Toshkent davlat yuridik instituti o. M. Mad aliyev prokuror nazorati


Jinoyatga ijtimoiy-siyosiy baho berish



Download 15,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/199
Sana21.06.2022
Hajmi15,13 Mb.
#688411
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   199
Bog'liq
Prokuror nazorati. Maxsus qism. Madaliyev O.M

Jinoyatga ijtimoiy-siyosiy baho berish
— har bir ayblov nutqi­
ning ajralmas shartidir. Jinoyatga ijtimoiy-siyosiy baho berish jinoyat 
ishi bo‘yicha to ‘plangan faktik materiallarga asoslangan, aniq va 
butun ayblov nutqi bilan bevosita bog‘langan bo‘lishi kerak. Davlat 
ayblovchisining nutqida bunday baho berish jinoyat ishi yuzasidan 
haqiqiy holatlarni bayon qilishda yoki dalillarga baho berib ketish- 
ning o‘zi bilangina mushtarak bo'lishi shart emas. Ba’zi hollarda 
prokurorning ayblov nutqi shu bilan yakunlanadi. Jinoyatga ijti­
moiy-siyosiy baho berishning mazmuni va hajmi ko‘pincha ishning 
xarakteridan, sodir etilgan jinoiy qilmishning xavflilik darajasidan, 
sudlanuvchining shaxsini tavsiflovchi holatlardan va sud muhoka­
masining protsessual tartibidan kelib chiqqan holda katta yoki 
kichikroq bo‘lishi mumkin.
Hozirgi kunda, prokurorlar o ‘z ayblov nutqlarida sodir etilgan 
jinoyatga ijtimoiy-siyosiy baho berishda, mustaqillik sharofati bilan 
mamlakatimizda ro‘y berayotgan o‘zgarishlar, mamlakatimiz fuqa- 
rolarining farovon va tinch-totuv yashashlari uchun davlatimiz 
rahbariyati tomonidan qilinayotgan ishlar, fuqarolarimizning o ‘z- 
lari tom onidan shunday hayotga nisbatan intilishlari, qonun-
' А.Ж. Давлетов. Прокурорский надзор. Учебник. Нукус, «Bilim», 1999,
стр. 194.
306


chiligimiz sohasida ro£y berayotgan o ‘zgarishlar, qabul qilinayotgan 
qonunlarning demokratik ruhda ekanligi haqida gapirib o‘tishlari, 
joylarda, mahallalarda hamda o ‘zini o ‘zi boshqarish organlari 
tomonidan bir qancha ijobiy ishlar qilinayotganligi, xalqimizning 
huquqiy ongini, ma’naviyatini yuksaltirish uchun olib borilayotgan 
ishlar haqida so'zlashlari va shunga qaramasdan, hanuzgacha 
jamiyatimizning ba’zi bir fuqarolari tomonidan qonun buzish 
hollariga yo‘l qo‘yilayotganligi, jinoyat sodir etilayotganligi, ushbu 
sodir etilgan jinoyatning jamiyat uchun, jamiyatimizning har 
bir a’zosi uchun qanchalik xavfli ekanligi, har bir sodir etiladigan 
jinoyat shu jamiyatning tomiriga tushgan qurt kabi salbiy ta’sirga 
ega ekanligi haqida so‘zlab, sud minbaridan fuqarolarda davlat 
siyosatiga, qonunga, idoralarga, barcha fuqarolarga nisbatan hurmat 
hissini uyg‘otuvchi, ularni ma’naviyatini yuksaltiruvchi qonunlar 
tashviqotini amalga oshirishlari lozim.
Jinoyatga ijtimoiy-siyosiy baho berishda davlat ayblovchisi har 
bir jinoyatning o‘ziga xos xususiyatlari, xavflilik darajasi haqida 
aniq tushuncha berishi kerak. Masalan, narkotik moddalar bilan 
bog‘liq bo‘lgan jinoyat ishlari yuzasidan, agarda narkotik saqlash 
bilan bog‘liq bo'lsa, o‘ziga xos, narkotiklami sotish, muomala qilish 
bilan bog‘liq bo‘lgan bo‘Isa, uni o‘ziga xos tartibda bayon qilishni 
bilishi zarur. Shuningdek, qasddan badanga tan jarohati yetkazish 
yoki qasddan odam o'ldirish jinoyatlari bo‘lsa, u holda ham shu 
kabi jinoyatlarni jamiyat uchun qanchalik darajada xavfli ekanligini, 
mamlakatimizda yashab, istiqomat qilayotgan har bir insonning, 
fuqaroning sog‘lig‘i, hayoti tegishli qonunlar bilan muhofaza qili­
nishi hamda kafolatlanganligini, hech bir shaxs qonunsiz ravishda 
jinoiy yoki boshqa turdagi javobgarlikka tortilmasligi, qonunni 
buzgan shaxslar esa, albatta, qonun oldida javob berishi, qonun 
barcha uchun tengligini, jinoyat sodir etgan har qanday shaxs 
qonun oldida teng ravishda jazoga tortilishi, ya’ni jazoning 
muqarrarligi prinsipi mazmuni, tayinlanadigan jazolar esa adolatli 
ravishda tayinlanishi, bu borada odil sudlov prinsipidan chetga 
chiqilmasligi qoidalarini sud protsessining barcha ishtirokchilariga 
yetkaza bilishi zarur.
Ishning haqiqiy holatlarini bayon qilishda prokuror sud protsessi 
ishtirokchilari ko‘z о‘ngida jinoyat ishi yuzasidan voqea holatlarini 
umumiy tafsilotini namoyon qiladi va bu bilan kelgusida hal qilinishi 
lozim bo‘lgan dalillarni muhokama qilish vazifasini yengillashtiradi. 
Prokurorning ayblov nutqida dalillarni tahlil qilishi, ularga baho
307


berishi ko‘pincha, jinoyat ishi yuzasidan ishning haqiqiy holatlarini 
bayon qilishi bilan kuzatiladi.
Ayblov nutqining ushbu unsuri o‘z ichiga davlat ayblovchisi 
tomonidan sodir etilgan jinoyat hodisasi qachon va qayerda sodir 
boiganligi, uni kim tomonidan sodir qilinganligi, sodir bo‘lgan 
jinoyat hodisasi bo‘yicha qachon va qayerda, kim tom onidan 
0 ‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining qaysi moddasi bilan 
jinoyat ishi qo‘zg‘atilganligi, jinoyat ishi kim tomonidan tergov 
qilinganligi va dastlabki tergov harakatlari natijasida kim (kimlar) 
ayblanuvchi tariqasida jinoyat ishiga jalb qilinganligi, unga nisbatan 
qanday turdagi ehtiyot chorasi qo‘llanilganligi, dastlabki tergov 
qachon tamomlanganligi va ayblov xulosasi jinoyat ishi sudda ko‘rib 
chiqish uchun yuborilganligi haqidagi umumiy tafsilotlarni bayon 
qiladi.
Albatta, ishning haqiqiy holatlarini bayon qilishda hozirda qayd 
etilgan m a’lumotlar ichidan jinoyat ishini aypan kim va jinoyat 
kodeksining aynan qaysi moddasi bilan qachOn qo‘zg‘atilganligi, 
jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergovni kim amalga oshirganligini 
va aynan qachon sudga yuborilganligi haqida to‘xtalib o'tilmasa ham 
bo‘ladi, chunki bu m a’lumotlar jinoyat ishini sud muhokamasida 
ko‘rish boshlangan vaqtda barcha protsess ishtirokchilariga e’lon 
qilingan bo‘ladi. Shuning uchun voqea holatlarini ushbu tomonlariga 
ayblovchi tomonidan katta urg‘u berilmasligi mumkin. Bu esa, qonunga 
zid emas. Lekin, jinoyat ishi bo‘yicha ayblovni quwatlayotgan 
prokuror ushbu masalada to ‘liq mustaqil fikrga ega bo‘lib, masalani 
keng yoritish kerakmi, yo‘qmi, bayon doirasini kengaytirish lozim 
yoki lozim emasligi masalasi uning erkiga havola qilinadi.
Prokurorning ayblov nutqi markazini, uning asosini sud tomo­
nidan malakali, har tomonlama, to ia va obyektiv tarzda tekshirilgan 
dalillami tahlili va dalillarga baho berish tashkil etishi lozim. Ayblovchi 
ayblovning har bir bandi, sodir etilgan jinoyatning har bir epizodi 
bo‘yicha o‘zining obyektiv tarzdagi munosobatini bildirishi shart. 
Ayniqsa, shu narsa juda ham muhimJki, prokuror dalillami tahlil 
qilib, ularga baho berayotganida har bir dalilni jinoyat ishi bo‘yicha 
ishga aloqadorligi, taalluqliligi, ishonchliligi va protsessual ahamiyatga 
ega ekanligi yoki bunday xususiyatlarga ega emasligi haqida asos- 
lantirilgan fikrini bildirishi kerak. Shuningdek, prokuror jinoyat ishi 
bo‘yicha nizoli hisoblangan, shubhali yoki sudlanuvchini foydasiga 
masalani hal qilish uchun gapiradigan, ya’ni taraflarning bahsiga 
sababchi bo‘lgan dalillarga alohida e’tiborini jalb qilishga majbur.
308


Ayblovning faktik asosini surishtiruv, dastlabki tergov mobay- 
nida topilib, aniqlangan va prokuror tomonidan sudda ko‘rish uchun 
taqdim qilingan ayblanuvchini aybini isbotlovchi dalillar tashkil 
qiladi. Ushbu dalillar majmuasi sudda ayblov funksiyasini amalga 
oshirish uchun davlat ayblovining boshlang‘ich nuqtasi hisoblanadi. 
Ayblanuvchining aybini fosh qiluvchi dalillarni bir-birlari bilan 
qanchalik darajada mujassamlashganligi va garmonik mushtarakligi 
davlat ayblovini quvvatlashni muvaffaqiyatli chiqishi zamini 
hisoblanadi.
Lekin, bu ishning bir tomonini aks ettiradi. Masalaning ikkinchi 
tomoni — to‘plangan dalillarga nisbatan prokurorning subyektiv 
munosabati, isbotlash jarayonida o‘z tasdig‘ini topgan yoki rad 
qilingan faktlarga nisbatan baho berishi hisoblanadi.
Aniqlangan dalillar qanchalik darajada ko‘p, turlicha bo‘lishidan 
qat’i nazar, jinoyat ish yurituvining ushbu bosqichida ishni kelgusi 
taqdirini hal qiladigan protsess ishtirokchisi subyektining samarali- 
mantiqiy fikrlash faoliyati bilan ruhlantirilmasa, bu dalillar har 
yerdan qirqib olingan hech nimaga arzimaydigan dalillardangina 
iborat bo‘lib qoladi. Aynan dalillarga baho berish va undan kelib 
chiquvchi yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan xulosalar har qanday ayb­
lov bo‘yicha ishni mazmunan hal qilishning zaruriy unsuri hisob­
lanadi.
Sud tergovida aniqlanib, tekshirilgan barcha dalillarni tahlil 
qilish va ularga alohida-alohida hamda butun dalillar majmuasiga 
birato‘la baho berish yo‘li bilan sudlanuvchini aybdorligi va uni sodir 
etilgan jinoyat bo‘yicha aybini qanchalik darajada isbotlanganligi 
haqidagi o'zining xulosasini shakllantirib beradi.
Qilmishga berilgan yuridik kvalifikatsiyani asoslash ham har 
bir ayblov nutqining majburiy qismi hisoblanadi. Ayblov nutqining 
bu qismi dalillar tahlili va dalillarga baho berishdan so‘ng aks etti- 
riladi. Albatta, sud muhokamasida aniqlangan, tekshirilgan va 
ishonchli hisoblangan dalillargagina asoslangan bo‘lishi, qonun 
talablari bo‘yicha aniq ifodalanganbo‘lishi shart. Sudda ishtirok etayot- 
gan prokuror o ‘z ayblov nutqida sudlanuvchini jinoiy qilmishiga 
nisbatan yuridik baho berar ekan, awalambor, 0 ‘zbekiston Respub­
likasining Jinoyat kodeksida jinoyat deb qayd qilingan har bir 
jinoiy qilmishning jinoyat tarkibini juda ham yaxshi bilishi, ularni 
bir-birlaridan farqlay olishi, Jinoyat kodeksining Maxsus qismi 
moddalari bilan jinoiy qilmishni kvalifikatsiya qilish uchun jinoyat 
unsurlarini chuqur o'zlashtirgan bo‘lishi kerak.
309


Prokuror sudlanuvchining harakatlariga yuridik baho berishdan 
awal, qo‘yilayotgan ayblov bo‘yicha Jinoyat kodeksining moddasi 
bilan ayblash uchun qanday holatlar mavjud bo‘lishi lozimligi, ushbu 
moddani tashkil qilish uchun jinoiy qilmish o ‘zida qanday unsur- 
larni ifoda qilgan bo‘lishi kerakligi, ushbu moddaning jinoyat 
tarkibini tashkil etish uchun qanday talablar mavjud bo‘lishi lozim- 
ligini sud protsessi ishtirokchilariga tushuntirib berishi lozim.
Shundan so‘ng, jinoyat ishi bo‘yicha to‘plangan dalillar majmuyi 
bo‘yicha sudlanuvchini harakatlarini aniq va ravshan kvalifikatsiya 
qilib berishi lozim. To‘plangan va tekshirilgan dalillarning qaysi 
birlari jinoyat kodeksining aynan qaysi moddasida ko‘rsatilgan 
jinoyatni sudlanuvchi tomonidan sodir etilganligini tasdiqlayotgan- 
ligini ko‘rsatib, o ‘z fikrini qonuniy asoslantirib berishi zarur.
Bundan tashqari, agarda, jinoyat ishida ko‘rilayotgan jinoyatga 
oid masalalar yuzasidan Oliy sud plenumining tegishli qarori qabul 
qilingan bo‘lsa, shuningdek, qarorda shu toifadagijinoyatlarga yuri­
dik baho berish, ya’ni ularni Jinoyat kodeksining moddalari bilan 
kvalifikatsiya qilish borasidagi ko‘rsatmalari mavjud bo‘lsa, unda 
shu ko‘rsatmalardan foydalanilishi va uning mazmunini protsess 
ishtirokchilariga keng yoritib, tushuntirib berilishi maqsadga muvo- 
fiqdir.
Prokuror tomonidan sudda aniqlangan dalillarga asosan, sudla­
nuvchining jinoyatini dastlabki tergov organi tomonidan ayblanuv- 
chi tariqasida jinoyat ishiga jalb qilish qarorida hamda prokuror 
tomonidan tasdiqlangan ayblov xulosasida ko‘rsatilgan Jinoyat 
kodeksi moddasidan boshqa modda bilan kvalifikatsiya qilish zarur 
bo‘lsa yoki moddaning ba’zi bandlarini sudlanuvchini ayblovidan 
chiqarib tashlash lozim degan xulosaga kelsa ham, prokuror nima 
uchun bunday qarorga kelganligini to‘liq bayon qilib, o‘z fikrini qonu­
niy asoslab berishi lozim bo‘ladi.
Sudlanuvchining shaxsini tavsiflash ayblov nutqining zaruriy 
unsuri hisoblanib, sudlanuvchining shaxsi haqidagi m a’lumotlar 
aniq, batafsil, eng asosiysi, sudlanuvchining turmush tarzi, jamiyat- 
da tutgan o ‘rni, uni muqaddam sudlangan-sudlanmaganligi, agarda 
sudlangan bo‘lsa, qachon, qayerda, nima uchun sudlanganligi, jazo- 
ni o ‘tagan-o‘tamaganligi, jazodan ozod bo‘lganligi asosi, sudlan- 
ganlik muddatining o‘tgan-o‘tmaganligi, sodir etilgan jinoyatga uning 
muqaddam sudlanganligining ta ’siri bo‘lgan yoki bo‘lmaganligi 
haqidagi uni xarakterini, aslida kim ekanligini ifodalovchi haqiqiy 
ma’lumotlarga asoslangan bo‘lishi zarur.
310


Prokuror o ‘z ayblov nutqida aybdorning aybini yengillash­
tiruvchi va og’irlashtiruvchi holatlarni tahlil qilishi va ularga baho 
berishi lozim. Prokuror qonun himoyachisi sifatida jinoyat ishiga 
bir tomonlama yondashmasligi, ish bo‘yicha aniqlangan dalillarga 
xolisona va obyektiv tarzda 0 ‘zbekiston Respublikasi Jinoyat 
protsessual kodeksining 23-moddasida ko‘rsatilgan «aybsizlik pre- 
zumpsiyasi» prinsipi talablarini esdan chiqarmagan holda beg‘araz 
baho berishi kerak. Jinoyat ishida mavjud bo'lgan 0 ‘zbekiston 
Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksining 55-moddasida 
ko‘rsatilgan aybni yengillashtiruvchi holatlar hamda 56-moddasida 
ko‘rsatilgan aybni og‘irlashtiruvchi holatlarga odilona munosabatda 
bo‘lib, shu holatlarni muhokama qilishi, ish qonuniy hal bo‘lishida 
sudga ko‘maklashib, ushbu holatlarni ko‘rsatib berishi zarurdir.
Ayblov nutqining yana bir unsuri prokuror tomonidan jinoyat- 
lami keltirib chiqargan shart-sharoitlar va sabablarga tegishli tarzda 
baho berish hisoblanib, bunda prokuror ко‘rib chiqilgan jinoyat ishi 
bo‘yicha sudlanuvchi tomonidan sodir etilgan jinoyatni keltirib 
chiqargan shart-sharoitlar, bu jinoyatning kelib chiqishiga yordam 
bergan holatlar nimalardan iborat ekanligini, jinoyatning sabab va 
ildizlarini chuqur tahlil qilib berishi, zarur bo‘lgan hollarda, suddan 
ushbu holatlarni bartaraf etish hamda kelgusida shu kabi jinoyatlaming 
oldini olish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar qabul qilinishi yuzasidan 
qonun bilan belgilangan tartibda xususiy ajrim chiqarishni talab qilishi 
shart. Bunday hollarda, prokuror sudga jinoyatni keltirib chiqargan 
shart-sharoitni bartaraf qilish hamda shu kabi jinoyatlaming sodir 
bo‘lmasligi uchun uning oldini olish yuzasidan aynan qanday chora- 
tadbir qo‘llanishi zarurligini ko'rsatib berishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Prokuror nutqining yana bir zaruriy unsuri tayinlanishi lozim 
bo‘lgan jazoga, undirilishi lozim bo‘lgan fuqarolik da’vosiga, jino­
yat tufayli yetkazilgan moddiy zarami undirishga va shunga o‘xshash 
masalalar yuzasidan o‘z taklifmi bildirish hisoblanadi. Prokuror 
ushbu masala yuzasidan o‘z fikrini batafsil asoslashi, sudlanuvchiga 
nisbatan nima uchun aynan shu turdagi jazo tanlanishi lozimligini 
(masalan, ozodlikdan mahrum qilish bo‘lsa, nima uchun aynan 
ozodlikdan mahrum qilish jazosi tanlanishi kerakligi va nima uchun 
uni ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa 
jazo bilan jazolash maqsadga muvofiq emasligi), maqsadga muvo- 
fiqligini, jazoni o‘tash muddati qancha bo‘lishi kerakligi va nima 
uchun qonunda ko‘rsatilgan jazo muddatining aynan shu miqdorini 
belgilanishi lozimligini asoslab berishi kerak.
311


Ayni masalada 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining 
tegishli qarorlari talablari nimalardan iborat ekanligini, qonun 
talab etgan hollarda sudlanuvchini jazodan ozod qilish masalasini, 
sudlanuvchiga nisbatan amnistiya aktlarini qo‘llash masalasiga 
nisbatan o ‘z mulohazalarini qonuniy asoslantirgan holda sudga 
bayon qilib berishi zarur.
Ayblov nutqining xulosa qismi yorqinligi, ta ’sirchanligi, 
qisqaligi va xulosalaming tushunarliligi bilan ajralib turishi kerak 
hamda o ‘z-o‘zidan yuqorida bayon qilinganlardan kelib chiqishi 
kerak.
0 ‘zbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksining 
450-moddasi «Taraflarning ayblovning mohiyati yuzasidan taklif- 
lari» deb nomlangan bo‘lib, unda ko‘rsatilishicha, «muzokara tamom 
bo‘lganidan keyin taraflar 0 ‘zbekiston Respublikasi JPKning 
457-moddasi birinchi qismidagi 1—6-bandlarda nazarda tutilgan 
masalalar yuzasidan chiqariladigan qarorning o‘zlari taklif eta- 
digan mazmunini sudga yozma ravishda taqdim etishlari mumkin. 
Davlat ayblovchisi va himoyachi uchun qarorning bunday mazmu- 
nini sudga taqdim etish majburiydir». Xo‘sh, 1—6-bandlarida qanday 
masalalar nazarda tutilgan, degan savol tug‘iladi. Albatta, qonunda 
bu savolga javob mavjud. Ushbu modda «Hukm chiqarish vaqtida 
sud hal qiladigan masalalar» deb ataladi. Sud esa muhim masalalami 
qonun bilan belgilangan tartibda hal qilishni alohida xonaga kirib, 
maslahatxonada hal qiladi. Demak, aynan sud hukm chiqarish 
vaqtida maslahatxonada hal qilishi lozim bo‘lgan masalalar bo'yicha 
qaysilari yuzasidan yozma ravishda xulosa berishi kerakligini aniqlab 
olishi kerak. Buning uchun 457-moddaga murojaat qilamiz. Unda 
qayd etilishicha, «sud maslahatxonada quyidagi masalalarni hal 
qiladi:
1) sudlanuvchi aybli deb topilayotgan qilmish haqiqatan sodir 
etilganmi;
2) bu qilmish jinoyat deb hisoblanadimi va u Jinoyat kodek­
sining qaysi moddasida nazarda tutilgan;
3) bu qilmishni sudlanuvchi sodir etganmi;
4) sudlanuvchi jinoyat sodir etilishida ayblimi va, basharti 
aybli bo‘Isa, uning aybi qanday shaklda;
5) sudlanuvchining javobgarligini yengillashtiradigan va 
og‘irlashtiradigan holatlar bormi;
6) sudlanuvchi sodir etgan jinoyati uchun jazolanishi kerakmi» 
degan masalalardir.
312


Aynan shu masalalar yuzasidan qonun bo‘yicha ishda qatna- 
shayotgan davlat ayblovchisi o'zining takliflarini yozma ravishda 
sudga taqdim qilishi shart. Mana shu olti banddan ko‘rinib turibdiki, 
prokuror qonun bo'yicha sudlanuvchining aybi nimadan iborat 
ekanligini, Jinoyat kodeksining qaysi moddasi, qaysi qismi, qaysi 
bandi bilan aybdor deb topish kerakligini, sodir etilgan jinoyatda 
yengillashtiruvchi va og‘irlashtiruvchi holatlar bor- yo‘qligi haqida 
hamda sudlanuvchi jazolanishi kerakmi, yo‘qligi haqidagi o‘z takli- 
fini bildirishi ko‘rsatilgan bo‘lib, unda aynan qanday turdagi jazo 
belgilanishi, jazoni miqdori (muddati) qancha bo‘lishligi, jazoni 
qanday tartibli jazoni o'tash muassasasida o‘tashi kerakligi haqidagi 
taklifini berishi lozimligi qayd qilinmagan.
Sud muzokarasi mobaynida davlat ayblovchisi o‘z nutqida 
bundan tashqari, og‘zaki ravishda sud maslahatxonada hal qilishi 
lozim b o ‘lgan quyidagi masalalar yuzasidan ham o ‘z fikrini 
bildiradi:
1) sudlanuvchiga qanday jazo (jazo turi, miqdori, muddati) 
tayinlanishi lozim va u shu jazoni o‘tashi kerakmi;
2) sudlanuvchini Jinoyat kodeksining 34-moddasiga muvofiq, 
o‘ta xavfli retsidevist deb topish lozimmi;
3) ozodlikdan mahrum qilingan mahkum jazoni qanday tartibli 
koloniyada o‘tashi lozim va jazo muddatining bir qismini turmada 
o‘tashi kerakmi;
4) fuqaroviy da’vo qanoatlantirilishi kerakmi, bu da’vo kim- 
ning foydasiga va qancha miqdorda qanoatlantirilishi lozim, shu­
ningdek, fuqaroviy da’vo qo‘zg‘atilmagan bo‘lsa, jinoyat tufayli 
keltirilgan mulkiy zarar undirilishi kerakmi, sudlanuvchilar she- 
riklik yoki hissadorlik tartibida javobgarlikka tortilishlari lozimmi;
5) ashyoviy dalillarni nima qilish kerak;
6) sudlanuvchiga nisbatan ehtiyot chorasini tanlash, ilgarigisini 
qoldirish, o‘zgartirish yoki bekor qilish kerakmi;
7) sudlanuvchiga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov chora­
larini qollash yoxud uning ustidan homiylik belgilash zarurmi.
Agarda ish bo‘yicha bir necha sudlanuvchi jinoyat sodir etishda 
ayblanayotgan bo‘lishsa, unda yuqorida qayd etib o‘tilgan masalalar 
yuzasidan davlat ayblovchisi o‘z xulosalarini har bir sudlanuvchiga 
nisbatan alohida-alohida bildirishi lozim.
Ko‘rinib turibdiki, sud hukm chiqarishi uchun alohida masla­
hatxonada hal qilishi lozim bo‘lgan barcha masalalar yuzasidan 
prokuror o ‘z fikrini bildirishi kerak.
313


Lekin amaldagi 0 ‘zbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual 
kodeksining 450-moddasida qonunshunos aniq qilib, 457-mod- 
daning 1— 6-bandIarida ko‘rsatilgan masalalar yuzasidangina davlat 
ayblovchisi va himoyachisi o'zining takliflarini yozma ravishda 
taqdim qilishlari lozimligi qayd qilingan. Qonunda bundan tashqari, 
og‘zaki ravishda boshqa masalalar yuzasidan davlat ayblovchisi va 
himoyachini o ‘z takliflarini bildirishga majbur ekanliklari qayd 
qilinmagan.

Download 15,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   199




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish