Toshkent davlat yuridik instituti o. M. Mad aliyev prokuror nazorati


Qarang: Государственный обвинитель в советском деле. (Под общей



Download 15,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/199
Sana21.06.2022
Hajmi15,13 Mb.
#688411
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   199
Bog'liq
Prokuror nazorati. Maxsus qism. Madaliyev O.M

1 Qarang: Государственный обвинитель в советском деле. (Под общей
редакцией В.А. Болдырева.) М., 1954, стр. 300.
315


tarafning nutqlarida aytilgan masalalar yuzasidan e’tirozlari bo‘lsa 
yana bir martadan so‘zga chiqishlari mumkin» deyilgan.
Protsess ishtirokchilarining shaxsiy munosabatlari zamirida
o‘zaro kelishmovchiliklari yoxud taraflarning bir-birlariga nisbatan 
paydo bo‘lgan qarama-qarshiliklari tufayli luqmadan foydalanish 
mumkin emas. Luqmani taraflar fikrlari bir-biriga qarama-qarshi 
bo‘lganligi sababli, shaxsiy kelishmovchiliklarni oydinlashtirish 
quroliga aylantirmasliklari lozim. Luqma, asosiy ayblov nutqi kabi 
aniq, isbotlangan, eng yuqori darajada asoslantirilgan faktlardangina 
qurilgan bo‘lishi kerak.
Sud majlisi bayonnomasi b o ‘yicha mulohaza bildirish
Prokuror 0 ‘zbekiston Respublikasi JPKning 426-moddasida 
bayon qilingan sud muhokamasi bayonnomasini rasmiylashtirish 
tartibi to ‘g‘risidagi qonun talablarini ham o ‘z nazaridan qochirmas- 
ligi lozim. 0 ‘zi qatnashgan ishlar bo‘yicha*>sud muhokamasi 
bayonnomasini qonunda belgilangan muddatda tayyorlanganligi va 
imzolanganligiga ishonch hosil qilishi kerak, chunki sud muhoka- 
masining ishtirokchilari tomonidan sud muhokamasi bayonnomasi 
bilan o‘z vaqtida tanishish va e’tirozlari bo‘ladigan bo‘lsa, ularni bil­
dirish huquqi poymol bo‘lmasligi kerak
Sud majlisining bayonnomasi hukm chiqarilgan kunning erta- 
sidan, murakkab ishlar bo‘yicha esa uch sutkadan kechiktirmay imzo- 
lanishi lozim. Qonun talabiga ko‘ra, sud bayonnomasini rasmiylash­
tirish 0 ‘zbekiston Respublikasi JPKning 90-moddasiga asosan 
raislik qiluvchi va sud majlisi kotibi tomonidan amalga oshiriladi. 
Bayonnomaga: sud harakatining ishtirokchilari to ‘g‘risidagi ma’lu- 
motlar; bu shaxslarga ularning huquq va majburiyatlari tushunti- 
rilgani; tergov yoki sud harakatining o‘tkazilishi joyi va vaqti, shart - 
sharoitlari, jarayoni va natijalari, bunda topilgan moddiy obyektlar 
tavsifi va ulaming ish uchun ahamiyatli bo‘lgan belgilari; sud tergovi 
harakatlari yoki sud muhokamasi ishtirokchilari tasdiqlashni so‘ra- 
gan faktlar; ularning yuz berayotgan hodisa sabablari xususidagi 
ko‘rsatuvlari, tushuntirishlari, mulohazalari; ular tomonidan beril­
gan iltimosnomalar, shikoyatlar, rad etishlar; tergov harakatini 
olib borish yoki sud muhokamasi jarayonidagi tartibbuzarlik hollari, 
shuningdek, bu tartibbuzarliklarni bartaraf etish va oldini olish 
uchun ko‘rilgan chora-tadbirlar kiritiladi.
0 ‘zbekiston Respublikasi JPKning 426-moddasi talabiga ko‘ra, 
sud zarur deb topgan hollarda guvohlar va jabrlanuvchilar o‘zlari beigan
316


ko‘rsatuvlarini sud majlisining bayonnomasida imzolaydilar. Bayonnoma 
raislik qiluvchi va sud majlisining kotibi tomonidan imzolanadi.
Bayonnomaning mazmuni bo‘yicha raislik qiluvchi bilan sud 
majlisining kotibi o‘rtasida kelishmovchilik bo‘lgan taqdirda kotib 
o‘z mulohazalarini bayonnomaga ilova qilishi shart, bu mulohazalar 
sud tarkibi tomonidan ko'riladi. Mazkur masala yuzasidan ajrim 
chiqarilib, bayonnomaga ilova qilinadi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining 1997-yil 22-av- 
gustdagi «Sudlar tomonidan jinoyat ishlarini birinchi bosqich sudida 
muhokama etish jarayonida protsessual qonunchilikka rioya qilinishi 
to ‘g‘risida»gi 12-qarori 19-bandida «Sud majlisi bayonnomasi ish 
bo‘yicha muhim protsessual hujjatlardan biri ekanligini e’tiborga olib, 
sudlar Jinoyat protsessual kodeksining 426-moddasi talablaridan kelib 
chiqib, uni yuritish sifatini yaxshilash choralarini ko‘rishlari kerak.
Bayonnomaning o‘z vaqtida va sifatli yuritilishi uchun raislik 
etuvchi qatorida sud majlisi kotibi ham mas’uldir. 0 ‘zbekiston Res­
publikasi Jinoyat protsessual kodeksining 426-moddasi 5-qismiga 
binoan, bayonnomaning mazmuni bo‘yicha raislik qiluvchi bilan 
o‘rtalarida kelishmovchilik bo‘lgan taqdirda kotib o‘z mulohazalarini 
bayonnomaga ilova qilishi shart, bu mulohazalar sud tarkibi tomo­
nidan ko'riladi. Mazkur masala yuzasidan ajrim chiqarilib bayon­
nomaga ilova qilinadi.
Sud muhokamasi vaqtida sud majlisining kotibi Jinoyat protses­
sual kodeksining 90—92-moddalarida nazarda tutilgan qoidalar 
asosida bayonnoma yuritadi. Agarda sud majlisi jarayonida bir nechta 
kotib qatnashgan bo‘lsa, har qaysi kotib o‘zi yuritgan yozuv uchun 
bayonnomani imzolashi shart. Raislik etuvchi o‘zgarmagan bo‘lsa, 
sud majlisi tamom bo‘lgandan keyin imzo qo‘yishi yetarlidir.
Sud majlisi bayonnomasi aniq, tushunarli tarzda yozilishi, 
o ‘chirishlar yoki kiritilgan so'zlar yoxud boshqa tuzatishlar xususida 
bayonnoma oxirida imzolash oldidan izoh berilishi zarur (JPKning 
92-moddasi), deb belgilangan.
0 ‘zbekiston Respublikasi JPKning 426-moddasi oltinchi 
qismida ko‘rsatilishicha, «Bayonnoma to ‘liq bo‘lishini ta ’minlash 
uchun stenogramma yuritilishi mumkin. Stenografik yozuv ishga 
ilova qilinmaydi. Sud muhokamasi chog‘idagi so‘roq qilishlar ovoz 
yozish, videoyozuv va kinotasvirga olish vositalarida aks ettirilishi 
mumkin. Bunday holda fonogramma, videokasseta va kinotasma sud 
majlisining bayonnomasiga ilova qilinib, bayonnomada ushbu 
vositalar qo‘llangani qayd etiladi».
317


Sud majlisining bayonnomasi hukm chiqarilgan kunning erta- 
sidan, murakkab ishlar bo‘yicha esa uch sutkadan kechiktirmay imzo- 
lanishi lozim (JPKning 426-moddasi). Sud majlisi bayonnomasi 
imzolanganidan keyin besh sutka ichida taraflar shu bayonnoma 
yuzasidan o‘z mulohazalarini berishga haqlidirlar. Mulohazalarni raislik 
qiluvchi ko‘rib chiqib, ularga qo‘shilgan taqdirda ularning to‘g‘riligini 
tasdiqlaydi va sud majlisi bayonnomasiga qo'shib qo‘yadi. ( 0 ‘zbekiston 
Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksining 427-moddasi.)
Raislik qiluvchi sud majlisi bayonnomasi yuzasidan berilgan 
mulohazalarga qo‘shilmagan taqdirda, bu mulohazalar ushbu ishni 
ko‘rgan sud tarkibi hal etishi uchun kiritiladi. Basharti, ishni sudya- 
ning yakka o‘zi ко‘rib chiqqan bo‘lsa, raislik qiluvchining qarori 
uzil-kesil hisoblanadi, lekin manfaatdor taraflar bu qaror ustidan 
JPKda nazarda tutilgan tartibda shikoyat berishi yoki protest bildirishi 
mumkin (JPKning 427-moddasi). Sud bayonnomasiga davlat ayb­
lovchisi tomonidan mulohaza bildirishning ilmiy yoki amaliy shakli 
mavjud emas.
Qonun yo‘li bilan mulohaza bildirish harakatini ifoda qiluvchi 
hujjatni rasmiylashtirishga nisbatan talablar q o ‘yilmagan. Ish 
bo'yicha ayblovchi bo‘lib qatnashgan prokuror tomonidan ham 
yoxud o‘z manfaatlarini himoya qiladigan boshqa ishtirokchilar, 
shu jumladan, himoyachi tomonidan ham sud bayonnomasiga 
o‘z mulohazasini bildirish erkin bayon qilish orqali amalga oshi- 
riladi. Sud protsessi ishtirokchilari bo‘lgan prokuror va himoyachi 
yoxud boshqa ishtirokchilar tom onidan tuziladigan mulohaza 
bildirish hujjatining taxminiy shakli quyidagicha bo‘lishi mumkin:

Download 15,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   199




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish