Toshkent davlat yuridik instituti o. T. Xusanov


Konstitutsiyaning ustunligi prinsipi



Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/236
Sana26.05.2022
Hajmi2,53 Mb.
#609208
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   236
Bog'liq
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsyiyaviy huquqi (2)

Konstitutsiyaning ustunligi prinsipi.
Bu prinsip Konstitutsiyaning oliy 
yuridik kuchga ega yuridik hujjat ekanligidan kelib chiqadi. Davlat o„z faoliyatini 
Konstitutsiya prinsiplari va qoidalari asosida tashkil etadi. Shuningdek barcha 
davlat organlari, tashkilot, korxona, muassasa, jamoat birlashmasi, fuqarolar, 
mansabdor shaxslar Konstitutsiya asosida faoliyat yuritadi. 
O„zbekistonda amal qiladigan birorta ham nomativ hujjat Konstitutsiyaga 
zid bo„lmaskligi kerak, zidlik holatlari vujudga kelsa Konstitutsiya normalari amal 
qiladi. 
Konstitutsiyaning ustunligi yana Konstitutsiya normalari boshqa huquqiy 
hujjatlarni yaratilishi uchun asos bo„lishida ham ko„rinadi.
Konstitutsiyani kelajak maqsad, rivojlanishni ko„zlash prinsipi.
Konstitutsiya faqat mavjud ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishni maqsad qilib 


40 
qolmay, u kelajakdagi vazifalarni ham belgilashi mumkin. Konstitutsiyaning 
muqaddimasida belgilangan kelajak avlodlar oldidagi yuksak mas'uliyatni anglash, 
insonparvar demokratik davlatni barpo etishni ko„zlash, kabi da'vatlar va ta'kidlar 
Konstitutsiyaning muhim g„oyalaridir. Bu maqsadlar Konstitutsiyaviy tartibda 
asoslantirilgan. 
Konstitutsiya normalarining to„g„ridan-to„g„ri amal qilish prinsipi.
Konstitutsiya normalari oliy yuridik kuchga ega ekan, shu bilan birga ular 
to„g„ridan-to„g„ri amal qiladi. Yoki boshqacha qilib aytganda uning normalarini 
hayotga tatbiq qilish uchun (Konstitutsiyaning o„zida shu talab ko„rsatilmagan 
bo„lsa) qo„shimcha maxsus qonunlar yoki qonunosti hujjatlar qabul qilish shart 
emas. 
Ayrim adabiyotlarda ko„rsatilayotgan boshqa bir qancha prinsiplar, 
Konstitutsiyaning prinsiplari bo„lmasdan, boshqa Konstitutsiyaviy institularining 
prinsiplaridir, masalan, davlat bilan fuqaro o„zaro mas'ulligi prinsipi, bu 
Konstitutsiyaviy prinsip bo„lib, unda fuqaro manfaatining ustunligi ta'minlanadi, 
xalq suvereniteti prinsipi, hokimiyat bo„linishi prinsipi davlat hokimiyatini tashkil 
etishning konstitutsiyaviy prinsipidir, yoki Konstitutsiyaning 17-moddasidagi 
prinsiplar, davlatning tashqi siyosat olib borish prinsipi hisoblanadi. XXII bobdagi 
prinsiplar esa sud va sudlov prinsiplari hisoblanadi. 
Konstitutsiya masalasini o„rganishda Konstitutsiyalarni xususiyatlarini 
aniqlash, muhim masaladir. Xususiyatlar umumiy ya'ni umuman Konstitutsiyaga 
tegishli yoki alohida ya'ni ayrim mamalkatlarning Konstitutsiyalariga tegishli 
bo„lishli mumkin. Konstitutsiyaning xususiyatlari orqali uning yuridik tabiati 
ochiladi. Konstitutsiyalarni xususiyatlari uning huquq tizimidagi alohida o„rni, 
ijtimoiy munosabatlarni Konstitutsiyaviy tartibga solish mexanizmida aks etadi. 
Bu xususiyatlarga quyidagilarni ko„rsatish mumkin: 
1.
Konstitutsiya, maxsus sub'ektlar tomonidan alohida tartibda qabul 
qilinadi (legitimlik). 
2.
Konstitutsiya normalari ta'sis etuvchi, rahbariy ahamiyatga ega bo„ladi. 
3.
Konstitutsiyaning tartibga solish doirasi keng va xilma – xildir. 


41 
4.
Konstitutsiya kelajak maqsadni ko„zlaydi. 
5.
Oliy yuridik kuchga ega, alohida tartibda qabul qilinadi va 
muhofazalanadi. 
6.
Huquq tizimi poydevori hisoblanadi. 
1. Konstitutsiyalar odatda xalq nomidan yoki uning vakillari nomidan qabul 
qilinadi. Konstitutsiya bevosita xalq nomidan referendum orqali (Rossiya 
Konstitutsiyasi) yoki alohida maxsus faqat shu maqsadda tashkil qilinadigan 
(Germaniya Konstitutsiyasi) yoki Qonunchilik organi – Parlament (O„zbekiston 
Konstitutsiyasi) tomonidan qabul qilinadi. 
2. Konstitutsiya normalari ta'sis etuvchi kuchga ega. Konstitutsiya 
konstitutsiyaviy tuzum asoslarini belgilaydi, bular shaxsning huquqiy holati 
asoslari, konstitutsiyaviy tuzum asoslari, uning prinsiplari bo„lib, shunday 
normalar boshqa yuridik normalarni yoki munosabatlarni keltirib chiqaradi. 
Jumladan O„zbekiston Konstitutsiyasida belgilangan “Xalq davlat hokimiyatining 
birdan-bir manbaidir” degan qoida davlat hokimiyatining vujudga kelishi uchun 
asos ta'sis xarakterga ega. Xuddi shuningdek hokimiyat bo„linishi prinsipi 
mustahkamlangan 11-modda inson, uning hayoti, erkinligi, sha'ni, qadr-qimmati 
oliy qadriyat ekanligi belgilangan 13-moddaning qoidalarida ham ta'sis etuvchi 
xususiyatni yaqqol ko„rsa bo„ladi. 
3. Konstitutsiyaning tartibga soluvchi predmeti doirasining kengligi uning 
yuridik xususiyatlaridan biri sifatida ko„rsatiladi. Boshqa turli qonunlar alohida bir 
ijtimoiy munosabatni tartibga solsa (masalan mehnat huquqi – mehnat 
munosabatlarini, moliya huquqi – moliya munosabatlarini) Konstitutsiyaviy huquq 
tartibga soladigan munosabatlar doirasi turli tumandir. Masalan u shaxs huquqiy 
holatini ham, hokimiyatni tashkil etish va faoliyatini ham, siyosiy, iqtisodiy 
munosabatlarni ham tartibga soladi.
4. Konstitutsiya faqat mavjud ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish bilan 
cheklanmay, unga da'vat ko„rinishida bo„lsa ham kelajak maqsadlar belgilanadi. 
Masalan, O„zbekiston Konstitutsiyasi muqaddimasida “demokratik huquqiy davlat 
barpo etish” maqsadi ko„rsatilgan. 


42 
5. Konstitutsiyaning oliy yuridik kuchga egaligi, ustuvorligi uning muhim 
xususiyatidir. Yuqorida tilga olingan 4 ta xususiyatning o„zi ham Konstitutsiyaning 
oliyligini ko„rsatadi. Konstitutsiya barcha qonunlardan yuqori turadi. uning 
normalariga boshqa qonunlar zid bo„lmasligi kerak. Konstitutsiyaning oliyligi, 
ustunligi uni qabul qilish va unga o„zgartirish kiritish alohida tartibda 
o„rnatilganligida ham ko„rinadi. Boshqa qonunlar oddiy ko„pchilik ovoz bilan 
qabul qilinsa, Konstitutsiya mutloq ko„pchilik ovoz bilan qabul qilinadi. 
Konstitutsiyani himoyalash, muhofaza qilishning aloha tartibi, mexanizmi 
o„rnatiladi. Buning uchun hokimiyat tizimida maxsus organlar tuziladi. Masalan 
Konstitutsiyaviy sud. Uning asosiy vazifasi Konstitutsiyani muhofaza qilish 
hisoblandi. 
6. Konstitutsiyani huquq tizimi poydevori bo„lishi masalasi keyingi 
bandlarda batafsil yoritiladi.
Har bir Konstitutsiya alohida mamlakatda vujudga keladi. Uning vujudga 
kelish sharoitlari har xil bo„lishi mumkin. Milliy qadriyatlar, xalq o„tmishi, 
madaniyati, tili ham konstitutsiyalarda aks etadi. Shuning uchun har bir 
mamlakatlarning konstitutsiyalari yuqoridagi yuridik xususiyatlarga zid bo„lmagan 
holda, maxsus xususiyatlarni bo„lishini ham taqozo etadi. Bu xususiyatlar mavjud 
masalalarni mohiyatini buzmagan holda turlicha belgilanishda, talqin qilinishda 
ko„rinadi. Konstitutsiyalarning tuzilishlarida ham alohida xususiyalar uchrashi 
mumkin.
Masalan ayrim mamlakatlarning konstitutsiyalarida konstitutsiyaviy tuzum 
asoslari 
alohida 
belgilangan 
(Rossiya 
Konstitutsiyasi). 
O„zbekiston 
Konstitutsiyasining o„ziga xos xususiyatlar qatoriga: fuqarolar huquqlarining 
kafolatlari,oila munosabatlarining alohida bobda ko„rsatilganligi, saylov tizimi 
uchun, mahalliy davlat hokimiyati uchun, prokuratura organlari uchun alohida 
boblar ajratilganligini ko„rsatish mumkin. 

Download 2,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish