Toshkent davlat yuridik instituti o. T. Xusanov



Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/236
Sana26.05.2022
Hajmi2,53 Mb.
#609208
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   236
Bog'liq
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsyiyaviy huquqi (2)

 
 
§ 6. Konstitutsiyaviy huquq manbalari. 
 
Konstitutsiyaviy-huquqiy turli shakllarda ifoda etilgan bo„lib, ular 
konstitutsiyaviy huquq manbalari hisoblanadi. Ular konstitutsiya, qonun, farmon 
va boshqa huquqiy hujjatlar ko„rinishida bo„lishi mumkin.
Konstitutsiyaviy huquq shakllari (manbalari) bir-biri bilan bog„liq va biri 
ikkinchisi uchun yuqori yuridik kuchga ega. Masalan, konstitutsiya boshqa 
qonunlar, farmonlar uchun yuqori yuridik kuchga ega bo„lsa, Prezident farmoni 
hukumat qarori uchun yuqori kuchga ega. 
Konstitutsiyaviy huquq manbalarining har biri o„z vazifasiga ega va ular biri 
birining o„rnini egallashi mumkin emas. Boshqacha qilib aytganda Konstitutsiya 
bilan tartibga solinishi kerak bo„lgan masalani qonun bilan; farmon bilan yoki 
qonun bilan tartibga solinadigan masalalarni esa hukumat qarorlari bilan tartibga 
solib bo„lmaydi. 
U yoki bu hujjatni huquq manbasi sifatida e'tirof etish ma'lum bir huquqiy 
oqibatlarni keltirib chiqaradi. Chunki bunday hujjat fuqaro uchun ma'lum 
huquqlarni yoki burchlarni o„rnatishi mumkin, fuqaro esa unga asosan o„z 
huquqini himoya qilishni talab qilishi mumkin. 
Konstitutsiyaviy huquq manbalari orasida Konstitutsiya alohida o„rin 
egallaydi. Chunki Konstitutsiya faqat konstitutsiyaviy huquq manbasigina emas, 
balki boshqa huquqlar uchun ham manbadir. Konstitutsiyaning huquq manbalari 
orasida alohida mavqyeini uning davlatning asosiy qonuni ekanligi ham belgilaydi. 
Konstitutsiya eng muhim norma va prinsiplarni o„rnatadi va keyinchalik 
ulardan boshqa huquqiy tartibga solishni shakllari o„sib chiqadi (turli sohadagi 
qonunlar, farmonlar). Ayrim Konstitutsiyaviy normalar to„g„ridan-to„g„ri amal 


19 
qilib, qo„shimcha tartibga solishga muhtoj emas.
Masalan, Konstitutsiyaning 92-moddasiga binoan Prezident Oliy Majlis 
yig„ilishida qasamyod qabul qilgan paytdan boshlab o„z lavozimigz kirishgan 
hisoblanadi degan qoidani amalga oshirish uchun hyech qanday qo„shimcha 
norma, hujjat zarur emas. 
Konstitutsiya normalarining o„zgartirilishini alohida tartib va qoidalarning 
o„rnatilishi ham, Konstitutsiyaning huquq manbasi sifatidagi alohida maqomini 
ko„rsatadi.
Konstitutsiyaviy huquq manbalari orasida qonunlar muhim rol o„ynaydi. 
O„zbekiston Respublikasida qabul qilingan qonunlarni ikki guruhga bo„lish 
mumkin. Birinchisi, Konstitutsiyaviy qonunlar, ikkinchisi, oddiy qonunlar. 
O„zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida qanday masalalar bo„yicha 
Konstitutsiyaviy qonunlar qabul qilish kerakligi belgilanmagan. Ayrim 
mamlakatlar Konstitutsiyalarida qanday masalalar yuzasidan Konstitutsiyaviy 
qonunlar 
qabul 
qilinish 
zarurligi 
belgilangan. 
Rossiya 
Federatsiyasi 
Konstitutsiyasining 13 ta moddasida Konstitutsiyaviy qonun qabul qilishga doir 
masalalar berilgan. Bizning qonunchilik tajribamizda har qanday holatga konkret 
yondashilib, Konstitutsiyaviy darajada hal qilinishi mumkin bo„lgan masalalar 
yuzasidan 
Konstitutsiyaviy 
qonunlar 
qabul 
qilinadi. 
Hozirga 
qadar 
mamlakatimizda quyidagi Konstitutsiyaviy qonunlar amalda: “Referendum 
yakunlari hamda davlat hokimiyatini tashkil etishning asosisy prinsiplari 
to„g„risida”, “O„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi 
to„g„risida”, “O„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to„g„risida”, 
“Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni 
modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalar rolini kuchaytirish to„g„risida”gi 
qonunlar. Konstitutsiyaviy qonunlar ham Konstitutsiya kabi to„liq Konstitutsiyaviy 
huquq manbasi bo„ladi. 
Keyingi manba bu – qonunlardir. Yuqoridagilardan farq qilib faqat 
Konstitutsiyaviy-huquqiy mazmundagi qonunlargina Konstitutsiyaviy huquq 
manbasi bo„ladi. Masalan, “O„zbekiston Respublikasi fuqaroligi to„g„risida”, 


20 
“Vazirlar Mahkamasi to„g„risida”, “Saylov to„g„risida”gi qonunlar va boshqalar.
O„zbekiston 
Respublikasi 
Prezidentining 
Konstitutsiyaviy-huquqiy 
mazmundagi farmon va farmoishlari Konstitutsiyaviy huquq manbalari bo„lib 
hisoblanadi. Masalan, hukumat tarkibi (tayinlash, vazifasidan ozod qilish), 
markaziy davlat idoralarini tuzish, Konstitutsiyada belgilangan boshqa mansabdor 
shaxslarni lavozimiga tayinlash va lavozimidan ozod qilish to„g„risidagi farmonlar 
va shu kabi bir qator hujjatlar – Konstitutsiyaviy-huquq manbasi bo„ladi. 
Oliy 
Majlis 
palatalarining 
ayrim, 
ya'ni 
Konstitutsiyaviy-huquqiy 
mazmundagi qarorlari ham Konstitutsiyaviy huquq manbasi bo„lishi mumkin. Ular 
tomonidan qabul qilingan reglamentlar ham manba hisoblanadi. 
Konstitutsiyaviy huquq manbalari qatoriga yana, hukumat qarorlari, sud 
qarorlari (Konstitutsiyaviy sud), mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari 
ham kiritilishi mumkin.Faqat shunga alohida e'tibor berish kerakki, bu hujjatlar 
Konstitutsiyaviy huquq tartibga soluvchi munosabatlar doirasida qabul qilingan 
bo„lsa, hamma uchun majburiy xarakterga ega bo„lsa, fuqarolarning huquq va 
erkinliklarini ta'minlashga qaratilgan bo„lsagina Konstitutsiyaviy huquq manbasi 
bo„ladi. 
Konstitutsiyalarning muqaddimasida xalqaro huquqning umume'tirof etilgan 
qoidalari ustunligi tan olinishi e'tirof etilgan, shu sababli aytish mumkinki, xalqaro 
huquq normalari ham Konstitutsiyaviy huquq manbasi bo„lishi mumkin. 

Download 2,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish