olganda, 0 ‘zbekiston SSRning JPKda ham qonun bilan ayblov
nutqining qandaydir qismini shakllantirib qo‘yilmasligi oqibatida
har bir jinoyat ishi bo'yicha davlat ayblovchisi sifatida qatnasha-
yotgan
prokurorlarning, prokuratura xodimlarining faqat o‘z bilim
saviyalari doirasida jinoyatga ijtimoiy-siyosiy baho berishlari yoxud
umuman hech qanday tartibsiz ayblov nutqlarini tuzishlari, aw al
qaysi jinoyat ishi ko‘rilayotganligi yoxud jinoyatning
ijtimoiy xavfliligi
nimadan iborat ekanligini bayon qilmasdan turib, sudlanuvchi
shaxsini to ‘liq yoritmay turib, jinoyat ishi bo‘yicha
dalillarni
tekshirish natijalariga ham ketma-ketlikda murojaat qilmay, ayblov
nutqi bilan sudda muzokara so‘zi qilib, ayblov nutqlarini tarbiya
viy ahamiyatini to ‘liq ochib bera olmaslik hollariga yo‘l qo‘yganlar.
Yuqorida ta’kidlab o‘tilgan kamchiliklarga barham berishning yagona
yo‘li — ayblov nutqida prokuror qaysi masalalarga to'xtab o'tishi
shart ekanligini, qaysi masalalar bo‘yicha
majburiy tarzda yozma
fikrini sudga taqdim qilishi lozimligini mustaqil 0 ‘zbekistonning
jinoyat protsessual qonunchiligida qonun bilan belgilab qo‘yilishi
b o ‘ldi. Bu qonun talablari 0 ‘zbekiston Respublikasi Jinoyat
protsessual kodeksining 450 va 457-moddasida qayd etib o‘tilgan.
Qonun ayblov nutqining m a’lum bir qismini shakllantirar
ekan, qolgan qismini esa qanday shakllantirish lozimligi haqida
aniq bir
chegarani belgilab bergan emas, lekin shunday bo‘lsa-da
bu masalada bir qancha ilmiy fikrlar mavjud.
Amaliyotda 0 ‘zbekiston Respublikasi prokuratura idoralari
xodimlari tomonidan qonunlarimizga zid bo‘lmaydigan ilg‘or fikrlar
ajratib olinib, ularga asosan ayblov nutqining taxminiy shaklini
tuzishda qo'llanib kelinmoqda. Ushbu fikrlar to‘g‘risida to ‘xtalib
o‘tsak, masalan, A.J. Davletovning rus tilida tayyorlangan «Pro
kuror nazorati» darsligining jinoyat ishlarining sudlarda ko‘rilishida
davlat ayblovchisi nutqiga bag‘ishlangan qismida prokurorlik
amaliyotida ayblov nutqining quyidagi
unsurlari shakllanganligi
to ‘g‘risida to ‘xtalib o‘tilgan:
1) jinoyatga ijtimoiy-siyosiy baho berish;
2) ishning haqiqiy holatlarini bayon qilish;
3) dalillarni tahlil qilish va ularga baho berish;
4) qilmishga berilgan yuridik
kvalifikatsiyani asoslash;
5) sudlanuvchini shaxsini tavsiflash;
6) aybdorni aybini yengillashtiruvchi va og‘irlashtiruvchi holat-
larni tahlil qilish va ularga baho berish;
20
-
21
305
7) jinoyatlarni keltirib chiqarishga yordam bergan sabab va
shart-sharoitlarni tahlil qilish va ularni bartaraf qilish chora-
tadbirlari haqida takliflarni shakllantirish;
8) tayinlanishi lozim bo'lgan jazoga, undirilishi lozim bo'lgan
fuqarolik da’vosiga, jinoyat tufayli yetkazilgan moddiy zararni undi
rishga va shunga o‘xshash masalalar yuzasidan o‘z taklifini bildirish;
9) xulosa qilish.
Shuningdek, A.J. Davletov tom onidan ko‘rsatilishicha, har
qanday jinoyat ishi xuddi shu ko‘rsatilgan tartibda,
ayblov nutqini
tuzishi shart emas. Ayblov nutqining unsurlari xuddi shu tarzda
bayon qilinishi ham lozim emas. Balki jinoyat ishining o‘ziga xos
xususiyatlariga, jinoyat ishi bo‘yicha to ‘plangan materiallarning
tuzilishiga qarab, ayblov nutqining qayd qilingan unsurlari joyla-
shishining o'zgarishi, shu unsurlarning
mazmuni va butun hajmi
aniq voqea holatlariga qarab o ‘zgarishi mumkin1.
Shu o‘rinda yana bir savol tug'iladi, xo‘sh mana shu ayblov
nutqi unsurlarining mazmuni nimalardan ilforat? Buning uchun
har bir unsur mazmunini tahlil qilib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: