II-BOB. O`ZBEKISTONDA VIJDON ERKINLIGI KAFOLATLARINI
TASHKILIY-HUQUQIY TA’MINLASH
2.1. Vijdon erkinligini ta’minlovchi davlat organlari tizimi
Konstitutsiyamizning ikkinchi bo’lim VII bobi shaxsiy huquq va erkinlik deb
nomlanib, aynan vijdon erkinligi ham insonning shaxsiy huquq va erkinligi
qatoriga kirib ketadi. Avvalo, inson huquqi nima ekanligiga e’tibor beramiz.
Inson
huquqi – shaxsning hayotiy ehtiyoji,
yashashi,
komil
to’lishi
uning jamiyat, davlat va boshqa shaxslar bilan aloqasi uchun zarur bo’lgan
xususiyatlari. Inson huquqlari - insonning davlat bilan munosabatidagi huquqiy
maqomini, iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va madaniy sohalardagi imkoniyatlari hamda
da’volarini tavsiflovchi tushuncha. Inson huquqlarini erkin va samarali tarzda
amalga oshirish fuqarolik jamiyati va huquqiy davlatning asosiy belgilaridan
biridir. Inson huquqlarini mutlaq va nisbiy inson huquqlariga bo’lish qabul
qilingan. Yashash huquqi, qiynoqlarga, zo’ravonlikka, inson sha’nini yerga
uradigan boshqa xil muomalaga yoki jazoga duchor etilmaslik huquqi, shaxsiy
hayotning daxlsizligi huquqi, shaxsiy va oilaviy sir saklash huquqi, o’z sha’ni
hamda yaxshi nomini himoya etish huquqi, vijdon erkinligi va dinga e’tiqod qilish
huquqi, shuningdek, sud tomonidan himoya qilinish va odil sudlov huquqi hamda
shular bilan bog’liq eng muhim protsessual huquqlar mutlaq inson huquqlari
sirasiga kiradi. Qolgan hamma inson huquqlari nisbiy bo’lib, favqulodda yoki
harbiy holat tartibi joriy qilingan vaziyatda cheklab yoki to’xtatib qo’yilishi
mumkin. Demokratik davlatda mutlaq inson huquqlarini har qanday vaziyatda ham
cheklashga yoki vaqtincha to’xtatishga (bekor qilishga) yo’l qo’yilmaydi.
Mustaqillik ijtimoiy hayotning barcha sohalarida, jumladan, ma’naviy
hayotdagi yangilanish jarayonini, tub o’zgarishlar davrini boshlab berdi. Dinga
bo’lgan munosabat tubdan o’zgardi: sobiq sovet tizimining ateistik hujumkorlik
siyosatiga barham berildi, vijdon erkinligi qonun orqali kafolatlandi.
40
Din va dunyoviy davlat orasidagi munosabat haqida gap ketar ekan, eng
avvalo, dinning davlatdan ajratilishi tamoyili uning asosini tashkil etishini
ta’kidlash zarur. Bu haqda Konstitutsiyamizning 61-moddasida shunday
deyiladi: “Diniy tashkilotlar va birlashmalar davlatdan ajratilgan hamda qonun
oldida tengdirlar. Davlat diniy birlashmalarning faoliyatiga aralashmaydi”.
Mazkur moddada muhim qoidalar mustahkam qo’yilgan. Avvalo diniy
tashkilotlar qaysi konfessiyaga taalluqliligidan qat’i nazar, bir xil huquqiy
maydonda faoliyat olib boradi. Qolaversa, diniy birlashmalar faoliyatini tashkil
etish ularning ichki ishi hisoblanadi va davlat nazoratidan xolidir.
Shu bilan birga, diniy tashkilotlarning davlatdan ajratilgani dinning
jamiyatdan ajratilganini anglatmasligini ham ta’kidlash zarur. Bu fuqarolik
jamiyatida
din
o’z
mavqeiga
ega
bo’lishini
anglatadi.
Bu
ham
Konstitutsiyamizning amaldagi ijrosidan kelib chiqadigan mantiqiy xulosalardan
biridir. Aytish joizki, ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash, bunyodkor milliy
qadriyatlarimizni asrab-avaylash va xalqimizning haqiqiy ma’naviy surati va
siyratini belgilovchi fazilatlarni o’zida mujassamlashtirgan mehr-oqibat,
hamjihatlik, o’zaro yordam, keksalarga hurmat, sharqona odob-axloq, sharm-u
hayo kabi eng oliy insoniy tuyg’ularning tub mohiyatini anglash va ko’z
qorachig’idek e’zozlashda aynan diniy tashkilotlar va din arboblarining roli va
o’rni beqiyosligini bugun hech kim inkor etmaydi. Aksincha, bunday bunyodkor
faoliyat qizg’in qo’llab-quvvatlanmoqda. Buning sababi esa, Konstitutsiyamizda
ana shunday faoliyat uchun mustahkam huquqiy zamin yaratib berilganidadir.
Din va dunyoviy davlat munosabatini belgilab beruvchi boshqa bir
tamoyilnig mazmuni din sohasida kechayotgan o’zgarishlarni xolis va ilmiy
o’rganish va shundan kelib chiqib, ijobiy jarayonlar rivojiga yanada kengroq
imkoniyat yaratish, salbiy holatlarning oldini olishda namoyon bo’ladi.
Davlatning dinga bo’lgan munosabatini ifodalovchi boshqa bir tamoyil
shundan iboratki, davlat dinni xalq ma’naviyatining uzviy qismi sifatida tan
41
oladi. Shundan kelib chiqib, uning rivoji uchun tegishli shart-sharoit yaratishga
harakat qiladi.
I.A.Karimovning quyidagi so’zlarida bu tamoyil o’zining yorqin ifodasini
to’gan: “Mamlakatimizni demokratik tamoyillar, ilm-fan yutuqlari, yuksak
texnologiyalar asosida modernizatsiya qilish bilan birga, muqaddas dinimizni,
milliy o’zligimizni asrab-avaylab yashashni maqsad qilib qo’yganmiz”. Bu
fikrlar hayotiy voqelikka aylanmoqda.
Davlat va din munosabatlarining yana bir asosiy xususiyati bu dinning
siyosatga aralashmasligidir. Zero, har qanday din, birinchi o’rinda ma’naviy-
axloqiy jihatni o’z ichiga oladi.
Hech qaysi din o’zida xalqning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy
hayotning barcha jihatlarini qamrab olishga da’vogarlik qilmaydi. Aks holda u
din bo’lmay qoladi.
E’tirof etish lozimki, har qanday diniy e’tiqod kabi islom ham barcha
davrlarda, shu jumladan, dahriylik keng targ’ib etilgan sho’ro tuzumi zamonida
ham, ijtimoiy munosabatlar va ma’naviy-ruhiy hayotga o’z ta’sirini o’tkazib
turgan muhim omillardan biri bo’lib qolavergan. Ijtimoiy munosabatlar va
ma’naviy-ruhiy hayotning uyg’unligi esa, har qanday jamiyatning ichki siyosiy
barqarorligini belgilovchi asosiy omillardan ekani sir emas. Shu nuqtai nazardan
qaraganda, din va siyosat o’rtasidagi muayyan bog’liqlikni inkor etib bo’lmaydi.
Buning sababi esa islom xalqimizning ongu shuuri va mentalitetiga shu qadar
singib ketganidadir. Prezident I.Karimov ta’kidlaganidek, “...uni hech qanday
kuch, hech qanday tashviqot bilan chiqarib bo’lmaydi”
1
.
Bundan kelib chiqadigan mantiqiy xulosa shuki, islom dini va
musulmonchilik degan tushuncha bizning mintaqamiz uchun faqat o’tmish va
bugun tajribasigina bo’lib qolmasdan, u kelajak voqeligi hamdir. Islomning
jamiyat hayotidagi roli tom ma’nodagi hurfikrlilik qaror to’ayotgan mustaqillik
1
I.Karimov I.A. O'zbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari, 11 -bet
42
davrida o’zini yanada yaqqolroq namoyon etayotgani ham shunday xulosa
chiqarishga asos bo’ladi.
Insonning o’z erkinliklari, huquqlari va manfaatlari uchun davom etgan uzoq
kurashi umuminsoniy ahamiyat darajasiga ko’tarilgan quyidagi me yoriy-huquqiy
hujjatlarda o’zining moddiy ifodasini to’gan:
Erkinlikning buyuk xaritiyasi (1215 yil);
Huquq to’g’risidagi Petitsiya (1628 y);
Habeas Corpus Act (1679 yil);
Huquqlar to’g’risidagi bill (1689 yil);
Amerika Virginiyasi huquqlari Deklaratsiyasi (1776 yil);
Amerika Qo’shma Shtatlarining mustaqillik Deklaratsiyasi (1776 yil);
Fransuz inson va fuqaro huquqlari Deklaratsiyasi (1789 yil);
Inson huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasi (1948 yil);
Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to’g’risida xalqaro Pakt (1996
y) va boshqalar.
Inson Huduqlari barcha insonlarning umumbashariy va ajralmas huquqlari
bo’lib, qaysidir davlatga, millatga, fuqarolikka yoki dinga tegishli bo’lmasin
hamma uchun bir xildir. Inson huquqlari insonlarga berilgan imtiyoz bo’lib u
dunyoning ko’pchilik taraqqiy etgan mamlakatlarida qonunlar, konstitutsiyaviy
qadriyatlar normalari yoki xalqaro konventsiyalar orqali tan olingan.
Vijdon erkinligi insonning mutloq huquqi ekanligini bilib oldik, endi esa
ushbu huquqni ta’minlovchi, kafolatlovchi davlat organlari faoliyati haqida
qisqacha ma’lumotlar berib o’tamiz.
Vijdon erkinligini ta’minvolvchi davlat organlari qatoriga O’zbekiston
Resbublikasi Vazirlar Mahkamasi, Vazirlar Mahkamasi tarkibidagi Diniy ishlar
bo’yicha Qo’mita, Adliya Vazirligi, Musulmonlar idorasi hamda qo’shimcha
tariqasida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo’yicha vakili (Ombudsman),
O’zbekiston Resbublikasining Inson huquqlari bo’yicha Milliy markaz va shu kabi
boshqa bir qanchasini keltirib o’tishimiz mumkin.
43
Dastlab, mamlakatning hokimiyatlar bo’linishiga ko’ra ijro hokimiyatini
amalga oshirib kelayatgan Vazirlar Mahkamasi haqida so’z yuritamiz.
Vazirlar Mahkamasi iqtisodiyot, ijtimoiy va ma’naviy sohalarning samarali
faoliyat ko’rsatishiga, qonunlar ijro etilishiga, Oliy Majlisning qarorlari,
O’zbekiston Resbublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari
bajarilishiga rahbarlikni ta’minlovchi O’zbekiston Resbublikasining ijro etuvchi
hokimiyat organi hisoblanadi. Vazirlar Mahkamasi o’z faoliyatini O’zbekiston
Resbublikasining 1993-yil 6-maydagi(yangi tahririda 2003-yil 29-avgust)
“O’zbekiston
Resbublikasining
Vazirlar
Mahkamasi
to’g’risida”gi
Qonuniga muvofiq olib boradi.Vazirlar Mahkamasi davlat boshqaruvi organlari
tizimiga va o’zi tashkil etadigan xo’jalik boshqaruvi organlari tizimiga boshchilik
qiladi, ularning hamjihatlik bilan faoliyat ko’rsatishini ta’minlaydi.Vazirlar
Mahkamasi O’zbekiston
Resbublikasi tasarrufiga
oid
bo’lgan, O’zbekiston
Resbublikasi Konstitutsiyasi va mazkur Qonunga muvofiq o’zining vakolatiga
kiruvchi davlat va xo’jalik boshqaruvining barcha masalalarini hal etishga haqlidir.
Vazirlar
Mahkamasi
o’z
faoliyatida
kollyegiallik,
demokratiya
va
qonuniylik, O’zbekiston Resbublikasida yashovchi barcha millatlar va elatlarning
manfaatlarini hisobga olish tamoyillariga asoslanadi. Vazirlar Mahkamasi
amaldagi qonunchilikka muvofiq O’zbekiston Resbublikasining barcha hududidagi
fuqaro, rahbar xodim, korxona, tashkilot, birlashma va barcha organlar tomonidan
bajarilishi majburiy bo’lgan qaror va farmoyishlar chiqaradi.
Vazirlar Mahkamasi o’z vazifalarini amalga oshirishda quyidagi vakolatlarga
ega:
Iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy jarayonlarni boshqaradi: mulkchilikning barcha
shakllarini
uyg’unlashtirish
va
ularning
tengligi,
iqtisodiyotni
monopoliyalashtirishdan chiqarish, bozor iqtisodiyotining huquqiy mexanizmini
ro’yobga chiqarish asosida erkin tadbirkorlik uchun shart-sharoitlar yaratadi;
xo’jalik yuritishning yangi shakllari — konsernlar, konsortsiumlar,
tarmoqlararo birlashmalar, turli uyushmalar va boshqa ana shunday tashkilotlarni
44
bar’o etishga va mustahkamlashga ko’maklashadi, xalq xo’jaligi va aholi
talablarini qondirish zaruriyatidan kelib chiqqan holda ular faoliyatini yo’naltiradi
va muvofiqlashtiradi;
O’zbekiston Resbublikasida pul va kredit tizimini mustahkamlash chora-
tadbirlarini amalga oshirishga ko’maklashadi, yagona narx siyosatini o’tkazish,
mehnatga haq to’lash miqdorining belgilangan kafolatlarini va ijtimoiy ta’minot
darajasini ta’minlash chora-tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
respublika byudjetini, shuningdyek, O’zbekiston Resbublikasini iqtisodiy
va ijtimoiy rivojlantirish istiqbollarini va eng muhim dasturlarini ishlab chiqishni
va ularning ijrosini tashkil etadi;
boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish, O’zbekiston Resbublikasi
vazirliklari, davlat qo’mitalari, idoralari, davlat va xo’jalik boshqaruvining boshqa
organlarini tuzish, qayta tashkil etish va tugatish to’g’risidagi takliflarni ishlab
chiqadi;
fan va texnikani rivojlantirish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va
ularni muhofaza qilish chora-tadbirlarini amalga oshiradi;
fuqarolarni ijtimoiy va huquqiy himoya qilish, ularning mehnat qilish
huquqini ta’minlash chora-tadbirlarini ko’radi, ijtimoiy ta’minot tizimini
takomillashtiradi;
sog’liqni saqlash, xalq ta’limini rivojlantirish va takomillashtirishning
asosiy yo’nalishlarini belgilaydi, madaniyatni rivojlantirishga ko’maklashadi;
O’zbekiston Resbublikasining davlat xavfsizligini va mudofaa qudratini
oshirish, davlat chegaralarini qo’riqlashni ta’minlash, davlat manfaatlarini himoya
qilish, jamoat tartibini saqlash, fuqarolarning huquqlari va erkinligini ta minlash
va himoya qilish chora-tadbirlarini amalga oshirishga ko’maklashadi;
davlat boshqaruv organlarining tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini
birgalikda o’tkazish hamda respublika va xalqaro ahamiyatga ega bo’lgan yirik
ekologik dasturlarni amalga oshirish borasidagi ishlarini muvofiqlashtiradi, katta
45
avariyalar va falokatlarning, shuningdyek, tabiiy ofatlarning oqibatlarini tugatish
chora-tadbirlarini ko’radi;
O’zbekiston Resbublikasining xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardagi
vakilligini ta’minlaydi, hukumatlararo shartnoma va bitimlar tuzadi, ularni bajarish
chora-tadbirlarini ko’radi;
tashqi iqtisodiy faoliyat, ilmiy-texnikaviy va madaniy hamkorlik sohasida
rahbarlikni amalga oshiradi
1
.
Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasi o’z vakolatlarini amalga oshirish bilan
bir qatorda, Vazirlar Mahkamasi vazirliklar, davlat qo’mitalari, idoralar hamda
davlat va xo’jalik boshqaruvining boshqa organlari ishini muvofiqlashtirib hamda
yo’naltirib boradi. Vazirliklar, davlat qo’mitalari, idoralar hamda davlat
boshqaruvining boshqa organlari haqidagi nizomlar Vazirlar Mahkamasi
tomonidan tasdiqlanadi. Vazirlar Mahkamasi vazirliklar, davlat qo’mitalari,
idoralar
hamda
O’zbekiston
Resbublikasi
Davlat
byudjeti
hisobidan
ta’minlanadigan davlat boshqaruvi boshqa organlarining markaziy devoni
xodimlari sonini va ular ta’minotiga ajratiladigan mablag’lar miqdorini belgilaydi.
Vijdon erkinligi ta’minlashda va diniy ishlarni olib borishda Vazirlar
Mahkamasi huzuridagi Diniy ishlar bo’yicha Qo’mitani alohida keltirishimiz
mumkin.
O’zbekiston Resbublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari
bo’yicha qo’mita O’zbekiston Resbublikasi Prezidentining 1992-yil 7-martdagi
“O’zbekiston Resbublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo’yicha
qo’mitani tashkil etish to’g`risida”gi Farmoniga muvofiq tashkil etilgan bo’lib, har
bir shaxsning vijdon va diniy e’tiqod erkinligi huquqi, fuqarolarning dinga bo’lgan
munosabatidan qat’iy nazar tengligini ta’minlash, shuningdek, diniy tashkilotlar
faoliyati bilan bog`liq munosabatlarni tartibga solish sohasidagi vazifalarni hal
etish vakolati berilgan davlat boshqaruvi organi hisoblanadi. Din ishlari bo’yicha
qo’mita o’z faoliyatida O’zbekiston Resbublikasi Konstitustiyasiga va qonunlariga,
1
O’zbekiston Respublikasi Оliy Маjlisining Ахborotnomasi, 2003 y., 9-10-son, 138-moddа
46
O’zbekiston Resbublikasi Oliy Majlisining qarorlari va boshqa hujjatlariga,
O’zbekiston Resbublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga,
O’zbekiston Resbublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga,
shuningdek, o’z Nizomiga amal qiladi.
Din ishlari bo’yicha qo’mita o’z faoliyatini davlat boshqaruvining boshqa
organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, jamoat birlashmalari va boshqa
tashkilotlar bilan o’zaro hamkorlikda amalga oshiradi. Quyidagilar Din ishlari
bo’yicha qo’mitaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda vijdon erkinligi
va diniy tashkilotlar to’g`risidagi qonun hujjatlariga muvofiq diniy masalalarni hal
qilishda yagona siyosatni amalga oshirish;
davlat organlarining respublika hududida joylashgan diniy tashkilotlar
bilan o’zaro aloqasi va hamkorligini ta’minlash;
davlat siyosatida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro’yxatdan
o’tkazilgan diniy tashkilotlar manfaatlarini aks ettirish.
Din ishlari bo’yicha qo’mita unga yuklangan vazifalarni bajarish uchun
quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
davlat organlarining diniy tashkilotlar bilan o’zaro munosabatlarini
muvofiqlashtiradi hamda vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g`risidagi qonun
hujjatlarining ijrosi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
diniy tashkilotlar, shuningdek xorijiy diniy tashkilotlar bilan o’zaro
munosabatlarga doir diniy masalalar bo’yicha ishlarni olib boradi;
diniy tashkilotlar iltimosiga ko’ra ularning davlat organlari bilan
o’zaro aloqalariga ko’maklashadi va hal etilishi talab qilinadigan masalalar
bo’yicha zarur yordam ko’rsatadi;
diniy tashkilotlar va ularning a’zolari o’rtasida o’zaro bir-birini
tushunishni va sabr-toqatlilikni mustahkamlash siyosatini o’tkazadi, ushbu borada
tashkilotchilik ishlarini amalga oshiradi;
47
O’zbekiston Resbublikasi Hukumatining topshirig`iga ko’ra vijdon
erkinligiga va diniy tashkilotlar faoliyatiga taalluqli normativ-huquqiy hujjatlar
loyihalarini ishlab chiqishda qatnashadi;
diniy
ta’lim
muassasalari
faoliyati
belgilangan
tartibda
listenziyalanishi, listenziatlar tomonidan listenziya talablari va shartlariga rioya
etilishi ustidan nazoratni tashkil qiladi, listenziyalar reestrini yuritadi;
respublika doirasida va chet ellarda diniy tashkilotlar o’rtasida
aloqalar o’rnatilishini tashkil qiladi;
O’zbekiston Resbublikasi fuqarolarining mamlakat tashqarisidagi
muqaddas joylarga borishini, shu jumladan Haj va Umra ziyoratini amalga
oshirishini, fuqarolarni diniy o’quv yurtlarida ta’lim olish, malaka oshirish va
tajriba almashish uchun chet ellarga yuborishni, xorijiy fuqarolarni o’qishga qabul
qilishni, xalqaro anjumanlar o’tkazilishini tashkil qiladi;
diniy tashkilotlar va O’zbekiston Resbublikasida diniy adabiyotlar
nashr qiluvchi nashriyotlar to’g`risidagi axborotlarni yig`ishni ta’minlaydi;
respublikada chiqariladigan yoki chet ellardan keltiriladigan diniy
tusdagi mahsulotlarni (matbuot va elektron nashrlarni, audio, video kassetalarni,
CD, DVD va boshqa disklarni) ekspertizadan o’tkazadi va mazkur faoliyatni
muvofiqlashtiradi.
Din ishlari bo’yicha qo’mita o’ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni
bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
vazirliklar, davlat qo’mitalari, idoralardan, shuningdek mahalliy
davlat hokimiyati organlaridan "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g`risida"gi
Qonunning hamda dinga taalluqli boshqa qonun hujjatlarining ijrosi masalalariga
doir ma’lumotlar va materiallarini so’rash va olish;
o’z vakolatlari doirasida diniy tashkilotlarning, shu jumladan diniy
o’quv yurtlarining faoliyatini, ularning o’quv jarayoni va dasturlarini, o’quv-
tarbiyaviy ishlarini, fanlar bo’yicha o’quv rejalarini, diniy mavzudagi ilmiy-
48
tadqiqot ishlarini muvofiqlashtirish, ularga ushbu faoliyatni amalga oshirishda
tashkiliy, huquqiy, metodik yordam ko’rsatish;
diniy tashkilotlar rahbarlaridan zarur axborotlarni belgilangan tartibda
talab qilish, shuningdek ular tomonidan o’tkaziladigan ularning o’z faoliyati bilan
bog`liq tadbirlarda qatnashish.
Din ishlari bo’yicha qo’mita Respublikada joylashgan diniy tashkilotlar bilan
mustahkam o’zaro hamkorlik qilish, turli diniy konfessiyalar faoliyatida yordam
ko’rsatish, jamiyatda dinlararo va millatlararo tinchlik va totuvlikni ta’minlash
yuzasidan takliflar va chora-tadbirlar ishlab chiqadi.
Konfessiyalararo muloqot madaniyatini rivojlantirish uchun Din ishlari
bo’yicha qo’mita huzurida Konfessiyalar ishlari jamoatchilik kengashi tashkil
etilgan bo’lib, uning tarkibiga respublikadagi ko’p sonli diniy konfessiyalar
etakchilari kirgan. Respublika hududida istiqomat qilayotgan va 15 xil
konfessiyalarga mansub bo’lgan 130 dan ortiq millat va elatlarning mavjudligi
davlat va hukumatning diniy sohaga bo’lgan e’tiborini yanada oshiradi. Mustaqil
O’zbekiston Respublikasining qonunchiligi xalqaro huquq normalari shartlariga
to’liq javob bera oladigan huquqiy poydevor yaratgan. O’zbekistonda, Respublika
Konstitustiyasida qayd etilganidek, fuqarolarning vijdon va e’tiqod erkinliklari
masalalariga alohida ahamiyat qaratilib kelinmoqda hamda ularga diniy ta’lim
olish, xayriya ishlarini olib borish, ziyoratlar tashkil etish, turli konfessiyalar
orasida muloqot o’tnatishda teng huquqlar berilgan.
Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasida O’zbekiston musulmonlari
idorasi, Qoraqalpog`iston musulmonlari qoziyoti, Toshkent Islom instituti, 9
madrasa va 2038 masjid faoliyat olib bormoqda. O’zbekiston musulmonlari idorasi
islomiy tashkilotlarning markaziy boshqaruv organi bo’lib, musulmonlarni
ma’naviy birlashtirish, Respublika fuqarolariga ma’naviy ko’mak va xayriya
ishlarini tashkil etish bilan shug`ullanadi. O’zbekiston musulmonlari idorasi
fuqarolarga diniy ahkomlarni emin-erkin amalga oshirishlari, musulmonlar birligi
va yakdilligining kuchaytirilishi, Respublikada konfessiyalararo munosabatlarning
49
ishlab chiqilishi va olib borilishi yuzasidan faoliyat olib boradi. Respublikadagi
diniy tashkilotlarning ehtiyojlarini qondirish maqsadida O’zbekiston musulmonlari
idorasi tasarrufida Toshkent Islom instituti va o’rta maxsus islom bilim yurtlari -
madarasalar ochilgan. O’zbekiston musulmonlari idorasi oyda ikki marta
chiqadigan “Islom nuri” gazetasi va oylik “Hidoyat” jurnallarini chop etadi, idora
huzurida mustaqil “Movarounnahr” nashriyoti faoliyat olib boradi. O’zbekiston
Resbublikasi hududida, shuningdek, 15 konfessiyaga taalluqli bo’lgan 158 ta
noislomiy diniy tashkilotlar, shu jumladan, pravoslav, katolik, lyuteran, ba’tist,
to’liq injilchi, adventist va boshqa xristian cherkovlari, buxoro va yevropa
yahudiylari, bahoiylar, krishnachilar va buddaviylar jamoalari ham faoliyat olib
bormoqda. Respublika Hukumatining barcha xalqaro huquq normalariga javob
beradigan O’zbekiston Resbublikasi qonunchiligi asosida olib borayotgan siyosati
natijasida respublika hududida osoyishtalik, dinlararo va millatlararo birlik hamda
fuqarolar
vijdon
va e’tiqod erkinligi
haq-huquqlarining kafolatlatnishi
ta’minlangan. Masjidlar, cherkovlar va ibodat uylarining qurilishi, ularning davlat
ro’yxatiga olinishi mahalliy hokimiyatlar, o’z-o’zini boshqarish organlari va adliya
idoralari tomonidan amalga oshiriladi. Diniy o’quv yurtlari O’zbekiston
Resbublikasi Adiya vazirligidan ro’yxatdan o’tishi shartdir.
Xullas, respublikamizda diniy ehtiyojlar bosqichma-bosqich qondirilmodda
diniy faoliyat maqsulotlarini realizatsiya qilish, ularga dindorlar tomonidan amal
qilinishi “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar” to’g’risidagi qonun orqali - uni
hayotga tatbid etish ordali yuz bermoqda.
50
Do'stlaringiz bilan baham: |