1.3. Fuqarolarning vijdon erkinligi kafolatlarining konstitutsiyaviy-
huquqiy asoslari
Inson erki daxlsizdir. Bu xalqaro tamoyil Konstitutsiyamizda ham o’z aksini
to’gan. O’zbekiston Resbublikasining Konstitutsiyasida “Din va vijdon erkinligi”
masalalariga katta e’tibor qaratilgan. Unda xalqimiz ruhiga mos keladigan imon-
e’tiqod, adlu insof, diyonat, mehru oqibat, or-nomus, iffat va hayo kabi eng ezgu
fazilatlar o’z aksini to’gan. Bundan tashqari, Bosh qomusimizda O’zbekiston
hududida yashovchi har bir fuqaroning manfaatlari, huquq va burchlari qonun
asosida belgilangan. Uning 31-moddasida “Hamma uchun vijdon erkinligi
kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan diniga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga
e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo’l
qo’yilmaydi” deb yozilgan. Shuningdek, 61-moddasida “Diniy tashkilotlar va
birlashmalar davlatdan ajratilgan hamda qonun oldida tengdirlar”.
Asosiy qonunimizning muhim bandlaridan biri – Yaratgan tomonidan
berilgan ulug’ ne’mat – insonning hayoti va huquqlari haqidadir. Unda
fuqarolarning manfaatlari qonuniy ravishda mustahkamlangan va qat’iy
kafolatlangandir.
Mustaqillik tufayli o’zligimizni anglash, ma’naviy qadriyatlarimizni tiklash
jarayoni kechayotgan hozirgi paytda umuman dinga va ayniqsa, ota-bobolarimiz
dini bo’lib kelgan islomga munosabat tubdan o’zgardi. Bu sohadagi yutuqlarni
sanab o’tirishga hojat yo’q. Mustaqillik yillarida kutilmagan voqealarga ham duch
kelindi. Xalqaro terrorizm bilan uyushib ketgan diniy ekstremizm endilikda
umumbashariy muammoga aylandi. Uning yechimi bir mamlakatning qo’lida
emas, balki xalqaro miqyosdagi sa’y-harakatlarni talab qiladi.
Ana shunday murakkab vaziyatda ham, O’zbekiston hukumati diniy
bag’rikenglik siyosatini olib bormoqda. Respublikada islom bilan bir qatorda
boshqa konfessiyalar ham emin-erkin faoliyat ko’rsatmoqda. Fuqarolarga millati,
irqi, dinidan qat’iy nazar, teng huquqlar qonun orqali kafolatlangan. Buni
30
diyorimizga ochiq qalb bilan kelayotgan har bir mehmon o’z ko’zi bilan
ko’rmoqda va e’tirof etmoqda.
Uzoq vaqt davom etgan mafkuraviy tazyiqqa qaramay, O’zbekiston xalqi
avloddan avlodga o’tib kelgan tarixiy qadriyatlari va o’ziga xos an’analarini saqlab
qolishga muvaffaq bo’ldi. Buyuk istiqlol esa ularning har tomonlama rivoji uchun
keng imkoniyatlar ochib berdi.
O’zbekiston Resbublikasi Konstitutsiyasida aniq belgilab qo’yilgan davlat va
jamiyat qurilishining bosh maqsadlardan biri - inson farovonligi ta’minlangan,
ijtimoiy adolat va qonuniylik ustuvorlik qiladigan, barcha fuqarolar bir xil huquq
va erkinliklarga ega bo’lgan, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi,
e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, qonun oldida tengligiga
asoslangan jamiyatni barpo etishdir. Bu, eng avvalo, yuksak ma’naviyat va
hurfikrlilikka asoslangan, vijdon erkinligi amalda barqaror bo’lgan jamiyatni barpo
etish demakdir. Bunday jamiyatni qurish esa, birinchi navbatda, keng ma’nodagi
vijdon erkinligi, jumladan, diniy e’tiqod erkinligini ta’minlashni taqozo etadi.
O’zbekiston Resbublikasining Konstitutsiyasida ushbu hayotiy masalaga
umume’tirof etilgan demokratik tamoyillardan kelib chiqib yondashilgan.
Bugun O’zbekiston diniy bag’rikenglik va murosa borasida nafaqat MDH
davlatlari, balki butun dunyoga namuna bo’lmoqda. Bu haqda dunyo miqyosida
katta obro’ va nufuzga ega insonlar ham yurtimizga ziyoratlari vaqtida ta’kidlab
o’tmoqdalar. Albatta, xalqimizga xos bu xislat bir zumda paydo bo’lgan emas,
balki uzoq tarixiy asoslariga ega. Barcha rivojlangan davlatlar demokratiya,
inson’arvarlik va dunyoviylik tamoyillariga amal qiladi. Ularda vijdon erkinligi
huquqiy kafolatlangan bo’lib, tolerantlik (bag’rikenglik) hal qiluvchi tamoyil
sifatida e’tirof etiladi.
Bag’rikenglik munosabati barcha ijtimoiy guruhlar va shaxslar orasida amalga
oshirilgan taqdirdagina dunyoviy davlat va jamiyat barpo etilishi mumkin. Shu
sababli inson huquq va erkinliklari, o’zligini anglashi va namoyon qilishini
ta’minlash dunyoviy demokratik davlat qurishning asosiy shartlaridan biri
31
hisoblanadi. Shunday ekan, dunyoviy davlatni o’z ideali tarkibiga asos qilib qabul
qilmaydigan ijtimoiy guruhlar, siyosiy partiyalar davlat hokimiyatiga erishish
uchun bo’ladigan demokratik, ko’ppartiyaviy raqobatda qatnashish huquqiga ega
bo’lmasligi kerak. Aks holda, insonparvarlik tamoyili buzilishi uchun “qonuniy”
yo’l saqlanib qolgan bo’ladi.
Xususan, o’z davrining ramzi bo’lgan Amir Temur e’tiqod va ma’naviyatning
katta ahamiyatini to’g’ri idrok etgan. Sharafiddin Ali Yazdiy Sohibqironni haqli
ravishda e’tiqodi komil inson sifatida ta’riflaydi. Eng muhimi, Amir Temur “Ahli
sunna val-jamoa” e’tiqodiga sodiq, diniy aqidaparastlikka qat’iy qarshi bo’lgan,
islom dinini mutaassiblikdan xoli, erkin tushungan. Uning komil e’tiqodi boshqa
dinlarni rad etish hisobiga bo’lmagan va shu jihatdan ham, u nafaqat o’z asri, balki
hozirgi zamon kishisi uchun ham namunadir
1
.
Diniy bag’rikenglik turli din vakillari e’tiqodidagi mavjud aqidaviy farqlardan
qat’iy nazar, ularning yonma-yon, o’zaro tinch-totuv yashashini anglatadi. Har kim
o’z e’tiqodiga amal qilishda erkin bo’lgani holda bu huquqqa boshqalar ham ega
ekanini e’tirof etmog’i lozim.
Xalqaro tashkilotlar orasida eng nufuzlisi va yirigi BMTning 1945 yili qabul
qilingan Ustavida o’zaro bag’rikenglik ruhida yaxshi qo’shnichilik kayfiyatida
yashash, xalqaro tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlashda hamjihat bo’lib harakat
qilish asosiy maqsadlardan biri, deb e’lon qilindi. Ushbu tashkilot tomonidan
hozirga qadar ishlab chiqilgan 70 dan ortiq xalqaro hujjat, konvensiya, kelishuv va
protokollar qatorida 1995 yil 16 noyabrda qabul qilingan “Bag’rikenglik
tamoyillari Deklaratsiyasi” alohida o’ringa ega ekanini ta’kidlash zarur
2
.
Deklaratsiyada irqi, jinsi, kelib chiqishi, tili, dinidan qat’iy nazar,
bag’rikenglikni targ’ib etish, inson huquqlari va erkinliklariga hurmat bilan qarash
kabi majburiyatlar aks etgan. Ayni paytda, eski masjid, maqbara va ziyoratgohlar
1
Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari / A.Ochildiev mas’ul muharrirligi
ostida. – T:. O’zbekiston, 2008. – B. 407.
2
Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari / A.Ochildiev mas’ul muharrirligi
ostida. – T:. O’zbekiston, 2008. – B. 411.
32
ta’mirlanib, yangilari bunyod etildi, diniy bilim yurtlari tarmog’i kengaytirilib,
sifat va saviyasi takomillashtirilganini ham alohida qayd etish zarur. Shu nuqtai
nazardan qaraganda, xalqimiz diniy va ma’naviy qadriyatlarining hozirgi
demokratik jamiyat qadriyatlari bilan uyg’unlashishi respublikamizning kelajakda
yanada ravnaq topishi, jahon hamjamiyatiga qo’shilishida muhim omillardan biri
hisoblanadi.
Dunyoviylik tuyg’ulari alohida shaxs va ijtimoiy institutlar darajasida
namoyon bo’lib boradi. Dunyoviylik demokratik taraqqiyot yo’lini tanlagan har
qanday mamlakat hayotini tashkil etishning bosh mezonlaridan biri - vijdon
erkinligi tamoyilining ustuvorligini kafolatlaydi.
Mamlakatimizda barpo etilayotgan demokratik huquqiy davlat va fuqarolik
jamiyatining tamal toshi “vijdon erkinligi” tushunchasi bilan chambarchas
bog’liqdir. Fuqaroviy erkinliklar ichida insonning ichki ma’naviy dunyosiga va
uning ruhiyatiga bevosita aloqador bo’lgan vijdon erkinligi demokratik dunyo
bo’ylab umume’tirof etilgan inson huquqlarining eng asosiylaridan biridir.
Fuqarolik jamiyati kishilar o’rtasidagi munosabatlarning yuksak madaniy
saviya va teran ma’naviy zaminga asoslangani bilan ajralib turadi. Bunday
jamiyatning ijtimoiy-ma’naviy hayotida umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligi,
ularning mo’tabar va hatto, muqaddas sanalishi barqaror bo’lmog’i shart. Muayyan
insonning qadr-qimmati, odamlar orasidagi mehr-oqibat, samimiylik, axloqiy
poklik, insof-u adolat va insonparvarlik kabi eng ezgu umuminsoniy qadriyatlar
fuqarolik jamiyati hayotining haqiqiy mezonlaridir. Shuning uchun ham
O’zbekistonda kechayotgan davlat va jamiyat qurilishi jarayonida tom ma’nodagi
vijdon erkinligini ta’minlashga alohida urg’u berilmoqda.
Davlatimizning vijdon erkinligiga munosabati – O’zbekiston Resbublikasi
Konstitutsiyasining 31-moddasida mustahkamlab qo’yilgan “Hamma uchun vijdon
erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi
33
dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo’l
qo’yilmaydi”
1
, - degan qoidada o’zining aniq qonuniy ifodasini to’gan.
Vijdon erkinligi bilan bog’liq masalalarni tartibga soluvchi xalqaro hujjatlarni
BMT va uning ixtisoslashtirilgan muassasalarining universal xalqaro shartnomalari
hamda inson huquqlari bo’yicha mintaqaviy xalqaro konventsiyalar va
shartnomalar kabi ikki guruhga ajratish mumkin. Shu bilan birga, BMT Ustavida
inson huquqlariga rioya etishni tartibga soluvchi - inson shaxsi sha’ni va qadr-
qimmati, xalqlarning teng huquqligi, erkak va ayollarning teng huquqligi, irqi,
jinsi, tili va diniga ko’ra kamsitishga yo’l qo’yib bo’lmasligiga taalluqli qator
tamoyillar qayd qilingan.
O’zbekiston Resbublikasi qonunlarida voyaga yetmagan yoshlarning vijdon
erkinligini ta’minlashga alohida e’tibor berilgan. Buning sababi hali yetarli hayotiy
tajriba va bilimlarga ega bo’lmagan yoshlarga ta’sir o’tkazish, ayniqsa, muayyan
diniy dunyoqarashni ularning ongiga singdirish oson.
Dunyo, jumladan, mamlakatimiz tajribasi shuni ko’rsatmoqdaki, ayrim
nosog’lom kuchlar bundan o’zlarining g’arazli maqsadlari yo’lida foydalanishga
intilmoqda. Shuning uchun ham, “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar
to’g’risida”gi Qonunga “voyaga yetmagan bolalarni diniy tashkilotlarga jalb etish,
shuningdek, ularning ixtiyoriga, ota-onalari yoki ularning o’rnini bosuvchi shaxslar
ixtiyoriga zid tarzda dinga o’qitishga yo’l qo’yilmaydi”, - degan muhim qoida
kiritilgan. Qonunga xilof ravishda bunday faoliyat bilan shug’ullanganlik uchun
O’zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida jinoiy javobgarlik ham
belgilangan.
Davr talablari asosida qabul qilingan “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar
to’g’risida”gi Qonunining 3-moddasida: “Dinga e’tiqod qilish yoki o’zga
e’tiqodlar erkinligi milliy xavfsizlikni va jamoat tartibini, boshqa fuqarolarning
hayoti, salomatligi, axloqi, huquqi va erkinliklarini ta’minlash uchun zarur bo’lgan
darajadagina cheklanishi mumkiligi belgilangan. 8-moddasiga asosan esa, diniy
1
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. – T.: O’zbekiston, 2014. – B. 8.
34
tashkilotlar 18 yoshga to’lgan va respublika hududida doimiy yashayotgan 100
nafardan kam bo’lmagan O’zbekiston fuqarolari tashabbusi bilan tuzilishi,
muayyan konfessiyaga qarashli diniy tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va
yo’naltirib borish uchun ularning Respublika bo’yicha yagona markaziy boshqaruv
organi tuzilishi mumkinligi haqidagi qoida mustahkamlab qo’yildi. Qonunning 9-
moddasiga muvofiq diniy tashkilotlarning markaziy boshqaruv organlari
ruhoniylar va o’zlariga zarur bo’lgan diniy xodimlar tayyorlash uchun diniy o’quv
yurtlari tuzishga haqlidir.
Ma’lumki asosiy Qonunimiz fuqarolarning jinsi, irqi e’tiqodi, ijtimoiy kelib
chiqishidan qat’iy nazar qonun oldida tengligini ta’minlovchi asosiy hujjatdir.
Unda kishilarni har qanday tazyiq va kamsitishlardan himoya etuvchi huquqlar
ta’minlab qo’yilgan. Binobarin, Konstitutsiyamizdagi mezonlar asrlar davomida
ajdodlardan avlodlarga o’tib kelayotgan, dunyoning hech yerida takrorlanmas
ajoyib, o’ziga xos milliy munosabatlarimiz va milliy u bilan uyg’un ravishdagi
go’zal diniy qadriyatlarimiz bilan bevosita bog’liq, hamda ularning hayotiy
in’ikosidir. Xar bir yurtning o’ziga yarasha milliy qadriyatlari, ma’naviyati, urf-
odatlari mavjud bo’ladi. Qachonki mana shu davlatdagi Konstitutsiya shu yurtdagi
milliy qadriyat va ma’naviyatidan kelib chiqgan xoldagina tuzilgan bo’lsagina
fuqarolarni to’la himoya qila oladi, qonun va fuqaro o’rtasida uzviy aloqa barpo
bo’lishiga sabab bo’ladi.Ta’kidlash joizki, ayni diniy e’tiqod, vijdon erkinligini
kafolatlashda Konstitutsiyaning o’rni va ahamiyati beqiyosdir. Biz sobiq sho’rolar
tuzumidar farqli o’laroq, erkin bozor munosabatlariga asoslangan, huquqiy
demokartik davlat barpo etish yo’lilan borar ekanmiz, fuqarolarning
barcha erkinliklari qatori vijdon erkinligining ham huquqiy kafolatlari va uning
hayotda teran ta’minlanishini ham e’tiborga olishimiz zaruriydir. Zero, diniy
e’tiqod bu fuqarolarning noziktuyg’ulari bo’lib, uning o’ziga xos hassos jihatlari
mavjud.
Yurtimizda turli diniy konfessiyalarning o’z faoliyatlarini amalga oshirishlari
va jamiyat hayotida faol ishtirok etishlari uchun lozim bo’lgan barcha shart-
35
sharoitlar qonuniy asosda kafolatlab qo’yilgan. Birgina O’zbekiston Musulmonlari
idorasi tomonidan televideniya va ridio orqali diniy-ma’rifiy ko’rsatuvlar va
eshittirishlar
tashkil
etilayotganing
o’zi
fuqarolarning
e’tiqodiy
ehtiyojlarini qondirishda muhim omil bo’lib xizmat qilmoqda. Bundan tashqari,
idora qoshida bitta oliy va o’nta o’rta-maxsus diniy ta’lim muassasalarining tashkil
etilgani bu boradagi amaliy ishlar ko’lamini yanada rivoj to’tirdi. Bularning
hammasi konstitutsion huquqlarning jamiyatdagi in’ikosidir.Shuni ham ta’kidlab
o’tish joizki, mamlakatimiz aholisining mutlaq ko’pchiligi islom diniga
e’tiqod qilgani bilan, vijdon erkinligi borasida boshqa dinlar va diniy tashkilotlar
faoliyati ham qonun asosida bir xilda belgilangan va voqelikda shunday ijro qilib
kelinmoqda. Bunga ko’ra, O’zbekiston Resbublikasi Prezidenti farmoniga asosan,
1903 yilda qurilgan “Svyataya Blogoroditsa” ibodatxonasining Arman apostol
cherkoviga topshirgani, o’z vaqtida faoliyati to’xtatib qo’yilgan Yevangel-lyuteran
cherkovi
Kirxasining
respublikamizda
istiqomat
qiluvchi
nemislarning
diniy ehtiyojlarini
qondirish
maqsadida
“Vidergeburt”
nemis
madaniyat
markazigafoydalanish uchun berilgani so’zimiz isboti bo’la oladi.Ammo ming
afsuski, din sohasida yaratilgan imkoniyatlar hamda xalqimizning o’zbekona
bag’rikengligini suiste’mol qilgan ayrim diniy tashkilot va oqimlar faqat diniy
g’oya va aqidalarni emas, balki siyosiy va hatto ekstremistik maqsadlarni ko’zlab
ish olib borganlari tashvishli holatdir. Mana shunday ayanchli xolatlarga tushib
qolmaslik uchun xam, barchalarimiz xaq-huquqlarimizni mukammal bilib
olishimiz zarurdir. Biror dinga qiziqib, shu din to’g’risida mukammal bilim
olmoqchi bo’lsak, faqatgina davlat tomonidan tashkil qilingan va ruxsat berilgan
muassasalarga murojaat etishimiz kerak. Davlatimiz tomonidan xoxlagan dinni
o’rganishni
istovchilar
uchun
imkoniyatlar
eshigi
ochilgan
bo’lib
maxsus tashkilotlar tuzilgandir. Bu tashkilotlarda esa faqatgina davlat tomonidan
nazoratdan o’tgan, sof aqidali, malakali murabbiylar biz istagan narsalarni to’liq
xolda tushuntirib berishlari mumkin. Ko’chada uchragan xar qanday odamning
gapiga kirib, uning aytayotganlarini to’g’ri deb bilish esa faqatgina adashishlarga
36
olib keladi xalos. Barchalarimiz shunday xolatlardan ogox bo’lmog’imiz
va Konstitutsiyamizda belgilab qo’yilgan xuquqlarimizdan foydalana olishimiz
lozim.
Mustaqillikning
ilk yillarida diniy nashrlarga tashna xalqimizga
manfaat’arast kimsalar tarafidan o’zga yurtlardan g’arazli maqsadlarda kirib
kelgan diniy aqidaparastlikni targ’ib etuvchi, odamlarda qo’rquv va vahima
uyg’otuvchi, bir din vakilini boshqa dinga o’tishga da’vat etuvchi ko’’lab diniy
adabiyotlar taqdim etildi. Buning natijasida bir necha ekstremistik guruhlar
tomonidan o’ta og’ir jinoyatlar sodir etildi. Bu esa, mamlakat tinchligiga rahna
solishga qaratilgan harakatlarning bir ko’rinishi edi.“Vijdon erkinligi va diniy
tashkilotlar to’g’risida”gi qonunining yangi tahrirda qabul qilinishi esa, bu
boradagi muammolarni hal etishda muhim o’rin egalladi. Uni ishlab chiqishda
mamlakatimizning o’ziga xos sharoiti, unda yashovchi ko’p millatli xalqimizning
huquq va manfaatlari hamda mentaliteti hisobga olindi. Qonunning asosiy maqsadi
har bir shaxsning vijdon erkinligi va diniy e’tiqod huquqini, dinga munosabatidan
qat’i nazar, fuqarolarning tengligini ta’minlash, shuningdek, diniy tashkilotlarning
faoliyati bilan bog’liq munosabatlarni tartibga solib turishdan iborat. Mazkur
Qonunning 3-moddasida «Dinga e’tiqod qilish yoki o’zga e’tiqodlar erkinligi
milliy xavfsizlikni va jamoat tartibini, boshqa fuqarolarning hayoti, salomatligi,
axloqi, huquqi va erkinliklarini ta’minlash uchun zarur bo’lgan darajadagina
cheklanishi mumkin»ligi belgilangan. Bu norma Fuqarolik va siyosiy huquqlar
to’g’risidagi xalqaro Paktning 18-moddasi 3-bandiga to’liq mos tushadi. Unda
belgilanishicha, “Din yoki e’tiqodga ega bo’lish yoki qabul qilish huquqi qonun
bilan belgilangan va jamoat xavfsizligi, tartibi, salomatligi va axloqini,
shuningdek, boshqa shaxslarning asosiy huquq va erkinliklarini muhofaza qilish
maqsadlaridagina cheklanishi mumkin”. Shuningdek, bunday qoida BMT Bosh
Assambleyasining
“Diniy
toqatsizlikning
barcha
shakllarini
bartaraf
etish to’g’risida”gi Rezolyutsiyasida ham mustahkamlangan bo’lib, unda tinchlik
va jamoat xavfsizligini ta’minlash maqsadlarida din yoki e’tiqod erkinligi sohasida
37
ma’lum cheklovlarga yo’l qo’yilishi belgilab o’tilgan.“Vijdon erkinligi va diniy
tashkilotlar
to’g’risida”gi
qonunning
5-moddasida
mustahkamlangan
bir konfessiyadagi dindorlarni boshqasiga kiritishga qaratilgan xatti-harakatlar
(‘rozelitizm), shuningdek, boshqa har qanday missionerlik faoliyati man etilishi
haqidagi qoida yurtimiz xavfsizligi, turli din vakillarining tinch-totuv yashashi kabi
maqsadlarni o’zida mujassam etgan. Chunki inson o’z dini, e’tiqodini o’zgartirishi
ko’p hollarda salbiy oqibatlarga olib keladi. Ayniqsa, bunday harakatlar oqibatida
bir necha oilalarning parchalanishi, ota-bola, aka-ukaning yuz ko’rmas
bo’lib ketayotganini hech qanday yo’l bilan oqlab bo’lmaydi.Biz yuqorida Bosh
qomusimizning milliy va diniy qadriyatlarimizga mos va xalqaro talablarga javob
bera oluvchi hujjat sifatida ta’kidlab o’tdik. Zero, vijdon erkinligini kafolatlovchi
Asosiy qonunimizning 18-moddasiga ko’ra, O’zbekiston Resbublikasida barcha
fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo’lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini,
ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat’iy nazar, qonun
oldida tengdirlar; shuningdek, Konstitutsiyaning 31-moddasiga ko’ra, hamma
uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Unda bir inson xohlagan diniga e’tiqod
qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni
majburan
singdirishga yo’l
qo’yilmaydi,
deb
belgilab
qo’yilgan.
Turli millatli va turfa xil din vakillari istiqomat qiladigan yurtda eng asosiy ichki
nizolar din vakillari bir-birlarining e’tiqodi , fikrini xisobga olmaslik va kamsitishi
oqibatida kelib chiqadi. Mana shunday ixtilofli vaziyatda Konstitutsiyada belgilab
qo’yilgan vijdon erkinligi to’g’ri ishlab chiqilgan bo’lishligi juda muhimdir.
Ayniqsa, xozirgidek ixtiloflarga to’la dolzarb vaqtda, butun dunyoning tinchligi va
osoyishtaligiga raxna solayotgan ISHID terroristik tashkilot va shunga
o’xshash turli iqtisodiy-siyosiy fitnalar avj olgan zamonda barchalarimiz
Konstitutsiyamizdagi
xaq-huquqlarimizni
to’liq
o’rganib,
O’zbekiston
Resbublikasining Konstitutsiyasi doimo bizni ximoya qilishini xis qilib
yashamog’imiz lozimdir. Vijdon va e’tiqod erkinligi tyla ta’minlangan davlat
albatta ma’nan yuksalib, xamjixatlashib boraveradi.Bir so’z bilan aytganda,
38
mustaqillik yillarida O’zbekistonda diniy erkinlik to’la ta’minlandi. Din
sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi esa insonlarning
vijdon va e’tiqod erkinligi huquqini ta’minlash, xalqimizni ma’nan yuksaltirish va
barkamol avlodni tarbiyalashga xizmat qilmoqda.
Mazkur qonunning 23-moddasiga ko’ra vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar
to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzishda aybdor bo’lgan mansabdor shaxslar, diniy
tashkilotlarning xizmatidagilar va fuqarolar O’zbekiston Resbublikasi qonun
hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo’ladilar. Bu modda qonun oldida
barcha bir xil bo’lishini ta’minlaydi
1
.
Demak, O’zbekiston Respublikasi diniy bag’rikenglik va vijdon erkinligini
kafolatlovchi dunyoviy davlatdir. Zero, qonun ustuvorligi eng oliy mezon bo’lgan
fuqarolik jamiyatining har bir a’zosi ushbu qonuniy talabga to’g’ri munosabatda
bo’lib, uning hayotga tatbiq etilishiga hissa qo’shishi lozim. Chunki eng muhim
konstitutsiyaviy huquqlardan bo’lgan vijdon erkinligi huquqining amalda ro’yobga
chiqarilishi fuqarolik jamiyatining ma’naviy-madaniy rivojlanganlik darajasining
muhim ko’rsatkichidir.
1
O’zbekiston Respublikasi Оliy Маjlisining Ахborotnomasi, 1998 y., 5-6-сон, 99-moddа
39
Do'stlaringiz bilan baham: |