Toshkent davlat yuridik instituti o. M. Mad aliyev prokuror nazorati



Download 15,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/199
Sana21.06.2022
Hajmi15,13 Mb.
#688411
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   199
Bog'liq
Prokuror nazorati. Maxsus qism. Madaliyev O.M

agarda himoyachi bo ‘Iganimda,
muzokaraga qanday tayyorlangan 
bo'lar edim, degan savolni o‘z oldiga qo‘yib, tasawur qilib ko‘rishi 
lozim. Shunda, himoyachi tomonidan o‘z muzokarasida qanday 
asos va vajlar keltirilishi mumkinligi haqida tasawurga ega bo‘lgan 
davlat ayblovchisi tom onidan himoyachini tutadigan yo‘lini 
oldindan ko‘ra olish imkoniyati birmuncha kengayadi». Ushbu 
olimning fikri bizning nazarimizda ham juda o ‘rinlidir. Chunki sud 
muhokamasi davrida tekshirilgan va aniqlangan dalillar bevosita 
davlat ayblovchisi va himoyachi ishtirokida amalga oshiriladi.
Sud muhokamasi mobaynida qaysi bir dalil to ‘g‘ri dalil, qaysi 
bir dalil egri yoxud qaysi bir dalil oqlovchi, yoki qoralovchi ekanligi 
haqida yetarli tushunchaga ega bo'linadi. Munozaraga sababchi 
bo‘lishi mumkin bo‘lgan dalillar qaysi ekanligi haqida hamda aynan 
qaysi dalillarni himoyachi tomonidan o ‘z himoya nutqida sudla­
nuvchi foydasi uchun ishlatishi mumkinligi haqida ham tushunchaga 
ega bo‘linadi. Shunday ekan, davlat ayblovchisi tomonidan, agarda 
himoyachi bolganimda o‘z himoya nutqimni qo‘llagan bo‘lar edim 
va qaysi dalillardan keng foydalangan bo‘lar edim, fikriga e’tibor 
qaratishi davlat ayblovchisi tomonidan o‘z ayblov nutqiga tanqidiy 
qarash bilan hamda yo‘l qo‘yilgan bo‘lishi mumkin bo'lgan xato- 
lami bartaraf qilish bilan yakunlanadi.
Qayd etilgan ushbu talablarni davlat ayblovchisi tomonidan 
unutilmagan holda o‘z nutqi tayyorlansa, maqsadga muvofiq bo‘ladi. 
Davlat ayblovchisining nutqi ayblov qirralari ostida sud muhoka- 
masini umumlashtirishi, sudda ко‘rib chiqilgan dalillarni tahlil 
qilib berishi va dalillarga nisbatan har biriga alohida-alohida baho 
berilishi, o‘rganilayotgan hodisa-voqeani mavjud bo'lgan alohida 
tomonlari o‘rtasidagi aloqani ko‘rsatib berishi hamda ushbu jinoyat 
ishi bo‘yicha jinoyat qonunchiligining qaysi talablarini qo‘llash 
lozimligini o'zida ifoda etishi kerak.
Davlat ayblovchisining ayblov nutqiga nisbatan qonun talablari 
nimalardan iborat va uning qonun bilan belgilangan shakli qanday 
tarzda ifodalanishi kerak? Bu savolga javob topish uchun qonunga
303


va sudlarda jinoyat ishlarini ko‘rilishida prokuror vakolatini 
ta’minlash xususida yozilgan yuridik adabiyotga murojaat qilamiz.
Ayblov nutqining to ‘liq shakli qonun bilan belgilanmagan 
bo‘lib, bir qancha yuridik adabiyotlarda qanday shaklga ega bo'lishi 
lozimligi haqida fikrlar bildirilgan. V.M. Savitskiyning fikricha, 
«ayblov nutqining mazmuni va tuzilishi juda ham turlicha bo‘lishi 
mumkin. Uning turlicha bo‘lishiga esa sodir etilgan jinoyatning 
qayerda sodir etilganligi, jinoyatning xarakteri, isbotlashning 
murakkabligi, sudlanuvchini yoki jabrlanuvchini shaxsining o ‘ziga 
xos xususiyatlari, sud protsessi ishtirokchilarining tarkibi kimlardan 
iborat ekanligi, davlat ayblovchisi sud minbaridan turib ayblov 
nutqini aynan protsess ishtirokchilarining tushunish darajasiga 
qarab, qay tartibda tuzishi mumkinligi, shunga qarab, aynan qaysi 
masalalarga chuqurroq to'xtalib o ‘tishi, qaysidir masalalarga 
nisbatan esa kamroq yondashib o‘tib ketishi mumkinligi ta ’sir 
qiladi, qonun bilan davlat ayblovchisini nutqini tartibga solish 
maqsadga muvofiq emas»1 deb hisoblaydi.
Xuddi shunga o‘xshash fikrni M.L. Shifman o'zining «Jinoyat 
ishlari bo‘vie ha prokurorning nutqi» asarida bildirib, «Avvaldan 
ayblov nutqi unsurlarini va ayblov nutqining tuzilishini shakllantirib 
olish, um um an olganda, foydali ekanmi? Axir prokurorning 
suddagi so‘nggi natijaviy chiqishi erkin va ixtiyoriy tarzda tuzilgan 
bo‘lishi kerak-ku! Bu yerda davlat ayblovchisi o‘zining ayblov 
nutqida to ‘plangan dalillarni jamlab, sud tergovi mobaynida 
aniqlangan dalillarni bir-biriga qo'shib, natijasi yuzasidan sud hukm 
qilish mobaynida hal qiladigan barcha masalalar xususida o‘z fikrini 
bildirishiga katta ahamiyatni qaratish kerak»2 deydi.
M. Malyarov o ‘zining «Davlat ayblovchisining nutqi»ga oid 
maqolasida shu to ‘g‘risida to‘xtalib, Shifmanning fikriga qo‘shilgan3. 
Bizning fikrimizcha, ularning tadqiqotlarida qandaydir ma’noda 
mantiq borga o‘xshasa-da, hozirgi vaqtga kelib, bu fikrlar amaliyotda 
o‘zini «chala» oqladi, deb hisoblaymiz. Nega o‘zini to'liq oqlamadi? 
Chunki sobiq Ittifoq jinoyat protsessual qonunlarida, xususan

Download 15,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   199




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish