Toshkent davlat yuridik instituti o. T. Xusanov


§ 5. Konstitutsiya qonunchilik asosi



Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/236
Sana26.05.2022
Hajmi2,53 Mb.
#609208
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   236
Bog'liq
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsyiyaviy huquqi (2)

§ 5. Konstitutsiya qonunchilik asosi. 
Konstitutsiyaning yuridik xususiyatlaridan biri sifatida uning boshqa 
huquqlar uchun baza asos bo„lishi ko„rsatilgan edi. Qonun huquq ifodalanadigan 
asosiy hujjatlardan biri bo„lganligi sababli, uning vujudga kelishida ham 
Konstitutsiyani asos, baza deb hisoblashimiz mumkin. 
Eng avvalo shunga e'tibor berish kerakki, qabul qilinadigan qonunlar 
Konstitutsiyaga zid bo„lmasligi kerak. Bu qonunlarni yaratishdagi asosiy prinsip. 
Ikkinchidan, qabul qilinadigan qonunlar konstitutsiya normalariga tayanishi, uni 
hayotga tatbiq qilishni nazarda tutishi, Konstitutsiyada nazarda tutilgan qoidani 
yanada to„laroq tartibga solishni maqsad qilishi shart. 
Masalan, Konstitutsiyaning 37-moddasi: “Har bir shaxs mehnat qilish, erkin 
kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko„rsatilgan tartibda 
ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir” deb belgilangan. Bu mehnat 
munosabatlarining asoslarigina hisoblandi, mehnat munosabatlari shular bilangina 
tugamaydi. Ular juda keng. Endi shu asosiy mehnat munosabatlaridan kelib 


46 
chiqadigan boshqa munosabatlar mehnat qonunlari bilan tartibga solinadi. Demak 
Konstitutsiya mehnat qoinunini yaratish uchun asos bo„ldi. 
Xuddi shuningdek, Konstitutsiyada belgilangan ijtimoiy ta;minot olish 
masalasi, tibbiy xizmatdan foydalanish, bilim olish masalalari yoki atrof tabiiy 
muhitga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo„lish masalasi, harbiy xizmat o„tash 
burchlari ham har tomonlama tartibga soluvchi qonunlar bo„lishini taqozo qiladi. 
Konstitutsiyaning ko„pchilik moddalarida esa shu masala qonun bilan 
tartibga solinishi tartibi aniq ko„rsatib qo„yilgan. Masalan, referendum masalasini 
belgilagan 9-modda, fuqarolik masalasini belgilagan 21-modda, fuqarolarning 
murojaat qilishi haqidagi 35-modda, Prezident saylovlariga taalluqli 90-modda, 
Vazirlar Mahkamasiga taalluqli 98-modda, mahalliy hokimiyat organlari 
faoliyatiga taalluqli 102, 103-moddalar, o„zini o„zi boshqarish organlari faoliyatiga 
taalluqli 105-modda, saylov tizimiga taalluqli 117-modda, Prokuratura faoliyatiga 
taalluqli 119-modda, qurolli kuchlar faoliyatiga taalluqli 125-moddalarida shu 
masalalar qonun bilan tartibga solinishi ko„rsatib o„tilgan. 
Konstitutsiya qonunchilik asosi deganda Konstitutsiyaning o„zida qonun 
qabul qilish va e'lon qilish jarayoni asoslari belgilab qo„yilganligini ham ko„rsatish 
mumkin.
Konstitutsiyaning 78-moddasida Oliy Majlis qonun chiqaruvchi hokimiyatni 
amalga oshirishi belgilab qo„yilgan. 83-moddasida qonunchilik tashabbusiga ega 
sub'ektlar doirasi belgilangan va 84-moddada qonun yaratish jarayoni 
mustahkamlangan. Unga asosan, qonun Qonunchilik palatasi tomonidan qabul 
qilinib, Senat tomonidan ma'qullanib, Prezident tomonidan imzolanib, e'lon 
qilingach kuchga kiradi. Qonunlar oddiy ko„pchilik ovoz bilan, konstitutsiyaviy 
qonunlar mutloq ko„pchilik ovoz bilan (O„zbekistonda uchdan ikki qism ovoz 
bilan) qabul qilinadi.
Qonun qabul qilish jarayoni keng ravishda darslikni boshqa mavzularida 
bayon qilinadi. 

Download 2,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish