Toshkent davlat yuridik instituti o. T. Xusanov


§ 9. Konstitutsiyaviy huquq fanining vazifasi va rivojlanishi



Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/236
Sana26.05.2022
Hajmi2,53 Mb.
#609208
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   236
Bog'liq
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsyiyaviy huquqi (2)

§ 9. Konstitutsiyaviy huquq fanining vazifasi va rivojlanishi. 
O„zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy huquqi fani, O„zbekistonni 
mustaqil davlat bo„lishi, mamlakatning maqsadi, demokratiya bilan bog„liq 
ijtimoiy munosabatlarning vujudga kelishi va rivojlanishi bilan bog„liqdir. 
O„zbekiston Respublikasida shaxs – davlat munosabatlarini belgilash, 
hokimiyatni tashkil qilish, davlat va jamoat birlashmalari munosabatini o„rnatishda 
o„ziga xos yo„ldan borish bilan birga, dunyoda bu borada qo„lga kiritilgan, 
umume'tirof etilgan prinsiplarni rad etgani yo„q. Aksincha ularning asosiy 
mohiyati va mazmunini buzmagan holda foydalanishga harakat qilindi. 
Bunda Konstitutsiyaviy huquqiy normalarni belgilash, ularni hayotga tatbiq 
etish jarayonida Konstitutsiyaviy huquq fani, uning yutuqlari, tavsiya, takliflari 
yordam berdi. 
Konstitutsiyaviy huquq fani, Konstitutsiyaviy huquqni huquq tarmogi 
sifatida, yetakchi huququ sifatida rivojlanishiga hissa qo„shar ekan, o„zi ham 
rivojlanib bordi. Konstitutsiyaviy huquqni tartibga soladigan masalalarni o„rganish 
kengayib, chuqurlashib bordi. 
Mamlakatimizda bozor iqtisodiyotini shakllanishi, yangi munosabatlarni 
vujudga keltirdi, ularni huquqiy tartibga solish kengayib bordi. Ana shu vazifalarni 
o„rganish zarurati Konstitutsiyaviy huquq vazifalarini ham kengaytirib bordi. 
O„zbekistonda xalqaro huquqning umume'tirof etilgan qoidalari 
ustunligining e'tirof etilishi, bu masalallarni amalga oshirish mexanizmlari 
bo„lishini taqozo etadi. Bundan tashqari, xalqaro huquq normalarini milliy 
qonunchilikka singdirish zarurligi, ayniqsa bu inson huquqlariga taalluqli bo„lgani 
uchun Konstitutsiyaviy huquq fani oldiga yangi vazifalarni qo„yadi. 
Fuqarolik jamiyatini rivojalantirish vazifasi, demokratik institutlarni, 
fuqarolik jamiyati institutlari faolligini yanada takomillashtirish, (bunda huquqiy 
asos alohida) davlat bilan nodavlat organlari munosabatini yangicha 
tashkillashtirish, ijtimoiy sheriklikni yo„lga qo„yish, davlat organlari faoliyati 


26 
ustidan jamoatchilik nazoratini o„rnatish, fuqarolarni huquq va erkinliklarini sud 
orqali himoya qilishni yanada kengaytirish kabilar Konstitutsiyaviy huquq fani 
oldiga ham yangi vazifalar qo„yadi. Bu vazifalar chuqur tadqiqod ishlari olib 
borish zaruratini tug„diradi. 
Konstitutsiyaviy huquq fani o„z oldiga qo„ygan vazifalarni bajarish uchun 
ma'lum usullarga tayanadi, ular: tarixiy, huquqiy-qiyosiy, tizimli, statistik, 
sotsialogik usul bo„lishi mumkin.
Tarixiy usul – bu sohadagi avvalgi huquq normalari, ularni ijtimoiy 
munosabatlarga ta'sirini o„rganish orqali hozirgi kun uchun ham to„g„ri keladigan 
huquqiy normalrni qo„llash, takomillashtirish imkonini beradi. 
Huquqiy-qiyosiy usul orqali turli mamlakatlarning Konstitutsiyaviy huquqi 
har jihatdan qiyoslanadi, tahlil qilib baholanadi va bizning sharoitga mos jihatlarini 
olish haqida taklif – tavsiyalar vujudga keladi. 
Tizimli usul orqali Konstitutsiyaviy huquq institutlarini o„rganishga tizimli 
yondashiladi. Ular bir-biridan mutlaqo ajralgan holda emas, bog„liq holda 
o„rganiladi. Bu uslub orqali Konstitutsiyaviy huquqni umumiy huquq tizimidagi 
o„rni to„g„ri aniqlanadi. 
Statistik usul orqali Konstitutsiyaviy huquq normalarini samaradorligi, 
ijtimoiy munosabatlarga ta'siri aniqlanadi. Statistika orqali haqiqiy ahvol 
aniqlanadi. Saylovlar davrida siyosiy partiyalar soni, ular tomonidan ko„rsatilgan 
nomzodlar soni (bu saylovda muqobillikni ko„rsatadi) saylovda ishtirok etgan 
saylovchilar soni, demokratik jarayonlar haqida real ma'lumot beradi. 
Sotsiologik usul orqali – ijtimoiy munosabatlar, ularni tartibga soluvchi 
normalar haqida fuqarolar fikri aniqlanadi. Shu asosda nimani o„zgartirish, nimani 
bekor qilish, nimani yangidan o„rnatish haqida jamoatchilik fikri o„rganiladi. 

Download 2,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish