarolari, chet el fuqarolari yoki 
fuqaroligi bo‗lmagan shaxslar kiradi. Sababi jismoniy shaxslargina o‗z 
qilmishining ijtimoiy xavflilik xususiyatini anglashi, uning ijtimoiy xavfli 
oqibatlariga ko‗zi yetishi va o‗z harakatlarini boshqara olishi mumkin.
Amaldagi jinoyat qonuniga ko‗ra yuridik shaxs (korxona, muassasa
tashkilotlar va h.k.) jinoyat subyekti hisoblanmaydi. Biroq qator xorijiy davlatlarda 
jinoyat subyekti sifatida yuridik shaxslar javobgarligi ham mustahkamlangan. XX 
asrning so‗ngiga kelib ayrim davlatlar qonunchiligiga yuridik shaxslarning 
javobgarligini belgilovchi normalar (Fransiya, AQSH, Buyuk Britaniya, Yaponiya, 
Janubiy Koreya davlatlarida) nazarda tutilgan. O‗zbekiston Respublikasi jinoyat 
qonunchiligiga ko‗ra faqat jismoniy shaxslar subyekt sifatida e‗tirof etiladi. Biroq, 
bu yuridik shaxsni jinoiy javobgarlikdan ozod etmaydi. Agar xizmat yoki ishlab 
chiqarish bilan bog‗liq ijtimoiy xavfli qilmish korxona, muassasa yoki tashkilotlar 
tomonidan sodir etilsa, yuridik shaxsning aybdor mansabdor yoki boshqa shaxslari 
o‗zlariga yuklatilgan vazifalarni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmaganligi 
sababli jinoiy javobgarlikka toritiladi. Masalan, korxona atmosfera havosini 
ifloslantirsa (JK 196-modda) va buning oqibatida odamlarning ommaviy 
kasallanishi aniqlansa, korxonani emas, balki korxonaning ish faoliyatiga rahbarlik 
qiluvchi va bunga mas‘ul bo‗lgan shaxslar jinoiy javobgarlikka tortiladi.
JK 28-moddasiga ko‗ra javobgarlikka tortilishi mumkin bo‗lmagan 
shaxslardan yoki vositalardan foydalanib, jinoyat sodir etish ham shaxsni 
javobgarlikdan ozod etmaydi. Masalan, voyaga yetgan shaxs voyaga yetmagan 
shaxsdan foydalanib o‗g‗irlik jinoyatini sodir etsa, aybdor shaxsning qilmishi 
qo‗shimcha JK 169-moddasi tegishli qismi va JK 127-modda 3-qismi (voyaga 
yetmagan shaxsni jinoyat sodir qilishga jalb etish) bilan jinoyatlar majmui sifatida 
kvalifikatsiya qilinadi. Bundan tashqari,
hayvonlar ham garchi, jinoyat obyektiga 
zarar yetkazgan taqdirda ham jinoyat subyekti bo‗la olmaydilar, biroq itning egasi 
odamga jarohat yetkazishda itidan foydalansa va iti odamni tishlab, unga tan 
jarohati yetkazsa, bu holatda itning egasi javobgarlikka tortiladi.


77 

Download 2,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   313




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish