Toshkent davlat yuridik universiteti davlat huquqi va boshqaruvi kafedrasi


Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi



Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/23
Sana23.04.2020
Hajmi0,55 Mb.
#46587
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23
Bog'liq
ozbekiston respublikasida vijdon erkinligining huquqiy kafolatlari nazariya va amaliyot masalalari.

Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi. Bitiruv malakaviy ishi kirish, ikki bob, 

oltita paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’ydatidan iborat. Ish jami 63 

betdan iboratdir. 

 



 

I-BOB. O’ZBEKISTONDA FUQAROLARNING VIJDON ERKINLIGI 



KAFOLATLARINING NAZARIY-HUQUQIY TAVSIFI 

 

1.1 



Fuqarolarning vijdon erkinligi kafolatlarining o’ziga xos 

xususiyatlari va ahamiyati. 

 

Vijdon  erkinligi  tushunchasini  kishilik  jamiyatidagi  ilg’or  insoniyatning 

doimiy  diqqat  markazida  bo’lgan.  Natijada  faylasuflar,  tarixchi,  siyosatshunos 

olimlar va dinshunoslar tomonidan vijdon erkinligiga oid bir qancha fikrlar yuzaga 

keldi.  Tadqiqotchilarning  fikricha,  vijdon  erkinligining  ta’minlanishi  avvalo  u 

yashayotgan  ijtimoiy-iqtisodiy  shart-sharoitlar,  qolaversa  madaniyat  darajasi, 

savodli va bilimli bo’lishi bilan belgilanadi. 

Respublikamizda  bu  masalaga  jiddiy  e’tibor  berilmoqda  desa  adashmagan 

bo’lamiz. Mustaqilligimizning erishilganiga ko’p bo’lmaganiga qaramay, bugungi 

davrida ijtimoiy-siyosiy sohada amalga oshirilgan ishlar borasida vijdon erkinligini 

rivojlantirishning  real  imkoniyati  yuzaga  keldi.  Bugungi  kunda  “Fuqarolarning 

diniy  e’tiqod  erkinligi  huquqiga  amal  qilinmoqda  –  respublikada  15  ta  diniy 

konfessiya faoliyat ko’rsatmoqda

1

”. 



Vijdon  erkinligi  keng  ma’noda  o’zining  ichki  e’tiqodiga  obyektiv  ravishda 

tashqi  obyektiv  voqelikni  tushunish  va  unga  amal  qilish  erkinligini  bildiradi. 

Obyektiv olam sirlarini o’rganish, to’plangan  ilmiy  ma’lumotlarni sistemaga solib 

muhim  xulosalar  chiqarishga  intilish  har  bir  tarixiy  davrda  yashab  ijod  etgan 

olimlar,  shoirlar,  mutafakkirlarning  ulug’vor  maqsadlari  bo’lganki,  bu  jarayonni 

hamon  vijdon  erkinligini  ta’minlash  yo’lidagi  bosqichlardan  biri  deb  hisoblash 

mumkin. 

 Vijdon  erkinligi  muammosiga  biz  tor  ma’noda  emas,  balki,  keng  ma’noda 

yondoshishimiz,  ya’ni  insonning  keng  darajadagi  erkinligi,  haq-huquqlarining 

                                            

1

 Karimov I.A. hozirgi bosdichda demokratik islohatlarni chuqurlashtirishning muhim vazifalari. Xalq so‘zi, 1996 



yil, 30-avgust. 


 

himoya  qilish  nuqtai  nazaridan  yondoshishimiz  lozim.  Fanimiz  va  madaniyatimiz 



tarixini  o’rganish  shundan  dalolat  beradiki,  o’zbek  mutafakkirlarining  vijdon 

erkinligi  yo’lidagi  intilishlari  tasodifiy  hol  emas,  albatta.  O’mishdagi  juda  ko’p 

shoirlar,  faylasuflar,  tarixchilar,  diniy  ulamolar,  shubhasiz,  eski  maktab  va 

madrasalaeda ta’limini ko’rgan.  

Sharqning  buyuk  mutafakkirlari  Rudakiy,  Ibn  Sino,  Beruniy,  Xorazmiy, 

Farobiy,  Firdavsiy,  Nizomiy,  Yusuf  Xos  Xojib,  Axmad  Yugnaki,  Jomiy,  Navoiy, 

Bobir,  Mashrab  singari  ijodi,  madaniy  merosi  va  asarlarida  asriy  kashfiyotlar, 

nazariy  xulosalarni  surilishi  umumjahon  fani  va  madaniyati  sohasiga  qo’shilgan 

hissa  bo’lgan.  Bu  asarlarning  ba’zilari  diniy  ruhdan  holi  bo’lmagan  bo’lsada  ular 

vijdon erkinligini ta’minlash yo’lidagi yo’nalishga asos solgan. 

Mustaqil  Respublikamizda  tarixan  juda  qisda  vaqt  ichida  siyosiy  tizimda 

ulkan va jiddiy o’zgarishlar yuz berdi. Davlatimizning huquqiy poydevorini tashkil 

etuvchi,  jahon  demokratik  tizimlari  va  talablariga  teng  keluvchi  O’zbekiston 

Respublikasining birinchi Konstitutsiyasi qabul qilindi. 

Davlat  tuzilishining  bug’inlari  va  hokimiyat  bo’linishining  Konstitutsion 

tamoyillari  asosida  qator  qonunlar  ishlab  chiqilib,  ularni  hayotga  tadbiq  qilindi. 

Ana  shunday  qonunlarning  ichida  “Vijdon  erkinligi  va  diniy  tashkilotlar 

to’g’risida”gi Qonuni ulkan tarixiy ahamiyatga ega.  

Bu  qonunning  asosiy  talablariga  va  vijdon  erkinligi  bilan  bog’liq  bo’lgan, 

O’zbekiston  Respublikasi  ma’muriy  javobgarlik  kodeksi,  jinoyat  kodeksi,  oila 

kodeksi  va  boshqa  rasmiy  hujjatlarda  o’z  aksini  to’pgan  qonunlardagi 

ko’rsatmalarga  amal  qilish  Respublikamiz  istiqbolida  muhim  o’rin  tutadi.  Zero, 

vijdon  erkinligining  huquqiy  jihati  diniy  tashkilotlar,  dindorlarga  nisbatan 

davlatning  huquqiy  normalarida  o’z  aksini  topadi.  Huquqiy  normalar  esa 

demokratik,  qonunchilik,  tartib  o’rnatuvchi,  qonunni  joriy  etuvchi,  huquq  tizimi 

tamoyillari, kafolatlangan erkinligi  va burchi  bilan bog’liq bo’lgani  uchun siyosiy 

xarakterga ega bo’ladi. 

Respublikamiz  mustaqillikka  erishganligi  sharofati  bilan  O’zbekiston 




 

fuqarolarda  vijdon  erkinligining  huquqiy,  ilmiy  va  demokratik  asoslarining 



ta’minlashga astoydil qadam qo’yildi. 

Buni  xalqimiz  juda  uzoq  vaqtdan  buyon  kutgan  bo’lib,  uni  ham  vijdon 

erkinligini  ham  muqaddas burch  deb qabul qildi. Vijdon erkinligidagi  demokratik 

yo’nalishlar yangi qonunlar asosida og’ishmay amalga oshirilgan holda u huquqiy 

va demokratik davlat qurayotgan respublikamiz talablariga mos tushadi. 

O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  birinchi  majlisida  Prezidentimiz 

I.Karimov bu  haqda shunday dedi:  "Sharqda demokratiya  tushunchasi  hamjihatlik 

g’oyasi,  jamoatchilik  fikrining  ustivorligi  zaminida  shakllanadi.  Bizning 

mamlakatimizda  demokratik  jarayonlar  xalqimizning  qonunni  hurmat  qilishi, 

qonunga  itoat  etish  kabi  fazilatlariga  mos  ravishda  rivojlanishi  zarur.  Ahloqiy, 

ma’naviy qadriyatlar siyosiy munosabatlarda ham ustunlik kasb etishi darkor".

1

 



O’zbekiston  Respublika  Konstitutsiyasiniig  31  moddasida  belgilangan 

O’zbekiston  fuqarolarining  xohlagan  dinga  e’tiqod  qilish  va  hech  qanday  dinga 

e’tiqod qilmayotganligining huquqiy asoslarini kafolatlanishi respublikamiz haqida 

yuksak jamoatchilik fikrini shakllanishiga olib keldi. Zero, haqiqiy shaxs erkinligi, 

fuqarolarning dinga bo’lgan munosabati erkinligi to’liq ta’minlandi. Dinga e’tiqod, 

diniy  ibodat  va  marosimlarning  bajarilishi,  diniy  tashkilotlarga  berilgan  huquq  va 

burchlar  hammasi  faqat  qonun  doirasida  bo’lgandagina  respublikamizdagi 

demokratik yo’nalishga hissa qo’shgan bo’lamiz. 

Yana 

shuni 


hisobga 

olishimiz 

lozimki, 

Prezidentimiz 

I.Karimov 

ta’kidlaganidek,  shunchaki  demokratik  davlat  emas,  demokratik  odil  jamiyat 

qurish  asosiy  maqsadimizdir.  “O’tmishda  oliy  adolat  g’oyasi  mansabdor 

shaxslarga qo’yiladigan talab va bahoning asosi bo’lgan. U davlatchilik negizlarini 

belgilash, islomiy qoidalar va shariat mezonlarining poydevorini tashkil etgan. Biz 

tariximizdagi ana shu jihatlarni hisobga olmasak, qudratli, erkin, demokratik davlat 

qura olmaymiz”

2



                                            

1

 Karimov I.A. O'zbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari, 12 -bet 



2

 Karimov I.A. O'zbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari, 15 -bet 




10 

 

Haqiqatdan ham O’zbekiston Respublika o’z mustaqilligiga erishishi sharofati 



bilan  respublika  o’z  Konstitutsiyasi  va  boshda  qonunlari  orqali  yuqoridagi 

erkinliklarni  ta’minlashdan  tashqari  ularning  rasmiy  hujjatlar  orqali  kafolatladi. 

Bunday  erkinliklarsiz  vijdon  erkinligining  to’liq  ta’minlanishi  amri  mahol  bo’lar 

edi. 


Vijdon erkinligining tor ma’nosiga e’tibor beradigan bo’lsak, har bir xalqning 

dinga,  shu  jumladan  o’zbek  xalqining  islomga  va  uning  ta’limoti,  urf-odati  va 

marosimchiligiga  munosabati  tushuniladi.  Bunday  vijdon  erkiligi  avvalo  inson 

erkinligi, qolaversa uning qanday jamiyat tizimi va siyosati ostida yashayotganligi 

bilan  belgilanadi.  Masalan,  qizil  imperiya  davridagi  vijdon  erkinligiga  nisbatan 

qo’llangan  siyosat  bir  tomonlamali  bo’lganligi  uchun  inson  va  millat  erkinligi 

cheklangaligi oqibatida uni to’liq ta’minlash imkoniyati bo’lmadi.  

Respublikamizning  mustaqillikka  erishishi  vijdon  erkinligi  ilmiy  va  adolatli 

yo’lga qo’yishning real imkomiyatini vujudga keltirdi. 

Har  bir  kishiga  vijdon  erkinligi,  e’tiqod  erkinligi,  individual  e’tiqod  yoki 

ko’pchilik  bilan  xohlagan  dinga  e’tiqod  qilish  yoki  hech  qanday  dinga  e’tiqod 

qilmaslik kafolatlanadi. 

Kundalik  hayotda  vijdon  tushunchasining  yagona  ma’nosi  yo’q.  Har  xil 

odamlar (turli yoshga va ijtimoiy qatlamga tegishli) bu tushunchaga har xil ma’no 

berishga  urinadilar.  Bizning  nazarimizda,  ushbu  tushunchani  xarakteristikasini 

uyg’un tarz yoritadigan ta’riflardan bir nechtasi keltiramiz. 

Vijdon – bu ahloqiy ong, yaxshi va yomonga ichki ishonch, xatti-harakatlarini 

tarbiyaviy jihatdan baholash; o’z xatti-harakatlariga ahloqiy javobgarlik ongi; odob 

va axloq bilan o’zini tuta bilish qobiliyatini ko’rsata olishdir. Ushbu tushunchaning 

mazmun  va  mohiyati  ko’p  qirraligidan  kelib  chiqqan  holda  bu  termin  har  xil 

sohalarda  o’z  ta’rifini  to’pgan:  ijtimoiy-tarbiyaviy,  falsafiy,  huquqiy  va  odob-

ahloqiy. 

Huquqiy  mezonda  vijdon  tushunchasi,  “vijdon  erkinligi”  tushunchasi  bilan 

birga  keladi,  Xudoga  bo’lgan  munosabatda,  iymon  keltirish  erkinligi  —  xohlagan 




11 

 

dinga  e’tiqod  qilish  imkoniyati,  dinga  betaraf  munosabatda  bo’lish  yoki  dinni  rad 



etadigan, hech qaysi dinga ishonmaslik huquqi kabi tushunchalar bilan ko’rsatiladi. 

Vijdon  erkinligi  –  fuqaro  tomonidan  turli  diniy  qadriyatlardan  birini  tanlash 

erkinligini  o’zida  aks  ettiradi,  hamda,  uning  e’tiqod  erkinligidan  farqi,  diniy  va 

dinsiz ma’naviy qadriyatlardan birini tanlash erkinligidir. 

Vijdon va e’tiqod erkinligi quyidagilarni o’z ichiga oladi: 


Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish