Toshkent davlat yuridik instituti o. T. Xusanov


§ 4. Konstitutsiyaning amal qilishi va uni himoyalash



Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/236
Sana26.05.2022
Hajmi2,53 Mb.
#609208
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   236
Bog'liq
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsyiyaviy huquqi (2)

§ 4. Konstitutsiyaning amal qilishi va uni himoyalash



43 
Mamlakatning taraqqiyoti Konstitutsiyaviy tuzum barqarorligiga, u esa 
Konstitutsiyani amal qilishiga to„g„ridan-to„g„ri bog„liq. Fuqarolarning qonunlarga 
itoatkorligi bu yerda muhim rol o„ynaydi. Lekin jamiyatdagi barcha fuqarolar ham, 
ba'zida ayrim guruhlar ham Konstitutsiyaga amal qilavermaydilar. Natijada 
ularning faopliyati Konstitutsiyaga xavf tug„diradi. Ayrim vaqtlarda bunday xavf 
davlat organlari, mansabdor shaxslar tomonidan ham bo„lishi mumkin. Agar ular 
Konstitutsiyaga amal qilmasa, uning doirasidan chiqib ketsa. 
Konstitutsiyaning 15-moddasida shu maqsaddan kelib chiqib, shunday hol 
bo„lmasligi uchun “Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat 
birlashmalari, fuqaroalr Konstitutsiyaga muvofiq ish ko„radilar”, – deb qat'iy 
belgilab qo„yilgan. Konstitutsiyani buzish, unga amal qilmaslik, davlatchilik 
asoslarini buzadi, fuqarolar o„rtasida ishonchsizlikni vujudga keltiradi. Bu esa 
inson huquqlarini buzishilishiga, oqibatda davlat to„ntarishiga olib keladi. 
Shuning uchun davlatlar Konstitutsiya qabul qilish bilan cheklanmay, unga 
amal qilishni ta'minlash choralarini ko„radilar. Bu birinchi navbatda 
Konstitutsiyalarda ularning normalari hamma uchun birday amal qilishini belgilab 
qo„yilganligida ko„rinadi. Agar O„zbekiston Konstitutsiyasining 15-moddasida 
Konstitutsiyaga amal qilish davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat 
birlashmalari, fuqarolar uchun shartligi belgilangan bo„lsa, Konstitutsiyaning 47-
moddasida “Barcha fuqarolar Konstitutsiyada belgilab qo„yilgan burchlarni 
bajaradilar”, 48-moddada “Fuqarolar Konstitutsiya va qoidalarga rioya etishga, 
boshqa kishilarning huququlari, erkinliklari, sha'ni va qadr-qimmatini hurmat 
qilishga majburdirlar” deb belgilangan.
Konstitutsiyaga amal qilmaganlik uchun javobgarlik mavjud bo„lib, 
Konstitutsiyani qo„pol va xavfli buzishlar uchun jinoiy javobgarlik ham 
belgilanadi. Deyarli barcha mamalaktlarda hokimiyatni zo„rlik bilan egallash 
uchun harakat qilish, hokimiyatni kuch ishlatib yiqitish uchun da'vat qilish 
harakatlari jinoiy harakat, konstitutsiyaviy tuzumga qarshi harakat, Konstitutsiyani 
buzish deb qoralanib, ularga nisbatan jazo belgilanadi. 
Konstitutsiyalarda Konstitutsiyani himoya qilish vazifalari belgilab 


44 
qo„yiladi. 
Konstitutsiyamizning 57-moddasida “Konstitutsiyaviy tuzumni zo„rlik bilan 
o„zgartirishni maqsad qilib qo„yuvchi, respublikaning suvereniteti, xavfsizligi va 
yaxlitligiga, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq erkinliklariga qarshi chiquvchi, 
urushni, ijtimoiy va milliy, irqiy va diniy adovatni targ„ib qiluvchi, xalqning 
sog„lig„i va ma'naviyatiga tajovuz qiluvchi, shuningdek harbiylashtirilgan 
birlashmalar, milliy va diniy ruhdagi siyosiy partiyalarning hamda jamoat 
birlashmalarining tuzilishi va faoliyat ko„rsatishi ta'qiqlanadi.
Maxfiy jam iyatlar va uyushmalar tuzish ta'qiqlanadi”, – deb belgilangan 
qoidalar va g„oyalar Konstitutsiya himoyasiga bevosita taalluqlidir. Chunki 
yuqoridagi holatlarning barchasi Konstitutsiyada belgilangan munosabatlardir.
Konstiututsiyaga amal qilishni ta'minlovchi alohida vosita sifatida 
Konstitutsiyaviy sud faoliyatini ko„rsatsa bo„ladi. Chunki Konstitutsiyaga amal 
qilish faqat uni bajarishni emas, unga zid boshqa hujjatlarni ham qabul 
qilmaslikdir. “Konstitutsiyaning 16-moddasida “Birorta ham qonun yoki normativ-
huquqiy hujjat Konstitutsiya normalari va qoidalariga zid kelishi mumkin emas” 
deb belgilangan. 
Konstitutsiyamizning 
108-moddasida 
“O„zbekiston 
Respublikasi 
Konstitutsiyaviy sudi qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlarning hujjatlari 
Konstitutsiyaga qanchalik mosligiga doir ishlarni ko„radi” deb belgilangan bo„lsa, 
109-moddada uning vakolatlari yanada aniqroq ko„rsatib o„tiladi. Unga asosan, 
O„zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi: 
1) O„zbekiston Respublikasi qonunlarining va O„zbekiston Respublikasi 
Oliy Majlisi palatalari qarorlarining, O„zbekiston Respublikasi Prezidenti 
farmonlarining, Hukumatning va mahalliy davlat hokimiyati organlari 
qarorlarining, O„zbekiston Respublikasining davlatlararo shartnomaviy va boshqa 
majburiyatlari O„zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga mosligini 
aniqlaydi; 
2) Qoraqalpog„iston 
Respublikasi 
Konstitutsiyasi 
O„zbekiston 
Respublikasining Konstitutsiyasiga, Qoraqalpog„iston Respublikasi qonunlari 


45 
O„zbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiqligi to„g„risida xulosa beradi” 
deb belgilab qo„yilgan.
Konstitutsiyaga amal qilishda fuqarolarning bilimi ham muhim rol o„ynaydi. 
Konstitutsiya bo„yicha fuqarolarning bilimlarini kengaytirish maqsadida 2001 yil 4 
yanvarda “O„zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o„rganishni tashkil qilish 
to„g„risida” Prezident farmoyishi qabul qilingan. 
Unda Konstitutsiyaning o„rni, ahamiyati, ma'no va mohiyatini fuqarolarga 
yetkazish maqsadida maxsus o„quv kurslari tashkil etish va bilim berishning 
samarali mexanizmini yaratish belgilangan. Shu farmoyish ijrosi bo„yicha 
mamlakatimizda e'tiborga loyiq ishlar amalga oshirildi. Ta'limning turli bosqichlari 
uchun o„quv dasturlari, o„quv qo„llanmalari tayyorlandi. O„quv rejalariga o„quv 
kursi kiritildi. 

Download 2,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish