Toshkent davlat yuridik instituti o. T. Xusanov



Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/236
Sana26.05.2022
Hajmi2,53 Mb.
#609208
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   236
Bog'liq
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsyiyaviy huquqi (2)

 
 


47 
§ 6. Konstitutsiyalarning turlari. 
Konstitutsiyalar taraqqiyotning turli davrlarida va alohida sharoitlarda 
vujudga kelganligi sababli ularning turlari ham xilma-xildir. Ularning turlanishiga 
shakli, qabul qilinish tartibi, amal qilishi va boshqalar ta'sir qiladi. 
Eng avvalo Konstitutsiyalar yozilgan va yozilmagan Konstitutsiyalarga 
bo„linadi. Aksariyat mamlakatlarning konstitutsiyalari alohida tartibda qabulq 
ilingan, yagona hujjat tartibida mavjud bo„lgan Konstitutsiya bo„lib, ular yozilgan 
konstitutsiya deb e'tirof etiladi.
Ayrim mamlakatlarda Konstitutsiyalar yagona hujjat shaklida bo„lmay, turli 
munosabatlarni tartibga soluvchi turli hujjatlar qabul q ilingan bo„lib, ular ham 
konstitutsiya hisoblanadi. Hatto konstitutsiyaviy kelishuv hujjatlari, odatlar ham 
Konstitutsiya hisoblanadi. Bunday mamlaktlar Konstitutsiyalari yozilmagan 
Konstitutsiya deb hisoblanadi. (Buyuk Britaniya, Shvetsiya va hokazo). Bunday 
mamlakatlarning konstitutsiyalari ham kuchli konstitutsiyaviy tuzum bo„lishini 
ta'minlanmoqda. 
Konstitutsiyalar yana qabul qilinish tartibiga qarab ham turlanadi. 
Asosan Konstitutsiyalar ligitim vosita orqali, ya'ni ko„pchilik e'tirof etgan 
yo„llar bilan qabul qilinishi mumkin, xalq tomonidan (referendum yo„li bilan) 
qabul qilinishi – Rossiya, Fransiya Konstitutsiyalari, Konstitutsiya qabul qilish 
uchun maxsus chaqirilgan ta'sis majlisi tomonidan qabul qilinishi AQSH, Italiya, 
Hindiston konstitutsiyalari, yoki qonunchilik organi – Parlament tomonidan qabul 
qilinishi 
mumkin 
(O„zbekiston 
Konstitutsiyasi). 
Ayrim 
mamlakatlar 
Konstitutsiyalari oldin parlamentda qabul qilinib, keyin referendum orqali qabul 
qilingan (Ispaniya Konstitutsiyasi). Bunday tartibda qabul qilingan Konstitutsiyalar 
had'ya qilinmagan Konstitutsiyalar hisoblanib, ularni qabul qilish tartibi 
demokratik hisoblandi. Jahon Konstitutsiyaviy tajribasida kam uchrasada oktroir 
(yuqoridan had'ya qilingan) Konstitutsiyalar ham uchraydi. O„z davlati uchun 
monarx-davlat boshlig„i tomonidan had'ya qilingan konstitutsiya bunga misol 
bo„ladi. Yaponiya imperatori tomonidan xad'ya qilingan Konstitutsiya xad'ya 


48 
qilingan Konstitutsiyadir. Oktroir Konstitutsiyalarining ikkinchi guruhiga 
mustamlakachi davlat o„z mustamlakasiga mustaqillik berayotganda qabul qilingan 
konstitutsiyalarni keltirish mumkin. Buyuk Britaniya o„z qaramog„idagi ko„pgina 
davlatlarga Konstitutsiya hadya qilgan. 
Konstitutsiyalarni mamlakt dohiysi, yo„lboshchisi nomi bilan atash ham 
tajribada ma'lum. 1936-yilgi SSSR Konstitutsiyasi Stalin Konstitutsiyasi, 1977-
yilgi SSSR Konstitutsiyasi – Brejnev Konstitutsiyasi, 1993 yilgi Rossiya 
konstitutsiyasi yelsin Konstitutsiyasi deb ham ataladi. Sababi shu yo„lboshchilar 
konstitutsiya qabul qilishda yetakchi rol o„ynagan. 
Konstitutsiyaga o„zgartirish kiritish tartibiga qarb yumshoq va qattiq 
konstitutsiyalarga bo„linadi. “Yumshoq” konstitutsiyaga o„zgartirish kiritish tartibi 
oddiy qonunga o„zgartirish kirish tartibiga o„xshagan bo„ladi.
“Qattiq” Konstitutsiyaga o„zgartirish kiritishda murakkab tartib o„rnatilgan. 
Masalan shunday taklif tushgandan so„ng muhokama uchun ma'lum vaqt ajratiladi, 
o„zgartirish kiritish uchun mutlaq ko„pchilik ovozi talab etiladi, agar Konstitutsiya 
federativ davlat Konstitutsiyasi bo„lsa, o„zgartirishni federatsiya sub'ektlari ham 
maqullashi talab etiladi. 
AQSH Konstitutsiyasini haqiqatdan qattiq Konstitutsiya desa bo„ladi. Uni 
qabul qilinganligiga 225-yil o„tgan bo„lsa unga bor yo„g„i 27 qo„shimcha 
kiritilgan, uni ham 10 tasi dastlabki ikki yilda 1787-89-yillarda kiritilgan. 
Rossiya Konstitutsiyasi ham qattiq Konstitutsiya hisoblanadi. O„zbekiston 
Konstitutsiyasiga o„zgartirish kiritish uchun oddiy qonunlarga nisbatan ancha 
murakkab tartib o„rnatilgan. 
Bundan tashqari Konstitutsiyalarni vaqtincha va doimiy konstitutsiyalarga 
bo„lish mumkin. Vaqtincha konstitutsiyalar o„tish davrida, ko„pincha davlat 
to„ntarishlaridan keyin qabul qilinadi va ma'lum vaqt faoliyat ko„rsatadi. Doimiy 
Konstitutsiyalar muddati yo„q uzoq vaqt davomida amalda bo„ladi. AQSH 
Konstitutsiyasi hozir IV asr yuzini ko„rgan eng keksa konstitutsiyadir. 
Shunday qilib Konstitutsiya turlari: yozilgan va yozilmagan; hadya 
qilinmagan (ligitim usulda qabul qilingan) va hadya qilingan (oktroir); qattiq va 


49 
yumshoq; vaqtincha va doimiy turlarga bo„linadi. 

Download 2,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish