Toshkent davlat yuridik instituti o. T. Xusanov


§ 2. Konstitutsiyaning ta'rifi mazmuni va mohiyati



Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/236
Sana26.05.2022
Hajmi2,53 Mb.
#609208
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   236
Bog'liq
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsyiyaviy huquqi (2)

§ 2. Konstitutsiyaning ta'rifi mazmuni va mohiyati 
Konstitutsiya davlatning oliy kuchga ega qonuni, u asosiy qonun deb ham 
ataladi. Sababi Konstitutsiya davlatchilikni, qonuniylik va huquq-tartibotni, 
qonunchilikni asosi. Konstitutsiya eng avvalo yuridik hujjatdir. Uning shu 
xususiyatlari va sifatlari konstitutsiyaviy huquq fanining predmetini tashkil etadi. 
Konstitutsiya boshqa qonunlar kabi faqat yuridik hujjat sifatidagina 
namoyon bo„lmay, u siyosiy hujjathamdir. Chunki Konstitutsiya jamiyatdagi 
siyosiy munosabatlarni ham tartibga solishga ta'sir qiladi.
Huquqiy davlatlar yoki shunday davlat qurayotgan mamlakatlar 
Konstitutsiyalari g„oyaviylikdan xolidir. Faqat ular ko„pg„oyaviylikni, 
plyuralizmni vujudga kelishi uchun, agar ular hammabop g„oya bo„lsa sharoit 
yaratishi mumkin.
Shunday qilib 
Konstitutsiya deb – oliy yuridik kuchga ega, davlatning 
asosiy qonuni tushuniladi. Bu qonun davlat tuzilishining asosiy prinsiplarini, 
shaxs huquqiy holati asoslarini, hokimiyat organlari tizimi, tarkibi, tashkil 
bo„lish tartibi, vakolatlari, o„zaro munosabatlari, davlatning jamoat 
birlashmalari bilan munosabatlarining asoslarini belgilovchi normalar 
yig„indisidan iborat bo„ladi. Konstitutsiya davlat funksiyasi doirasini, uning 


35 
shaxs va jamiyat bilan aloqasining asoslarini o„rnatish bilan konstitutsiyaviy 
tuzim asoslarini belgilaydi. 
Konstitutsiya mohiyatini mavjud tuzimda qo„lga kiritilgan yutuqlar, ularni 
qanchalik fuqarolar manfaatiga mosligi belgilaydi. Shu va Konstitutsiya bilan 
tartibga solish doirasi turli mamalaktlarda turlichaligi, Konstitutsiyaviy huquq 
nazariyasida Konstitutsiya tushunchasi, mazmuni va mohiyati haqida yagona fikr 
yo„qligiga sabab bo„ladi. Bundan tashqari turli mamlakatlarning rivojlanish 
taraqqiyoti har xilligi, Konstitutsiya qabul qilinayotgandagi sharoitlarning har 
xilligi, xalqning ongi, dunyoqarashi, hatto ahloqidagi farqlar ham bu masalalar 
yuzasidan turlicha fikrlar bo„lishini tabiiiy ekanligini ko„rsatadi. 
AQSH Konstitutsiyasi to„rt asr yuzini ko„rgan Konstitutsiyadir. U qabul 
qilingan 1787-yildagi sharoit va jamiyat taraqqiyoti, XX asr oxiridagi va hozirgi 
sharoitdan mutlaq farq qiladi. AQSH Konstitutsiyasi shundan kelib chiqib faqat 
hokimiyatga 
bog„liq 
masalalarnigina 
hal 
qilgan. 
Keyingi 
kiritilgan 
qo„shimchalargina inson huquqlariga taalluqli bo„lgan. Shuning uchun AQSHning 
Konstitutsiyasini sof davlat (jamiyat emas) Konstitutsiyasi va huquqiy hujjati 
desak bo„ladi. Angliyada esa hozirgacha yozilgan ya'ni yagona shakldagi 
Konstitutsiya yo„q. 
Shuning uchun ularning Konstitutsiyalariga nisbatan, keying davrda qabul 
qilingan Konstitutsiyalarga ishlatiladigan ta'rifni qo„llab bo„lmaydi. Ikkinchi jahon 
urushidan keyingi, mustamlakachilik tuzumi yemirilishi natijasida vujudga kelgan 
davlatlar, Sovet Ittifoqi tarqalib ketishi natijasida vujudga kelgan mustaqil 
davlatlar konstitutsiyalarining tartibga solish doirasi nihoyatda kengaytirildi, bu 
esa Konstitutsiya mohiyati, mazmuniga yangicha ta'rif berishga asos bo„ladi. 
Lekin Konstitutsiya tushinchasiga beriladigan ta'riflarda albatta uni, fuqaro 
va shaxs huquqiy holati, erkinligi kafolati ekanligi, davlat hokimiyatini demokratik 
tashkil qilish hokimiyatlar bo„linish prinsipida bo„lishi, xalq suvereniteti saylab 
qo„yiladigan vakillik organlari orqali amalga oshirilishi, Konstitutsiya erkinlik va 
1
Каримов И.А. Биздан озод ва обод Ватан қолсин. Т.2. –Т.: Ўзбекистон, 1996. 93-бет.


36 
hokimiyat munosabatida muttanosiblik bo„lishini ta'minlanishi o„z ifodasini topishi 
kerak. 
Markscha-Lenincha konstitutsiyaviy ta'limotga asosan, Konstitutsiyaning 
mohiyatini sinfiy kurashdagi sinfiy kuchlar nisbati belgilar edi. Bu ularning asosiy 
ta'limotida jamiyatning sinflarga bo„linishi, albatta hukmron sinfning mavjud 
bo„lishi, ularning irodasi hamma narsani belgilashi, boshqalarning shu irodaga 
bo„ysunishga majburligi haqida ta'limotlariga mos edi.
U ta'limotda hokimiyat kimgadir (qandaydir) guruhga tegishli bo„lishi qat'iy 
e'tirof etilar, bu narsa yashirilmas edi. 
Hozirgi demokratik jamiyatlarda hokimiyat mexanizmi bu kelishuvchilikdir 
(sheriklik), chunki jamiyatda siyosiy kuchlar turli – tuman bo„lib, hokimiyat uchun 
kurashuvchi sub'ektlar soni cheklanmagan. Hokimiyatdagi kelishuvchilik 
(sheriklik) istalmasada, ixtiyoriylik asosida bo„lib, umumiy maqsadga erishishda 
manfaatdorlik bo„lishidan, hokimiyat va erkinlik masalasini qonun asosida hal 
qilish zarurligidan vujudga keladi. Shuning uchun hozirgi Konstitutsiyalar hatto 
eng kuchli bo„lsa ham ayrim sinflarning, ijtimoiy sinflarning manfaati uchungina 
xizmat qila olmaydi. 
O„zbekiston Konstitutsiyasi sinfiylikdan xoli, xalq manfaatini ifoda etuvchi 
Konstitutsiyadir. “Konstitutsiya o„zining tub mohiyati, falsafasi, g„oyasiga ko„ra 
yangi hujjatdir. Unda kommunistik mafkura, sinfiylik, partiyaviylikdan asar ham 
yo„q”
1

Hozirgi kunda hatto ayrim guruh yoki sinf o„z hukmronliginini o„rnatgan 
vaqtda ham, demokratik jamiyat uchun xos bo„lgan, umume'tirof etilgan 
qadriyatlardan boshqa, yangi narsani taklif qilishni tasavvur qilish qiyin. Shuning 
uchun o„rnatiladigan tuzum u qanday bo„lishidan qat'iy nazar hukmronlar 
tomanidan demokratik deb e'lon qilinadi, hatto o„zi avtoritar yoki totalitar bo„lsa 
ham. Ular hyech qachon nodemokratik Konstitutsiyalar qabul qilishga tavakkal 
qilmaydi. Mamlakatda kelishuv faqat hokimiyat mexanizmini yaratishda bo„lishi 
1
Каримов И.А. Ўзбекистон келажаги буюк давлат. –T.: Ўзбекистон, 1992. 37-бет.


37 
mumkin. Inson huquq va erkinliklarini (bu Konstitutsiyaning asosiy maqsadi) 
aniqlashda kelishuv bo„lishi mumkin emas. 
Totalitar tuzum va demokratik tuzumdagi davlatlarning Konstitutsiyalari bir-
biridan farq qiladi. Totalitar tuzum davlatlari Konstitutsiyalarida davlatning 
rahbarlik roli Konstitutsiyaning o„zida ko„rsatib qo„yiladi va hukmron partiyaning 
g„oyaviy ko„rsatmalari ta'siri iqtisodiy va siyosiy tizimga to„la tatbiq qilinadi. Shu 
asosda mafkura, g„oya asosiy qonun darajasiga ko„tariladi. 
Demokratik jamiyatda esa uning aksidir. Bu jamiyat hamma sohada davlat 
boshqaruviga, rahbarligiga muhtoj emas. Bu jamiyatda Konstitutsiya davlatga 
jamiyatni himoyalash vazifasini yuklaydi. 
Bunday jamiyatdagi Konstitutsiyalarda, davlatning jamiyatni himoyalash, 
fuqaro mas'uliyatini himoyalash vazifasi aniq belgilab qo„yiladi. 
Konstitutsiyalar Muqaddima qismining mavjudligi bilan ham boshqa 
qonunlardan farq qiladi. Muqaddima tantanali - deklarativ xaraterdagi ta'kidlardan 
iborat bolib, ular yuridik kuchga ega emas. Muqaddimada davlatning maqsad va 
vazifalari, davlatchilikda qabul qilinadigan, tayaniladigan qadriyatlar, xalq va 
kelajak avlod oldidagi mas'uliyat belgilanadi. Bu g„oyalar keyinchalik turli 
ko„rinish va shakllarda Konstitutsiya normalarida o„z aksini topadi. Shuning uchun 
ham Konstitutsiyalarga ta'rif berilganda Konstitutsiya qo„lga kiritilgan yutuqlarni 
mavjud ijtimoiy munosabatlarni mustahkamlovchi hujjat bo„lib qolmay, maqsad va 
vazifalarni belgilovchi hujjat hamdir deb ta'riflanadi. 

Download 2,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish