57-bob. ZARAR Y E T K A Z IS H D A N K E L IB C H IQ A D IG A N
M A JB U R IY A T L A R
l - § . Zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlar
to‘g ‘risida um um iy tushuncha
Zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyat tushunchasiga
fuqarolik qonunchiligida ta’rif berilmagan. Biroq, mazkur tushuncha
bevosita, g'ayriqonuniy harakat (harakatsizlik) tufayli fuqaroning shaxsiga
yoki mol-mulkiga yetkazilgan zarar, shuningdek, yuridik shaxsga
yetkazilgan zarar, shu jumladan boy berilgan foyda zararni yetkazgan
shaxs tomonidan toiiq hajmda qoplanishi lozimligi tarzda FKning 985-
moddasida o‘z ifodasini topgan. Mazkur normadan zarar yetkazgan
shaxsning yetkazilgan zararni to iiq qoplash m ajburiyati, hamda
jabrlanuvchining yetkazilgan zararni qoplashni talab qilish huquqi
mavjudligini anglash mumkin. Bu esa o‘z navbatida majburiyatning
an’anaviy tuzilishi (konstruksiyasi) - kreditor va qarzdor munosabatlari
mavjudligini bildiradi. Mazkur holatda zarar yetkazuvchi - qarzdor
hisoblansa, jabrlanuvchi (mulkiga, hayoti yoki sog‘lig‘iga zarar yetgan
shaxs) - kreditor hisoblanadi. Shu bilan birga zarar yetkazilganda
jabrlanuvchining talab qilishi huquqi zarar yetkazuvchi uchun majburiyat
sifatida namoyon boiadi.
Zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlarga muvofiq, shaxs
(jismoniy yoki yuridik shaxs) ning hayoti va sogiig'i yoki mol-mulkiga
zarar yetkazgan shaxs yetkazilgan zarar toiiq qoplanishi majburiyatini
oladi, jabrlanuvchi esa o‘ziga yetkazilgan zarar qoplanishi talab qilishi
huquqiga ega boiadi.
Ta’kidlash lozimki, kishilarning bir-biri bilan doimiy ravishda o'zaro
munosabatlarida ba’zan ularning moddiy yoki nomoddiy manfaatlariga
zarar yetish oqibatlari kelib chiqadi. Bu zararlar turli tasodiflar,
ehtiyotsizlik, qasd orqali, tabiiy ofatlar natijasida yuzaga keladi1. Shunday
holatda yetkazilgan zarar kim tomonidan toianishi (zarar yetkazilgan
shaxs yoki jabrlangan shaxs yoxud uchinchi shaxslar tomonidan) masalasi
yuzaga keladi. Hozirgi vaqtda yuridik va jismoniy shaxslar kutilmagan
zararlardan himoyalanish maqsadida sug'urta xizmatidan foydalanishga
harakat qilmoqdalar. Ammo har doim ham vaqtida sug'urta xizmatidan
1
Гражданское Право.Учебник.Часть И/Под.ред.А.П.Сергеева, Ю.К.Толстого.-М.:
Проспект. 1998.-694 с.
www.ziyouz.com kutubxonasi
foydalanishining iloji boiavermaydi. Natijada kutilmagan zarar kelib
chiqadi. Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, sug'urta tovoni har doim ham
yetkazilgan zararni to'la qoplay olmaydi. Shu sababli yetkazilgan zararni
bir huquqiy institut yordamida tartibga solishning iloji yo'q 1. Mazkur
munosabatlarni tartibga solishda zarar yetkazishdan kelib chiqadigan
majburiyat instituti asosiy o'ringa ega bo'ladi. Fuqarolik huquqida
majburiyatlarning bu turi delikt majburiyatlar - deb ham ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |