Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi



Download 30,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet335/424
Sana31.12.2021
Hajmi30,09 Mb.
#267670
1   ...   331   332   333   334   335   336   337   338   ...   424
Bog'liq
@mustaqilishlar Fuqarolik huquqi

birinchidan, 

mukofotni va’da qilish oshkora  (ommaviy) bo'lishi, ya’ni 

nomuayyan  shaxslar  doirasiga  murojaat  qilingan  bo'lishi  kerak.  Agar 

mukofotni  to'lash  aniq  bir  shaxs  yoki  shaxslarning  bir  doirasiga 

mo'ljallangan bo'lsa,  bu munosabatlar  shartnoma  xarakteriga  ega  bo'ladi;

ikkinchidan, 

va’da  qilingan  mukofot  mulkiy  xarakterga,  ya’ni  pul 

yoki  boshqa  tarzdagi  mulkiy  qiymatga  ega  bo'lishi  kerak.  Masalan: 

qimmatbaho  ashyo  berish;

www.ziyouz.com kutubxonasi



uchinchidan, 

mukofot  maium  bir  huquqqa  mos  harakatni  amalga 

oshirganlik uchun belgilanadi. Belgilangan mukofotni olish uchun erishilishi 

lozim  boigan  natija  eionda  ko'rsatilishi  shart.  Masalan:  y o‘q  narsani 

topish;

to‘rtinchidan, 

mukofotni oshkora toiash to'g'risidagi eionda mukofot 

kim  tomonidan  va’da  qilingani  ko'rsatilishi  kerak.  V a’daga  qiziqish 

bildirgan  shaxs  va’dani  yozma  ravishda  tasdiqlashni  talab  qilishga  haqli 

va  agar,  haqiqatda  mukofot  to'g'risidagi  eion  unda  ko'rsatilgan  shaxs 

tomonidan  qilinmagan  b o iib   chiqsa,  bunday  talab  qo'yilmaganligi 

oqibatlari  xavfi  uning  zimmasida  boiadi  (FKning  981-moddasi,  2-qismi).

Yuqoridagi  belgilardan  kelib  chiqib,  quyidagicha  ta’rif  keltirish 

mumkin:  “ Mukofotni oshkora va’da qilish deganda shartlashilgan natijaga 

erishganlik uchun mulkiy xarakterda taqdirlash bilan va’da berish nazarda 

tutilgan,  nomuayyan shaxslar doirasiga qaratilgan  murojaat  tushuniladi”.

Mukofotni va’da qilgan shaxs uni toiashi shart. Mukofotning summasi 

yoki  mulkiy  qiymatga  ega  ashyo  eionda  ko'rsatilgan  boiishi  mumkin 

yoxud  mukofot  miqdori ko'rsatilmagan bo'lishi  mumkin.  Agar mukofotni 

oshkora  va’da  qilishda  uning  miqdori  ko'rsatilmagan  boisa,  u  mukofotni 

va’da  qilgan  shaxs  bilan  kelishuvga  ko'ra  aniqlanadi,  nizo  kelib  chiqqan 

taqdirda  esa  sud  tartibida  aniqlanadi  (FKning  981-moddasi,  3-qismi).

Eionda  ko'rsatilgan  harakat  bajarilishi  yoki  bajarilmasligi  mumkin 

Bu harakat  belgilangan muddatda bajarilsa, uni bajargan shaxs mukofotni 

talab  qila  oladi.  Ayrim  hollarda  bu  ish  bir-biridan  mustaqil  ravishda  bir 

necha  shaxs  tomonidan  bajarilishi  mumkin.  Bunday  holatda  Fuqarolik 

kodeksining  981— moddasi,  5-qismiga  muvofiq  tegishli  harakatni birinchi 

bo'lib sodir etgan shaxs mukofotni olish huquqiga ega boiadi. Agar eionda 

ko'rsatilgan harakatni qaysi biri birinchi boiib sodir etganini aniqlashning 

imkoni  bo'lmasa,  shuningdek,  harakat  ikki  yoki  undan  ortiq  shaxslar 

tomonidan  bir  vaqtning  o'zida  sodir etilgan bo'lsa,  mukofot  ular o'rtasida 

bab-baravar  yoki  ularning  o'zaro  kelishuvida  nazarda  tutilgan  miqdorda 

taqsimlanadi.

Fuqarolik  kodeksining  981-moddasi,  4-qismi  mukofotni  toiash 

majburiyati,  tegishli  harakat  eion   qilinishi  munosabati  bilan  yoki  undan 

mustasno  tarzda  bajarilganidan  qat’iy  nazar,  yuzaga  kelishini  belgilaydi. 

Ba’zi  hollarda  mukofot  va’da  qilinganidan  xabardor  bo'lmagan  shaxs 

eionda ko'rsatilgan harakatni bajarishi mumkin Bu holda  ham Fuqarolik 

kodeksining  981-moddasi,  5-qismi  qoidalari  qo'llaniladi.

Eionda  m aium   muddatning  ko'rsatilgan  boiishi  mukofotni  olish 

uchun  tegishli  harakatni  shu  muddatda  qilish  lozimligini  va  bu  muddat

www.ziyouz.com kutubxonasi



da’vo mukofot va’da  qilgan shaxs  u bilan bog‘liqligini  ko'rsatadi.  Muddat 

mukofotni  oshkora  va’da  qilishning  zaruriy  xarakterdagi  belgisi  emas. 

Lekin  u  ko'rsatilgan  bo‘lsa,  shu  muddat  davomida  qilingan  harakat 

mukofot  olishga  asos  bo'lishi  mumkin.

Mukofotni  oshkora  va’da  qilgan  shaxs  uni  bekor  qilishga  haqli. 

M ukofotni  oshkora  v a ’ da  qilishni  bekor  qilish  izlanuvchilarning 

manfaatlarini  buzmasligi  kerak.  Shuning  uchun  qonunda  bekor  qilish 

m a’lum  shartlarga  rioya  etgan  holda  amalga  oshirilishi  kerakligi 

ko'rsatilgan.

Fuqarolik  kodeksining  982-moddasida  ko'rsatilishicha,  mukofot 

to'lashni  oshkora  e’lon  qilgan  shaxs  berilgan  va’dadan  xuddi  shunday 

tartibda  voz  kechishga  haqli,  voz  kechishga  yo'l  qo'ymasligi  e’lonning 

o'zida  nazarda  tutilgan  yoki  undan  kelib  chiqadigan  yoki  mukofot  va’da 

qilingan  harakatni  sodir  etish  uchun  muayyan  muddat  berilgan  yoxud 

voz kechishni e’lon qilish paytiga kelib bir yoki bir necha qiziqish bildirgan 

shaxslar  e’londa  ko'rsatilgan  harakatni  bajarib  bo'lgan  hollar  bundan 

mustasno.

Bu  qoidadan  shuni  ko'rish  mumkinki,  mukofotni  oshkora  va’da 

qilgan  shaxs  undan  voz  kechishi  uchun  quyidagi  shartlarga  amal  qilishi 

kerak:


a) va’dani bekor qilish  va  e ’lon  qilish  qay  tartibda  amalga  oshirilgan 

bo'lsa,  shu  tartibda  amalga  oshirilishi  kerak;

b)  e ’londa  undan  voz  kechishga  yo'l  qo'yilmasligi  ko'rsatilgan 

bo'lmasligi  lozim;

v)  e’londa  ko'rsatilgan  harakat  sodir  qilinishi  kerak  bo'lgan  muddat 

belgilab  qo'yilmagan  bo'lishi  shart;

g)  voz  kechishni  e’lon  qilish  paytida  e’londa  ko'rsatilgan  harakat 

sodir  qilinmagan  bo'lishi  kerak.

Mukofot  haqidagi  oshkora  va’dani  bekor  qilish  mukofot  to'g'risida 

e’lon  qilgan  shaxsni  qiziqish  bildirgan  shaxsga  u  e’londa  ko'rsatilgan 

harakatni bajarishi munosabati  bilan qilgan xarajatlarini qoplashdan ozod 

qilinmaydi.  Qoplash  miqdori  barcha  hollarda  e ’londa  ko'rsatilgan 

mukofotdan  ortiqcha  bo'lishi  mumkin  emas.

Agar mukofotni oshkora va’da qilishda uning miqdori ko'rsatilmagan 

bo'lsa,  mukofot,  va’da  qilgan  shaxs  bilan  o'zaro  kelishuvlariga  ko'ra 

aniqlanadi,  agar  mukofot  bo'yicha  nizo  kelib  chiqsa  sud  tomonidan  hal 

qilinadi.

Mukofotni  to'lash  majburiyati,  tegishli  harakat  e ’lon  qilinishi 

munosabati bilan yoki undan mustasno tarzda bajarilganidan qat’iy nazar,

www.ziyouz.com kutubxonasi




vujudga  keladi.  Mukofotni  to'lashning  ikki  omilini  ajratib  ko'rsatish 

mumkin:


Mazkur  majburiyat  muvofiq  harakatlarning  bajarilishi  lozimligi 

faktidan  qat’iy  nazar  paydo  bo'ladi.

Mazkur  majburiyat  bunday  va’dani  bergan  shaxsni  aniqlaganishi 

sharti  bilan  paydo  bo'ladi.

E’ionda ko'rsatilgan harakati bir necha shaxs tomonidan bajarilganida 

harakatni  birinchi  bo'lib  bajargan  shaxs  mukofotni  olish  huquqiga  ega.

Agar  e ’londa  ko'rsatilgan  harakat  ikki  yoki  undan  ortiq  shaxs 

tomonidan  bajarilgan  bo'lsa  va  ulardan  qaysi  biri  tegishli  harakatni 

birinchi  bo'lib  bajarilishini  aniqlashning  imkoni  bo'lmasa,  shuningdek, 

agar  harakat  ikki  yoki  bundan  ortiq  shaxslar  tomonidan  bir  paytning 

o'zida  sodir  etilgan  bo'lsa,  mukofot  ular  o'rtasida  bab-baravar  yoki 

ularning  o'zaro  kelishuviga  ko'ra  taqsimlanadi.

Agar mukofot to'g'risidagi e’londa boshqacha tartib nazarda tutilmagan 

bo'lsa  yoki  unda  ko'rsatilgan  harakat  xususiyatidan  kelib  chiqmasa, 

bajarilgan  harakatning  e’londa  mavjud  bo'lgan  talablarga  muvofiqligi 

mukofotni  oshkora  va’da  qilgan  shaxs  tomonidan  aniqlanadi,  nizo  kelib 

chiqqan  taqdirda  esa  sud  tomonidan  hal  qilinadi.

www.ziyouz.com kutubxonasi





Download 30,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   331   332   333   334   335   336   337   338   ...   424




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish