3
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. O’zbekistan Republikasining suvereniteti va
huquqiy mustaqilligini e’lon qilinishi xalqimizning ko’p asrlik tarixida ulkan
voqea hisoblanadi. Sababi bu asriy orzuning ushalishi respublika xalqlari hayotida
ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-ma’naviy sohalarda tub o’zgarishlarni amalga oshirish
uchun real imkoniyatni vujudga keltirdi. Barcha sohalarda tub o’zgarishlar qilindi.
Xususan iqtisod deysizmi, sog’liqni saqlash, xizmat ko’rsatishmi deyarli barcha
sohalarda mustaqilligimiz sharofati ila juda ko’plab ishlar amalga oshirildi deb
bemalol, g’urur va faxr bilan ayta olamiz. Mustaqillikka erishganimizga hali juda
ko’p vaqt bo’lmadi, lekin shunga qaramay qisqa davr mobaynida mamlakatimiz
mustaqilligi talabiga javob beruvchi yangi qonunlar Oliy majlis tomonidan qabul
qilindi. Ularning ichida xalqimizning boy madaniy merosini tiklovchi hamda
ma’naviyatni yuksaltiruvchi, ayniqsa fuqarolarning ijtimoiy himoyalashga xizmat
qiluvchi qonunlar alohida ahamiyatga ega bo’ldi. Barcha sohalar singari
ma’naviyat va madaniyatda ham, xususan dinga bo’lgan e’tibor va adolatli
munosabatning bildirilishi vijdon erkinligini respublikada ilmiy asosga qo’yishga
xizmat qildi deb aytishimiz mumkin.
Respublikamizda demokratik va huquqiy davlat hamda fuqarolik jamiyatini
qurish jarayonida Prezidentimiz I.Karimov aytganidek, adolat kategoriyasi asos
qilib olinmoqda. Xalqimiz tarixidan ma’lumki, islom diniga e’tiqod qilgan
xalqlarda adolat g’oyasi davlatchilik negizlarini belgilagan. U “... islomiy qoidalar
va shariat mezonlarining poydevorini tashkil etgan. Biz tariximizdagi ana shu
jihatlarni hisobga olmasak, qudratli, erkin, demokratik davlat qura olmaymiz”
1
.
Bugungi ijtimoiy hayotimiz taraqqiyotida diniy qadriyatlardan foydalanish va
vijdon erkinligini tahlil etish va uning davlat tomonidan qanday kafolatlangani
jihatlarini ishlab chiqishni va o’rganishni talab etadi.
Bitiruv malakaviz ishining dolzarbligi masalasini quyidagicha tasniflashi
1
Karimov I.A O’zbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbollarining asosiy tamoyillari. – T.: O’zbekiston,
1996 13-bet
4
mumkin.
Birinchidan, Respublikamiz mustaqilligigacha bo’lgan davrda vijdon
erkinligi, din va umuman diniy tashkilotlar muammosiga bir tomonlama, ya’ni har
qanday din va diniy qarashlarni tanqid qilish nuqtai nazaridan yondoshilib kelingan
edi. Mustaqillik sharoitida kishilarda milliy ongning o’sishi, o’zligini anglashga
bo’lgan intilishi tezlashdi. Ayni paytda, xalqimizda o’z madaniy merosini tiklash
va undan foydalanish hamda milliy va diniy qadriyatlarni hayotga joriy etish
ishtiyoqi kun sayin o’sayotgan bir paytda O’zbekistan Republikasining “Vijdon
erkinligi va diniy tashkilotdar to’g’risida”gi qonunga rioya qilish va uning ilmiy
asoslarini ishlab chiqish muhim hisoblanadi.
Ikkinchidan, O’zbekistan Republikasining “Vijdon erkinligi va diniy
tashkilotlar to’g’risida”gi qonunining diniy tashkilotlar va fuqarolar uchun siyosiy-
g’oyaviy va ma’naviy asoslarini ko’rsatish bilan bu huquqlarning buzilishi qanday
salbiy oqibatlarga olib kelishi, respublikamizdagi demokratik jarayonga yangi
jamiyat bunyod etish ishiga putur yetkazishi mumkinligi jarayonlarini o’rganish
zaruriy vazifalardan biri hisoblanadi.
Uchinchidan, O’zbekiston Respublikasining mustaqilligini jahondagi yirik
mamlakatlar, xususan islom dini keng tarqalgan mamlakatlar tomonidan tan
olingani va diplomatik, siyosiy-iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy aloqalar o’rnatilgan bir
paytda, vijdon erkinligini hayotga tadbiq etish va uning ijtimoiy-siyosiy, madaniy
ahamiyatini tahlil etish xalqaro ahamiyatga molik maslalar ekanligini ilmiy
jihatdan asoslash zarur sanaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: