sohasida kamsitishga qarshi kurash to’g’risida” Konvensiya, “Irqiy
kamsitishning barcha shakllarini tugatish to’g’risida”gi Xalqaro konvensiya,
“Bola huquqlari to’g’risida”gi Konvensiya, “Vena deklaratsiyasi va Harakat
dasturi” (Inson huquqlari bo’yicha Jahon konferentsiyasi tomonidan
1993 yil 25
iyunda qabul qilingan), “Bag’rikenglik tamoyillari deklaratsiyasi” va albatta
Birlashgan millatlar tashkilotining Nizomi.
Vijdon erkinligi – insonning ajralmas huquqlaridan biridir. “Inson huquqlari
umumjahon Deklaratsiyasi”ning 18 va 19-moddalarida vijdon erkinligi masalasi
o’z ifodasini to’gan. Unda shunday deyiladi:
Har bir inson fikr, vijdon va din erkinligi huquqiga egadir. Bu huquq o’z dini
yoki maslagini o’zgartirish erkini, o’z dini yoki maslagiga yakka tartibda yoki
boshqalar bilan birgalikda, ta’limot, toat
‐ibodatda hamda diniy rasm‐rusumlar va
boshqa shunga o’xshash marosimlarni ado etishda xaloyiq bilan birgalikda yoki
xususiy tarzda e’tiqod erkinligini qamrab oladi.
Har bir inson maslak erkinligiga va bularni erkin ifodalash huquqiga egadir.
Ushbu huquq hech bir xalalsiz o’z maslaklariga rioya etish erkinligini va axborot
va g’oyalarni har qanday vositalar bilan hamda davlat chegaralaridan mustaqil
51
tarzda qidirish, olish va tarqatish erkini qamrab oladi
1
.
Konstitutsiyamizda vijdon erkinligi masalasiga bag’ishlangan moddaning
o’rin egallashi muhim ijobiy ahamiyatga ega. Mamlakatimizda vijdon erkinligi va
diniy e’tiqod erkinligi masalalari Asosiy qonunimiz, "Vijdon erkinligi va diniy
tashkilotlar to’g’risida"gi (yangi tahriri) Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlari
bilan tartibga solinadi. Tilga olingan Qonunning 31-moddasida belgilanishicha,
vijdon erkinligi – fuqarolarning har qanday dinga e’tiqod qilish yoki hech qanday
dinga e’tiqod qilmaslikdan iborat kafolatlangan konstitutsiyaviy huquqidir. Fuqaro
o’zining dinga, dinga e’tiqod qilishga yoki e’tiqod etmaslikka, ibodat qilishda,
diniy rasm-rusumlar va marosimlarda qatnashishi yoki qatnashmaslikka, diniy
ta’lim olishga o’z munosabatini belgilayotgan paytda uni u yoki bu tarzda majbur
etishga yo’l qo’yilmaydi.
“Fuqarolik va siyosiy huquqlar to’g’risida”gi xalqaro Paktda ham u qaysi
davlat fuqarosi bo’lishidan qat’iy nazar vijdon va din erkinligi ta’minlanishi
belgilangan bo’lib, ya’ni:
—
Har bir inson fikr, vijdon va din erkinligi huquqiga ega.
—
Ushbu huquq o’z ixtiyori bilan o’ziga ma’qul dinni qabul qilish va
e’tiqod qilish erkini, yakka holda, shuningdek boshqalar bilan birgalikda, oshkora
yoki xususiy tartibda sig’inishga borishga, diniy va boshqa urf-odatlarni va
marosimni bajarish erkini ham o’z ichiga oladi. Hech kim o’z ixtiyoriga ko’ra o’z
dini va e’tiqodiga ega bo’lish yoki qabul qilish erkini kamsitadigan majburiy
holatga duchor etilmasligi lozim.
—
Din yoki e’tiqodga sig’inish erkiga faqat qonun bilan belgilangan va
jamoat xavfsizligini, tartibini, salomatligi va axloqini saqlash uchun, shuningdek
boshqa shaxslarning asosiy huquqlari va erkini muhofaza etish uchun zarur bo’lgan
cheklashlar bilangina daxl qilinish mumkin.
—
Mazkur Paktda ishtirok etuvchi davlatlar ota-onalarning va tegishli
1
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi (BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1948 yil 10 dekabr da qabul
qilingan) 18
‐19 moddalari. // www.google.ru
52
hollarda qonuniy vasiylarning o’z bolalarini o’z shaxsiy e’tiqodiga muvofiq diniy
va axloqiy tarbiyalash erkini hurmat qilish majburiyatini oladi”
1
.
Ba’zi mamlakatlarda yoki joylarda kam soni ya’ni mamlakat aholisining
uncha ko’p bo’lmagan qismini tashkil qiluvchi millat va elat vakillari mavjud
bo’lib, ularning huquqlari ham hamma bilan bir xilda to’la ta’minlanishi lozimligi
ham ushnu hujjatda batafil tarzda bayon qilib o’tilgan. Unda shunday deyiladi:
“Etnik, din va til jihatdan ozchilikni tashkil etuvchi shaxslar guruhi mavjud
bo’lgan mamlakatlarda, o’sha shaxslarga o’z guruhining boshqa a’zolari bilan
birgalikda o’z madaniyatidan foydalanish, o’z diniga sig’inish va rasm-rusmlarini
bajarish huquqi, shuningdek ona tilidan foydalanish huquqi rad etilishi mumkin
emas”
2
. Bundan tashqari yana Vena deklaratsiyasi va Harakat dasturi (Inson
huquqlari bo’yicha Jahon konferentsiyasi tomonidan
1993 yil 25 iyunda qabul
qilingan) ham ozchilikni tashkil etuvchi millatlarning huquqlari yana bir
kafolatlovchi hujjat deyishimiz mumkin. Chunki unda, “Ozchilikka tegishli
bo’lgan shaxslarning inson huquqlari rag’batlantirilishi va himoya qilinishining
muhimligini hamda bu rag’batlantirish va himoya qilishning bunday shaxslar
yashaydigan davlatlarning siyosiy va ijtimoiy barqarorligiga qo’shgan hissasini
hisobga olib:
Inson huquqlari bo’yicha Jahon konferentsiyasi davlatlarning ozchilikka
mansub bo’lgan shaxslar insonning barcha huquqlarini va asosiy erkinliklarini
biror-bir kamsitishsiz va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Milliy va etnik
ozchilikka, dini va tiliga ko’ra ozchilikka mansub bo’lgan shaxslarning huquqlari
to’g’risidagi Deklaratsiyasiga muvofiq qonun oldida to’liq tengligi asosida to’liq
darajada va samarali amalga oshirish majburiyati ta’minlanishini tasdiqlaydi.
Ozchilikka mansub bo’lgan shaxslar o’z madaniyati mevalaridan foydalanish,
o’z diniga e’tiqod qilish va diniy urf-odatlarni ado etish, shuningdek o’z ona tilidan
1
1966 yil 19 dekabr “Fuqarolik va siyosiy huquqlar to’g’risida”gi xalqaro pakt 18-modda. // www.google.ru
2
1966 yil 19 dekabr “Fuqarolik va siyosiy huquqlar to’g’risida”gi xalqaro pakt 27-modda. // www.google.ru
53
erkin va aralashuvsiz yoki biror-bir kamsitishsiz xususiy hayotida va ommaviy
ravishda foydalanish huquqiga egadir”
1
.
Shu o’rinda bugungi kunda vidon erkinli haqida so’z ketganga ko’p dinga ega
bo’lgan mamlakatlar bilan bir qatorda mamlakat hududida yashovchi turli millat va
elat vakillari haqida ham so’z yuritishi firimcha to’g’ri bo’ladi. Hozir bunda
mamlakat hududi o’z fuqarolaridan tashqari chet el fuqarolari va fuqaroligi
bo’lmagan shaxslar ham istiqomat qilib, tinch-totuv yashab kelishmoqda. Ularning
huquqlari ham mamlakat fuqarolari kabi teng asoslarda ta’minlanib, himoya
qilinadi. Xalqaro huquqda ham shunday rasmiy hujjat mavjudki u irqiy nizolarni
kelib chiqishini oldini olish maqsadida qabul qilingan bo’lib, bu hujjat 1966 yil 7
mart “Irqiy kamsitishning barcha shakllarini tugatish to’g’risida”gi xalqaro
konventsiya hisoblanadi. Uning 5-moddasida shunday deyiladi: Ushbu
Konventsiyaning 2-moddasida bayon etilgan asosiy majburiyatlarga muvofiq,
ishtirokchi davlatlar irqiy kamsitishni uning barcha shakllarida taqiqlash va
yo’qotishga hamda har bir odamning irqi, tana rangi, milliy yoki etnik nasabidan
qat’i nazar, ayniqsa quyidagi huquqlarni amalga oshirishga nisbatan qonun oldida
teng huquqligini ta’minlash majburiyatini oladilar:
v) fikrlash, vijdon va din erkinligi huquqi.
Bundan ko’rishimiz mumkinki, irqiy kamsitishlar yo’l qo’ymaslik va
mamlakat hududidagi barcha fuqarolarni vijdon va din erkinligi mamlakat
tomonidan kafolatlanishi lozimligini anglatadi.
1960 yil 14 dekabrda qabul qilingan “Ta’lim sohasida kamsitishga qarshi
kurash to’g’risida” konvensiyada ham kamsitishni ta’lim sohasida ham yo’l
qo’yilmaslik bayon qilingan bo’lib, jimladan:
1. Ushbu Konventsiyaning tomonlari bo’lgan davlatlar shunday deb
hisoblaydilar:
a) ta’lim inson shaxsini to’la rivojlantirishga va inson huquqlari bilan asosiy
1
Vena deklaratsiyasi va Harakat dasturi (Inson huquqlari bo’yicha Jahon konferentsiyasi tomonidan
1993 yil 25
iyunda qabul qilingan) 19 modda. // www.google.ru
54
erkinliklarini ko’proq hurmat qilishga qaratilishi kerak; u hamma xalqlar va
hamma irqiy yoki diniy guruhlar o’rtasida o’zaro tushunishga, sabr-toqat va
do’stlikka, shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkilotining tinchlikni saqlash
yuzasidan faoliyatini rivojlantirishga ko’maklashmog’i lozim;
b) ota-onalar tegishli hollarda, qonuniy vasiylar, birinchidan, har bir
davlatning qonunlari belgilagan doirada o’z bolalarini davlatnikiga emas, balki
vakolatli ta’lim organlari tomonidan ko’rsatilgan yoki tasdiqlangan minimal
talablarga javob beradigan boshqa o’quv yurtlariga erkin jo’natish imkoniyatiga
ega bo’lishlari va ikkinchidan, ularning o’z e’tiqodlariga muvofiq ravishda
bolalarning diniy va ma’naviy tarbiyasini ta’minlashlari kerak; alohida olganda
hech kimga va yaxlit olganda hech bir shaxslar guruhiga ularning e’tiqodlariga
to’g’ri kelmaydigan diniy tarbiyani zo’rlab o’tkazmaslik kerak
1
.
Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslar O’zbekiston Resbublikasi
fuqarolari bilan teng ravishda vijdon erkinligi va diniy e’tiqod erkinligi huquqidan
foydalanadilar hamda “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida”gi Qonun
hujjatlarini buzganlik uchun qonunda belgilangan tarzda javobgar bo’ladilar.
Yana shunday xalqaro hujjat mavjudki, unda inson huquqlarining ko’plab
qismlarini ya’ni iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy qo’yinki ko’plab huquqlarini o’zidan
birlashtirgan bo’lib, bu 1966 yil 19 dekabrda qabul qilingan “Iqtisodiy, ijtimoiy va
madaniy huquqlar to’g’risidagi xalqaro ‘akt” hisoblanadi. Bu hujjatda ham
e’tiborga molik bir qancha huquqlar keltirilgan. Ushbu hujjatni ratifikatsiya qilgan
mamlakatlarda, unda ko’rsatilgan huquqlarning kafolatlanishi shartligi ya’ni
shunday majburiyatning mavjudligi keltirib o’tilgan. Unga ko’ra ushbu hujjatning
2-bandida shunday so’zlar keltirilgan: Ushbu Paktda qatnashuvchi davlatlar
mazkur Paktda e’lon qilingan huquqlarni biror-bir kamsitishsiz, ya’ni irqi, tana
rangi, jinsi, dini, siyosiy yoki boshqa e’tiqodidan, milliy yoki ijtimoiy kelib
chiqishi, mulkiy ahvoli, nasl-nasabi yoki boshqa holatlardan qat’i nazar kafolatlash
1
1960 yil 14 dekabrda qabul qilingan “Ta’lim sohasida kamsitishga qarshi kurash to’g’risida” konventsiya 5-
modda. // www.google.ru
55
majburiyatini oladilar.
Bugungi kunda barcha mamlakatlarda aholining ko’pchilik qismini voyaga
yetmagan yoshlar tashkil qilishi barchamizga ma’lum. Albatta, ertangi kunimiz bu
yoshlarga qanday ta’lim berishimizga bo’g’liq. Hozirgi kunda dunyoda
bo’layotgan keskin o’zgarishlar bolalarga ya’ni jamiyatimizning kichik guruhida
yanada ko’proq ahamiyat va e’tibor berishimiz lozimligini ko’rsatib turibdi.
Xalqaro miqyosda ham mamlakatning buguni va ertasi bo’lgan yosh avlod ya’ni
bolalarga ularning huquqlariga alohida ahamiyat beriladi. Bunga misol qilib 1989
yil 20 noyabrda qabul qilingan “Bola huquqlari to’g’risida”gi konventsiyani
olishimiz mumkin. Unda bolalarning huquqlar milliy qonunchilikdan tashqari
xalqaro qonunchilikda ham birdek ahamiyatli ekanligini ko’rishimiz mumkin.
Jumladan konvensiyada shunday deyiladi:
1. Ishtirokchi-davlatlar bolaning fikrlash, vijdon va din erkinligi huquqini
hurmat qiladilar.
2. Ishtirokchi-davlatlar ota-onaning hamda tegishli holatlarda qonuniy
vasiylarning bolaga uning rivojlanayotgan qobiliyatlariga muvofiq keladigan usul
orqali bola huquqini amalga oshirishda rahbarlik qilish huquqi va majburiyatlarini
hurmat qiladilar.
3. O’z dini yoki e’tiqodini targ’ib qilish erkinligi faqat qonunda belgilangan
hamda davlat xavfsizligini, jamoat tartibini, aholining ma’naviyati va sog’ligini
saqlash yoki boshqa shaxslarning asosiy huquq va erkinliklarini himoya qilish
uchun zarur hisoblangandagina cheklanishi mumkin.
56
Do'stlaringiz bilan baham: |